Qirmizi rangli oltingugurt bakteriyalarda
fotosintez olib boradigan
fermentlar (bakterioxlorofil karatinoidlar) xromatoforlarda joylashgan. Ular
hujayra massasining 40 - 50% tashkil etadi.
Ko‘pgina sianobakteriylarning hujayrasida (membranasida) fotosintezni olib
boruvchi xlorofill va karatinoidlardan tashkil topgan qurilmalar - tilakoidlar yoki
fikobilisomalar bor. Tilakoidlar sitoplazma yoki ichki membrana bilan bog‘langan
deb taxmin qilinadi.
YAshil bakteriyalarda fotosintezda qatnashuvchi pigmentlar
xlorosoma
membrana qurilmasida joylashgan.
Suv bakteriyalarining ko‘plari gaz bilan to‘lgan struktura - gaz vakuolalarga
(aerosomalar) ega bo‘ladi. Ba’zi bakteriyalarda
esa poliedr tanachalar
(ko‘pburchakli) yoki karboksisomalar bo‘lib, ular SO
2
ni bog‘lash vazifasini
bajaradi.
Dostları ilə paylaş: