uning qarama-qarshiliklarini ularning tahlilini sintez bilan birlashtirish orqali
o‘rganishni talab qilib, bilish dialektik metodining bosh mazmunini belgilaydi.
Rivojlanish manbaini yorituvchi dialektik ziddiyatlilik qonunidan farqli o‘laroq,
miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish jarayonining
mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini
ko‘rsatadi (Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo‘lishi va amal
qilishini aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, me’yor,
sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: