alohida, hatto ancha muhim ahamiyat kasb etadi. Zaruriyat va tasodif
kategoriyalari bir qator ilmiy yo‘nalishlar: biologiya, tibbiyot, huquqshunoslik,
tarix va hokazolarda muhim metodologik ahamiyatga egadir. Odamlar amaliy
faoliyatida tasodif omili zaruriyatdan kamroq ahamiyat kasb etmaydi. Ammo
ularning dialektikasini, qarama-qarshilikka asoslangan birligini tushunish ayniqsa
muhimdir.
Zaruriyat-
bu hodisalar o‘rtasidagi ularning qonuniy o‘zgarishi va rivojlanishini
belgilovchi barqaror, muhim ichki aloqalar
. Zaruriyat qonun tushunchasiga yaqin
turadi, muqarrar tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, nosoz tormoz muqarrar tarzda
avtomobil halokatiga, uning yo yaqinroqdagi narsalar, yo harakatlanayotgan
boshqa avtomobillar bilan to‘qnashuviga olib keladi yoki u piyodani urib ketishiga
sabab bo‘ladi.
Halokat aynan qanday yuz berishi, undan kim jabrlanishi
mumkinligi tasodif bilan bog‘liq masaladir, zero yo‘lda muayyan paytda istalgan
narsa va istalgan odam duch kelishi mumkin. Bu erda zaruriyat avtomobilning
ichki holati bilan, tasodif – tashqi sharoit bilan belgilanadi
.
Zaruriyat – yuz berishi
mumkin bo‘lgan narsa
.
Zaruriyat – ichki xususiyatga ega hodisa, uning sababi
o‘zida bo‘ladi va hodisalarning ichki o‘zaro aloqasidan kelib chiqadi.
Ammo
nafaqat ichki, balki tashqi zaruriyat ham mavjuddir. Masalan, jismlarning bir-
biriga ularning massasiga to‘g‘ri proporsional va ular o‘rtasidagi masofaga teskari
proporsional bo‘lgan kuch bilan tortishishi zaruriyat hisoblanadi. Bu tashqi
zaruriyatdir. Tasodif ham ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Masalan, tirik
organizmlarning mutatsiyalari tasodifiy xususiyat kasb etadi, ammo ular ichki
hodisa hisoblanadi, chunki butun organizmni qayta qurish bilan bog‘liq. Xo‘sh, bu
holda zaruriyat va tasodifni bir-biridan qanday farqlash mumkin?
Zaruriyat hodisaning, jarayonning mohiyatidan kelib chiqadi va mazkur sharoitda
muqarrar tarzda yuz beradi. Masalan, har qanday tirik organizmning o‘limi
muqarrardir, chunki u mazkur organizmning tabiati hamda unda yuz beruvchi ichki
jarayonlar bilan belgilanadi.
Ammo dunyoda hamma narsa zaruriyat sifatida paydo bo‘ladimi? Yo‘q, dunyoda
tasodifiy voqealar, hodisalar ham bor.
Tasodif – ob’ektlarning vujudga kelishi yoki mavjudligining muammoliligini yoki
muqarrar emasligini belgilovchi kategoriya
; soddaroq qilib aytganda
muayyan
sharoitda bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin bo‘lgan narsa tasodifiy
hisoblanadi
. Tasodif voqelikning asosan tashqi sharoitlar, yuzaki, beqaror aloqalar
va mazkur hodisa uchun ikkinchi darajali omillar ta’sirida paydo bo‘luvchi
holatlarini aks ettiradi. Tasodif zamirida narsaning mohiyati emas, balki unga
boshqa narsalar va hodisalarning ta’siri yotadi. Tasodif yuz berishi ham, yuz
bermasligi ham mumkin bo‘lgan narsa sifatida ta’riflanadi
.
Narsalar mavjudligining zaruriyligi yoki tasodifiyligi muammosi xususida ikki
nuqtai nazar mavjud. Ularning biri zaruriyatni mutlaqlashtiradi: dunyoda hech
qanday tasodif yo‘q, hamma narsa muqarrar tarzda yuz beradi. Bu nuqtai nazar
tasodifni rad etib, fatalizmga yo‘l ochadi.
Fatalizm
–
taqdirga, hamma narsa
oldindan belgilanganiga bo‘lgan ishonch.
Boshqa bir nuqtai nazar tasodifning
ahamiyatini oshirib ko‘rsatadi. Bu erda, aksincha, voqelikdan har qanday ichki
bog‘lanishlar, narsalarning ob’ektiv belgilanganligi chiqarib tashlanadi: dunyoda
faqat tasodif hukm suradi.
Ilmiy dunyoqarash birinchi nuqtai nazarni ham, ikkinchi nuqtai nazarni ham tan
olmaydi. Zaruriyat va tasodif alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi. Ularning o‘zaro
aloqasi shundan iboratki, tasodif zaruriyatning namoyon bo‘lish shakli sifatida va
uning to‘ldiruvchisi sifatida amal qiladi. Masalan, mamlakatda amalga
oshirilayotgan islohotlar zaruriy xususiyat kasb etadi. Ularda bu islohotlarni yo‘lga
soluvchi muayyan siyosiy arboblar tasodifiy element hisoblanadi.
Zaruriyat va tasodif dialektikasi ikki muhim jihatni nazarda tutadi. Birinchidan,
tasodif rivojlanish jarayonida zaruriyatga aylanishi mumkin (u yoki bu biologik
turning qonuniy belgilari avval tasodifiy og‘ishlar sifatida paydo bo‘ladi va
to‘planib boradi, so‘ngra ularning asosida tirik organizmning zaruriy sifatlari
shakllanadi). Ikkinchidan, zaruriyat son-sanoqsiz tasodiflar orqali o‘ziga yo‘l
ochadi. Masalan, jamiyatning rivojlanishi turli maqsadlarni ko‘zlovchi, fe’l-atvori
har xil bo‘lgan kishilar faoliyati bilan belgilanadi. Bu maqsadlar va intilishlarning
bog‘lanishi, chatishuvi va to‘qnashuvi pirovard natijada rivojlanishning zaruriy,
muqarrar xususiyatga ega bo‘lgan muayyan yo‘nalishiga olib keladi.
Dialektikaning barcha qonunlari va kategoriyalari kabi, zaruriyat va tasodif
ob’ektiv voqelikni bilishning tayanch nuqtalari hisoblanadi. Bu kategoriyalarning
funksiyalari teng qimmatga ega emas. Bilishda tasodif doim boshlang‘ich
instansiya sifatida, zaruriyat – maqsad sifatida amal qiladi. Bilish faoliyati
tasodifdan zaruriyat sari yuksalish tarzida yuz beradi. Zaruriyat va tasodif
tushunchalariga ta’rif berishda odatda imkoniyat kategoriyalariga tayanadilar. Shu
sababli u yuz berishi yoki yuz bermasligi mumkin. Zaruriyat va tasodifning
qarama-qarshiligi – ichki va tashqi narsalar qarama-qarshiligidir. Tasodif – tashqi
omillar bilan belgilanadigan aloqa tipidir.
Dostları ilə paylaş: