3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Sabab va oqibat dialektikasi



Yüklə 185,82 Kb.
səhifə27/35
tarix19.10.2023
ölçüsü185,82 Kb.
#157345
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja-hozir

Sabab va oqibat dialektikasi
. Sabablar ichki va tashqi, bevosita va bilvosita,
ob’ektiv va sub’ektiv bo‘lishi mumkin. Sub’ektiv sabablar ko‘pincha faoliyat,
xulq-atvor, qilmishlarni izohlash sohasida namoyon bo‘ladi.
Ob’ektning mohiyatini tashkil etuvchi qarama-qarshi kuchlar, tendensiyalarning 
o‘zaro aloqasi sababning ichki manbai hisoblanadi
. Masalan, odamlar o‘z
kasalligi yoki qariligini qayg‘u-hasrat, muvaffaqiyatsizliklar, og‘ir ish va hokazolar
bilan tushuntirishga moyildirlar. Amalda qarilik yoki o‘limni engishga hali hech
kim muvaffaq bo‘lmagan, chunki qarilik ham, o‘lim ham ichki sabablar bilan
izohlanadi. Shu sababli ba’zilar og‘ir ish bilan shug‘ullanib ham uzoq vaqt yosh va
sog‘lom bo‘lib qoladi, ayrim takasaltanglar esa juda tez qariydi. Tashqi sabablar
turli ob’ektlar o‘zaro aloqasining mahsulidir.
Sabab va oqibat munosabatlarini orqaga qaytarib bo‘lmaydi. Sabab va oqibatning
sof chiziqli jarayon sifatidagi mexanistik talqini muqarrar tarzda sabab va oqibatni
orqaga qaytarish mumkin, degan xulosaga olib keladi. Masalan, Oy qarama-qarshi
yo‘nalishda aylana boshlasa, u dastlabki holatga kelgan bo‘lar edi. Ammo bu faraz
zamirida soxta asoslar yotadi: u sabab-oqibat munosabatlariga tasodifiy omillar
to‘plami kuchli ta’sir ko‘rsatishini hisobga olmaydi. Dastlabki holatga qaytish – bu
mazkur omillar to‘plamini amalda mujassamlashtirish demakdir. Vaholanki,
ularning hammasini amalda mujassamlashtirish mumkin emas, demak, dastlabki
holatga qaytish mumkin emas.
10
Қаранг: Юм Д. Соч.: в 2 т. Т. 2– М.: 1965-1966.. –С. 44-46.
11
Юм Д. Соч.: в 2 т. . Т. 2. – М.: 1965-1966–С. 46.



Sabablar va oqibatlarning munosabatlari murakkab va rang-barangdir. Bir sabab


ko‘plab oqibatlarga sabab bo‘lishi va, aksincha, bir oqibat zamirida ko‘p sonli
sabablar yotishi mumkin.
Ayrim sabablar cheksiz oqibatlar zanjirining ilk manbai 
hisoblanadi
. Ba’zi bir sabablar «zanjir reaksiyasi» ko‘rinishini kasb etishi, ya’ni
ikki yoki undan ortiq oqibatni yuzaga keltirishi, ular esa, o‘z navbatida, ikki yoki
undan ortiq oqibatga sabab bo‘lishi mumkin.

Yüklə 185,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin