3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja



Yüklə 185,82 Kb.
səhifə14/35
tarix19.10.2023
ölçüsü185,82 Kb.
#157345
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja-hozir

farqlaydi.
Kant barcha kategoriyalar aprior (tajribada ko‘rilmagan) xususiyatga ega
ekanligini qayd etadi. Bilish kategoriyalarini Kant tajribaga yo‘l ochadigan
dastlabki konstruktiv sxemalar sifatida talqin qiladi. Kategoriyalar bilayotgan inson
hissiy taassurotlar xaosi ustiga «tashlaydigan» va har xil taassurotlarni tasniflash,
ta’riflash va o‘zaro bog‘lashni amalga oshiradigan tushunchalar «to‘ri»ga
o‘xshatiladi.
Hissiyot kategoriyalari tarkibiga
Kant makon va vaqt tushunchalarini kiritadi. Ular
bizning o‘z sezgi organlarimiz ko‘rsatgan narsalarni umumlashtirish va anglab
etish qobiliyatimizni tavsiflaydi.
Idrok kategoriyalari tarkibiga 
Kant kategoriyalarning to‘rt turkumi: miqdor, sifat,
nisbat va modallikni kiritadi. U inson idrokining aprior shakllari ob’ektiv va
umumiy mazmunga ega bo‘ladi, buning natijasida tajriba umumiy va zaruriy
ahamiyat kasb etadi, deb qayd etadi.
Aql kategoriyalarini 
Kant g‘oyalar deb nomlaydi
.
Kant fikriga ko‘ra, g‘oya
mumkin bo‘lgan tajriba chegarasidan chetga chiquvchi tushunchadir. G‘oyalar
bizning amaliy va bilish faoliyatimizni tartibga keltiruvchi va tizimga soluvchi
sxemalarga aylanadi. Ular inson faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tartibga
solish funksiyasini bajaradi.
Sxema – bu bilish metodi va yo‘nalishi: u predmetni tushuntirmaydi, balki biz
aqlga tayangan holda butun olamning xossalari va aloqalarini qanday aniqlashimiz
lozimligini ko‘rsatadi. Tartibga soluvchi g‘oyalar sifatida Kant inson (jon) g‘oyasi,
erkin iroda g‘oyasi va «narsa o‘zida» g‘oyasini qayd etadi. Xudo g‘oyasiga kelsak,
Kant bu g‘oya predmetini shak-shubhasiz qabul qilish (u o‘z holicha mavjudligini
taxmin qilish) uchun hech qanday asosga ega emasligimizni ta’kidlaydi. Bu g‘oya
faqat bizga aql dunyodagi barcha aloqalarga oliy aql niyatining mahsuli sifatida
qarashni amr etishini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, aql bizga, Xudo borligi yoki
yo‘qligidan qat’iy nazar, Xudo amalda mavjud, deb taxmin qilishni buyuradi.
Ammo biz Xudoning borligini aniq bila olmaymiz, chunki Xudo g‘oyasi tajribada
o‘z tasdig‘ini topmaydi. Xudo g‘oyasi nazariy aqlni emas, balki amaliy aqlni
tartibga solish vositasi (regulyatori) sifatidagina ma’no kasb etadi: agar
tabiatshunos bu g‘oyaga nafaqat regulyativ darajada, balki intuitiv darajada ham
amal qilsa (ya’ni Xudo borligiga dalil-isbotsiz ham ishonchi komil bo‘lsa), bu
yalqov aql sanaladi va u ilm bilan shug‘ullanmagani ma’qulroqdir. Kant aql
g‘oyalarini notanqidiy idrok etishdan saqlanishga chaqirgani bejiz emas: uning
fikricha, aql g‘oyalari nafaqat konstruktiv, balki destruktiv rol o‘ynashi ham
mumkin. Aql tajribada sinalgan bilim chegarasidan chetga chiqqan va faqat
tajribada hech qachon ko‘rilmaydigan sof tushunchalar bilan ish ko‘rgan har bir



holda shunday bo‘ladi. Haqiqiyligi yoki soxtaligini biron-bir tajribada aniqlash


mumkin bo‘lmagan fikrlar ham mavjud. Yuqorida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra
fan hisoblanmaydigan metafizika (Kant bo‘yicha- falsafa) tushunchalari ana
shunday xususiyatga ega. Kant inson doim tajribada ko‘rilgan bilim chegarasidan
chetga chiqish va tabiiy fanlarning imkoniyatlari cheklangan bilimlarini butun
dunyoga nisbatan tatbiq etishga harakat qilishini ta’kidlaydi. Tajriba chegarasidan
chetga chiqish bizni, masalan, dunyo vaqtda va makonda cheklangan – dunyo
vaqtda va makonda cheksizdir, dunyoda hamma narsa maqsadga muvofiqdir –
tabiatda maqsadga muvofiqlik mavjud emas, Xudo bor – Xudo yo‘q kabi qarama-
qarshi fikrlarning ikkalasi ham haqqoniy ekanligini isbotlashimiz mumkin bo‘lgan
aqlning yanglishishlariga olib keladi.
Barcha kategoriyalarni Kant ongimizning bilish ob’ektiga emas, balki sub’ektiga
tegishli bo‘lgan aprior elementlari deb e’lon qiladi. Aprior elementlar deganda
tug‘ma emas, balki individning rivojlanish jarayonida o‘zlashtirilgan elementlar
tushuniladi.
Kant mulohazalarining mantig‘ini tushunish uchun bola nutq qobiliyatining
rivojlanishini kuzatamiz. Bunda biz bola so‘zlarni ularning umumiy qabul qilingan
ma’nosida emas, balki mazmunini o‘zi o‘zlashtirgan so‘zlar bilan o‘xshashlik
bo‘yicha qo‘llashini albatta payqaymiz. «Oyi, mening umurtqam qaerda?», deb
so‘raydi sizdan kichkintoy o‘g‘lingiz. – «Mana u», deb uning umurtqasini
ko‘rsatasiz. «Yo‘q, - deb u bosh chayqaydi, va mening umurtqam mana bu erda»,
deb qo‘li bilan o‘z qulog‘ini ko‘rsatadi. Bu misol bola tug‘ilgan paytdan boshlab
tayyor nutq shakllarini o‘zlashtirishini tasdiqlaydi. Bolaning shaxsiy hayot tajribasi
yangi so‘zlarni o‘zlashtirish izidan quvib etolmagani bois, u mazkur so‘zlarga
o‘zining tor tajribasidan olingan muayyan ma’noni yuklaydi. Avvaliga so‘z shakli,
so‘ngra uning tajribadan olinadigan ma’nosi, avval so‘zlar, so‘ngra – tushuncha,
so‘zlar esa odamlar o‘tgan avlodlari madaniyatining yutuqlaridan olinadi: «apriori»
- so‘zma-so‘z tarjimada «avvalgidan» deganidir.
Kant mulohazalari zamirida bola tug‘ilgan paytdan boshlab shakllangan til, nutq,
fikrlash mantiqi va madaniyatga duch keladi, degan fikr yotadi. Til, tayyor
mantiqiy shakllar taassurotlar xaosini muayyan darajada tartibga solish, borliq
manzarasiga oqilona tus berish uchun imkoniyat yaratadi. Kant fikriga ko‘ra, til
hissiy taassurotlar tajribasidan oldin keladi, ilmiy va odatdagi bilishning zaruriy
omili hisoblanadi. Mushohada yuritish va idrok etish shakllarining apriorligi
g‘oyasi Kantga hissiy va oqilona bilishning birligini ko‘rsatish imkonini beradi:
«sezgilar yordamida biz narsalarni bilamiz va faqat bilishgina bizga mushohada
yuritish imkonini beradi; narsalarni biz aql bilan idrok etamiz va idrok etish
natijasida tushunchalar yuzaga keladi»
6
. Aql mulohazalarining dalil-isboti «faqat
shunga asoslanadiki, ular har qanday tajribaning intellektual shaklini tashkil etadi
va shu sababli ularning qo‘llanilishi doim tajribada ko‘rsatilishi mumkin»
7
.
Umuman olganda, tajribada tasdiqlanmagan har qanday tushuncha uydirmadan
boshqa narsa emas.
6
Кант И. Соч. Т. 6. -М.: АСТ, 1999. – С.127.
7
Там же, – С.127



Kant taklif qilgan falsafiy kategoriyalar tasnifi borliq va bilish kategoriyalarinigina


o‘z ichiga olmaydi. Kant falsafasining tarkibiy qismini «Sof aqlning tanqidi» -
«Amaliy aql tanqidi» va «Mulohaza yuritish qobiliyatining tanqidi» asarlari ham
tashkil etadi. Bu asarlarda mutafakkir insonning ma’naviy qobiliyatlarini axloq va
estetika kategoriyalarida tavsiflaydi. Shunday qilib, Kant shunday bir o‘ziga xos
tizimni yaratadiki, u Evropa falsafiy tafakkuriga, ayniqsa nemis falsafasiga juda
kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Kant g‘oyalari nemis idealizmining taniqli namoyandalari – Fixte, Gegel, Shelling
asarlarida tanqidiy yondashuv bilan qayta ishlandi va rivojlantirildi.
I.Fixte falsafaga axloqiy qonun oliy tamoyili sanalgan mustaqil ontologik asos
sifatidagi faoliyat kategoriyasini kiritdi. Shu sababli Fixte bilishni ham sub’ekt,
ya’ni «Men» (uning terminologiyasida) faoliyatining mahsuli sifatida tushunadi.
Bilish ob’ekti («Men emas»)ga kelsak, u inson «Meni»ning mahsuli sanalsa-da,
lekin amalda mavjud bo‘lgan narsa emas. Shu o‘rinda, inson dunyoning
yaratuvchisi ekan-da, degan tabiiy bir savol tug‘iladi. Fixte o‘z nuqtai nazarini
shunday tushuntiradi: «Men emas», ya’ni tabiat «narsa o‘zida», ya’ni ob’ektiv
borliqdir, lekin bizning «narsa o‘zida» haqidagi bilimimiz o‘z taassurotlarimizni
anglab etishimizdan boshqa narsa bo‘lmay, ularning manbai «narsa o‘zida» emas,
balki aql-zakovatimiz harakati, ya’ni «sof Men»dir. Fixte mushohadaga asoslangan
bilimning rolini inkor etmagan holda, tabiatni bilishni ham, insonning tabiat
ustidan hukmronligi doirasini kengaytirishni ham ta’minlaydigan amaliyotni
birinchi o‘ringa qo‘yadi. Faoliyat nazariy ish ko‘radigan biluvchi «Men» bilan
«Men emas» dunyosi o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir, shu sababli real borliqni
faqat amaliy harakatlar yordamida bilish mumkin. Amalda inson tabiat
predmetlarini o‘z ehtiyojlariga muvofiq o‘zgartiradi va shu bois o‘zgartirilgan
tabiatni insonning o‘zi aniq aks etadi. Fixtening xizmati shundaki, u nazariy
muomalaga, falsafiy kategoriyalar tizimiga amaliyot tushunchasini kiritadi va shu
tariqa bilish nazariyasini ham, antropologiya, ya’ni inson haqidagi ta’limotni ham
sezilarli darajada boyitadi.
Ma’lumki, G.Gegel falsafasining eng kuchli tomoni dialektika hisoblanadi. U
dialektikani mantiq va bilish nazariyasi bilan tenglashtiradi. Gegel falsafasida
dunyo mutlaq ruhning o‘z-o‘zini rivojlantirishi sifatida namoyon bo‘ladi. Mutlaq
ruh bir vaqtning o‘zida ham substansiya (borliq asosi), ham sub’ekt, ya’ni o‘z
rivojlanishi va bilishining manbaidir. Inkorni-inkor Gegel falsafasining asosiy
tamoyili hisoblanadi. Ikki tomonlama inkor etish g‘oyasiga muvofiq mutlaq
g‘oyaning rivojlanishi quyidagi uch bosqichdan o‘tadi: sof borliq (tezis), yo‘qlik
(antitezis); mavjud borliq vujudga kelish va yo‘q bo‘lish sifatida, shakllanish
(sintez). Bilishning uch bosqichi (triada) g‘oyasi Gegel falsafasini to‘la qamrab
oladi. Nafaqat Gegelning butun falsafasi, balki u ilgari surgan fikrlarning har bir
kichik hujayrasi ham uch qismga bo‘linadi («Mantiq fani», «Naturfalsafa», «Ruh
falsafasi»). Masalan, mantiqni Gegel ilohiy aqlga mos keladigan sof aql sohasi
sifatida ta’riflaydi. U uch qismdan iborat:
- borliq;
- mohiyat;
- tushuncha.



Mantiqning birinchi qismida Gegel borliq tushunchasini tavsiflovchi kategoriyalar:


sifat, miqdor, me’yorga ta’rif beradi. Sifatni Gegel «borliq bilan ayniy bo‘lgan
bevosita muayyanlik» deb ta’riflaydi. Ayni shu sababli predmet o‘z sifatini
yo‘qotar ekan, o‘zining avvalgi mohiyatini ham yo‘qotadi
8
. Miqdor sifatning
inkoridir: «Miqdor sof borliq bo‘lib, unda muayyanlik borliq bilan ayniy emas,
balki yo‘qolgan yoki befarq tus oladi»
9
. Me’yor – predmet borlig‘ining, miqdor
o‘zgarishlarining shunday bir chegarasiki, bunda predmet o‘zining aniq sifatini
yo‘qotmaydi. Miqdor o‘zgarishlari me’yori chegarasidan o‘tar ekan, predmet yangi
sifat holatiga o‘tadi.
Gegel dialektikasida mohiyat haqidagi ta’limot-bu harakatlantiruvchi kuch
haqidagi ta’limotdir. Mohiyat ichki ziddiyat, qarama-qarshiliklarning ayniyligi
demakdir. Ayniyatni Gegel tafovutni o‘z ichiga oluvchi nisbiy ayniyat sifatida,
dialektik tushunadi. Gegel ayniyatning matematik tipdagi (A

A qabilidagi) formal-
mantiqiy talqinini tanqid qiladi. Ayniyat haqidagi ta’limotda Gegel ayniyat,
tafovut, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar kabi tushunchalarga ta’rif beradi. Gegel
mohiyatni u yoki bu darajada tavsiflovchi ayrim boshqa kategoriyalar, chunonchi:
asos, hodisa, mavjudlik, namoyon bo‘lish, munosabat, borliq, substansiyalilik,
kauzallik, o‘zaro bog‘lanishni ham ko‘rib chiqadi. Gegel mohiyat refleksiya
sifatida ham, ob’ektivlik omili sifatida ham tavsiflanishi mumkinligini qayd etadi.
Mohiyat hodisadan ayri holda mavjud narsa emas, hodisa esa mohiyatni
yashiruvchi narsa emas, u mohiyat bilan uzviydir. Mohiyat hodisada qanday
namoyon bo‘lishini va hodisa mohiyatni qanday ifodalashini ko‘rish lozim.
Mohiyat ko‘rinish (ro‘yo) va namoyon bo‘lishga ajratish mumkin bo‘lgan
hodisaning tomoni hisoblanadi. Ammo ro‘yo ham hodisani nafaqat niqoblaydi,
balki uni namoyon etadi.
Tushuncha haqidagi ta’limotda Gegel ob’ektiv tushunchani farqlaydi u
narsalarning o‘zida yashaydi, uning mavjudligi tufayli narsalar mohiyat kasb etadi,
narsani anglash uning tushunchasini anglash demakdir. Sub’ektiv tushuncha
bizning borliqni bilish usulimiz sifatida ta’riflanadi. Umuman olganda Gegel
mantig‘ida tushunchalar (kategoriyalar)ning rivojlanuvchi tizimi o‘z ifodasini
topadi. Uning fikricha, tushunchalar dialektikasi narsalar dialektikasini belgilaydi.
Har bir kategoriya muayyan mazmunga ega bo‘ladi va inkorni-inkor tamoyiliga
ko‘ra hal qilinadigan o‘z qarama-qarshiligining mavjudligini nazarda tutadi.
Natijada yanada umumiyroq tushunchalar tizimi vujudga keladi.
Gegel o‘z naturfalsafasida o‘zi yashagan davrning o‘ziga ma’lum bo‘lgan ilmiy
tasavvurlarini bayon etadi. U tabiatni mutlaq ruhning o‘zgacha borlig‘i sifatida
tavsiflaydi va uning vazifasi o‘z falsafasining uchinchi qismi – ruh falsafasida
amalga oshadigan sintezga zamin yaratishdan iborat ekanligini qayd etadi. Gegel
ta’riflab bergan tabiatni o‘rganishning asosiy tamoyillari hozirgi kunda ham o‘z
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bular: antireduksionizm, tabiatni o‘rganishga
nisbatan yaxlit yondashuv, tabiatning asosiy sohalari: mexanika, fizika,
organikaning o‘ziga xos xususiyati kabilardir.
8
Қаранг: Гегель Г.В.Ф. Энциклопедия философских наук. Т. 1. – М.: Прогресс, 1974. – С.228
9
Гегель Г.В.Ф. Соч. Т. 1. – М.: 1999. – С.170.



XX asrda biz yashayotgan sayyora qiyofasi butunlay o‘zgardi. Insonning ishlab


chiqarish faoliyati insoniyatni dunyo miqyosidagi ekologik tanglikka giriftor etdi.
Yutuqlar va ziddiyatlardan iborat og‘ir va mashaqqatli globallashuv jarayoni yuz
berdi. Fanda, xususan astrofizikani, Olamning kelib chiqishini o‘rganish borasida
erishilgan ajoyib yutuqlar, ehtimollik nazariyasini matematik asoslash, sistemalar
umumiy nazariyasi, turli tipdagi sistemalarning qonuniyatlari haqidagi
tasavvurlarning rivojlanishi va hokazolar dialektikaning kategoriyalar apparatini
sezilarli darajada boyitdi va ularga aniqlik kiritdi. Dialektika kategoriyalari
haqidagi tasavvurlarga sinergetika ham jiddiy tuzatishlar kiritmoqda. (Uning
kategoriyalarini biz tegishli bo‘limlarda ko‘rib chiqamiz).
So‘nggi o‘n yilliklarda falsafiy tadqiqotlar doirasiga butunlay yangi soha –
virtualistika kirib kelmoqda. Uning falsafiy maqomini va kategoriyalar tizimini
belgilash shakllanish bosqichini boshdan kechirmoqda. Hozirgi zamonda falsafada
ilmiy va noilmiy bilishning nisbati, bilish sub’ektining roli, falsafiy
kategoriyalarning bilish jarayoni va odamlar amaliy faoliyatidagi rolini
tushunishga nisbatan yondashuvlarda tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu falsafa
o‘tmishning falsafiy tafakkuri erishgan yutuqlardan voz kechyapti, degan ma’noni
anglatmaydi. O‘tmish mutafakkirlarining dunyoqarashi qanday qonunlarga
muvofiq o‘zgargan bo‘lsa, hozirgi zamon falsafasi ham shu qonunlarga muvofiq
o‘zgarmoqda va rivojlanmoqda: fan va amaliyot muqarrar tarzda bizning dunyo
haqidagi tasavvurlarimizga tuzatishlarini kiritmoqda.

Yüklə 185,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin