3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja



Yüklə 185,82 Kb.
səhifə32/35
tarix19.10.2023
ölçüsü185,82 Kb.
#157345
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja-hozir

Imkoniyat va voqelik.
Imkoniyat va voqelik kategoriyalarida borliqning
o‘zgaruvchanligi, dinamikasi, uning o‘zgarish tendensiyalari o‘z aksini topadi.
Imkoniyat rivojlanishning ob’ektiv tendensiyalarini aks ettiradi, u qonuniyat,
zaruriyatga, o‘zgarayotgan narsaning muhim tomonlariga muvofiq yuzaga keladi.
Imkoniyat
-
narsaning uning tugallanmagan, potensial rivojlanishidagi ob’ektiv 
mavjud bo‘lgan va ichdan belgilangan holatini aks ettiruvchi falsafiy tushuncha
.
Har bir vaziyatda imkoniyatlarning muayyan to‘plami mavjud bo‘lib, ulardan biri
amalga oshgani boshqalari chetda qolganini anglatadi. Imkoniyatlarning «kurashi»
va amalga oshish xususiyatiga ichdan zarur tendensiyalarga nisbatan tasodifiy
hisoblangan sharoitlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu sababli voqelik doim ichki va
tashqi, mohiyat va hodisa, zaruriyat va tasodifning dialektik birligidan iborat
bo‘ladi. Ijtimoiy rivojlanish va tabiatning o‘zgarishi sohasida imkoniyatning
voqelikka aylanishi kishilarning ongli yo‘l tanlashi va faoliyati bilan tartibga
solinadi.
Ammo imkoniyat qanday ob’ektiv asoslarga ega bo‘lsa, imkonsizlik ham shunday
ob’ektiv asoslarga egadir. Imkonsizlik – ikoniyatga zid tushuncha. Imkonsizlik
tushunchasi ikki xil ma’no kasb etadi. Birinchisi – predmetning tabiatiga mos
13
Гоббс Т. О теле // Избр. произв.: в 2 т. Т. 1. -М.: – С.158 - 159.
14
Гольбах. Здравый смысл // Избр. антирелигиозные произведения: в 2 т. Т. 1. -М.: –С. 35.



kelmaydigan narsa bo‘lishi mumkin emas. Masalan, arpa urug‘idan bodring


etishtirish mumkin emas. Imkonsizlik tushunchasining boshqa bir ma’nosi
imkoniyat va zaruriyat kategoriyalarining munosabatlari bilan bog‘liq. Zaruriyat va
imkoniyat – bir zanjir bo‘g‘inlari: rivojlanayotgan predmet zaruriyati uning boshqa
bir holati bo‘lishi mumkinligini belgilaydi. Ammo predmetning rivojlanishida,
odatda, ko‘p sonli muqobil imkoniyatlar mavjud bo‘lgani bois, ulardan birini
tanlash zaruriy hisoblanmaydi. Bir imkoniyatning ro‘yobga chiqishi qolgan
imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish imkonini bermaydi. Tuzatib bo‘lmaydigan
oqibatlarga olib kelgan qabul qilgan qarori, o‘ylamasdan sodir etgan qilmishidan
afsus chekmagan odam topilmasa kerak. Ba’zan imkonsizlik boy berilgan
imkoniyat tarzida mavjud bo‘ladi. Bu holda imkoniyat imkonsiz bo‘lmagan narsa
sifatida va ayni vaqtda zarur bo‘lmagan narsa sifatida namoyon bo‘ladi.
Voqelik – amalga oshgan, aktuallashgan borliqni tavsiflovchi falsafiy kategoriya: 
voqelik amalga oshgan imkoniyat hisoblanadi
.
Voqelik tushunchasi ikki ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, voqelik – bu mavjud
borliq, biz yashayotgan dunyo, uning ongimizdagi in’ikosidir. Voqelik tushunchasi
ayrim predmetning borlig‘iga ham tegishlidir. Bu ma’noda u ob’ektning holatini
tavsiflovchi mazkur lahzadir. Ikkinchidan, voqelik ro‘yobga chiqqan imkoniyat
sifatida tavsiflanadi. Bu ma’noda voqelik tushunchasi imkoniyat kategoriyasining
nisbatdoshi hisoblanadi. Ular bir-biriga o‘tuvchi qarama-qarshiliklardir. Imkoniyat
potensial, voqelik esa aktualdir. Imkoniyat – abstrakt va mazmun jihatidan
qashshoq tushuncha. Voqelik – muayyan va mazmunan boy tushuncha, chunki u
ko‘p sonli xossalar, individual betakror jihatlarni o‘z ichiga oladi.
Har bir predmet ko‘p sonli aloqalar yuzaga kelishiga zamin yaratuvchi muayyan
muhitda mavjud bo‘ladi. Shu sababli muhim yoki ikkinchi darajali, tasodifiy yoki
zaruriy bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘p sonli imkoniyatlar mavjuddir.
Imkoniyatning ro‘yobga chiqishida ichki va zaruriy aloqalar muhim rol o‘ynaydi,
ammo uning ro‘yobga chiqish shartlari, garchi ular tasodifiy xususiyatga ega
bo‘lsa-da, rivojlanish jarayoniga sezilarli darajada, ba’zan hal qiluvchi ta’sir
ko‘rsatadi. Ayni shu sababli voqelik ham zaruriy va tasodifiyning birligi
hisoblanadi.

Yüklə 185,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin