Din- o‘zbek etnosini harakatlantiruvchi kuch



Yüklə 25,85 Kb.
tarix26.04.2023
ölçüsü25,85 Kb.
#103090
Din


Din- o‘zbek etnosini harakatlantiruvchi kuch.
Toshtemirova Shohsanam ,,Antropologiya va etnologiya’’ 1-kurs talabasi
Etnolog,etnograf,antropolog va ustoz professor Iso Jabborovning xotirasiga bag’ishlanadi
Falsafa fanlari doktori , professor Iso Jabborov o’z izlanishlari davomida etnosotssiologiya, tarix, madaniyat va dinshunoslikka oid o’zbek, rus ,hattoki , xitoy tillarida ilmiy , uslubiy va ilmiy-ommabop asarlar yaratadi . Olim o’z tadqiqotlqri davomida o’zbek etnosi shakillanishida diniy tasavvurlar, urf-odatlar va irimlari katta ahamiyat kasb etganligini dalillar asosida isbotlab beradi.
Ma’lumki din hamda diniy tasavvurlar o’zbek xalqi ijtimoiy, oilviy-maishiy va shaxsiy turmushida muhim o’rin egallab kelgan . Ibtidoiy jamoa tuzumidan hozirgacha din xalqimiz ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida jamiyatning oila va shaxsiy hayotining barcha hujayralarigacha singib ketgan1. Shu o’rinda savol tug’uladi ,, Din yer yuzida qachon paydo bo’ldi? ‘’
Dinning rivojlanishi bizga faqat arxeologik topilmalardan ma’lum bo’ladi , biroq ular juda kam . Bizning eng qadimgi ajdodlarimiz (Pitecantrop ,Sinanatrop) orasida diniy tassavurlar shakllangani haqida ma’lumot uchratmaymiz. Aynan shu davr ,, Dingacha bo’lgan davr’’ deb nomlanadi . Ba’zi bir dinshunos olimlari shunday fikrlar ham bildirishadiki, odamzot mehnat qilishi va hayvonot dunyosini o’zlashtirishi natijasida , insoniyat dunyosi

tabiat kuchlaridan qo’rqqanliklari sababli ham aynan din paydo bo’ganliklarini va bu din faqat insonlargagina hos ekanligini takidlashadi.Sobiq davr olimlari orasida ,,din qachon paydo bo’lgan?’’ degan savolga biz aynan paleolit davrining boshlarida shakillanganliklari va o’rta paleolit davrida neandertallar bosqichida dafn tartiblari shakllana boshlagandi deya ta’kidlashadi. Bunga isbot tariqasida Fransiyadagi La – Ferasi , La-Shapel –O-Cen yaqinidagi g’ordan , Qrimdagi Kyik – Koba g’orlarida neandertal odam orasida diniy tasavvurlar izlari uchrashi tadqiqotlar natijasida aniqlangan2 . Xususan, ayni O’rta Osiyoda ham ilk diniy tasavvurlar shakllanganligini biz yurtimizning janubiy hududidagi Teshiktosh g’oridan topilgan 8-10 yoshli bola qabri misolida o’rganadigan bo’lsak mayitning qabri atrofida aylana tariqasida echki shohlari qadalganligi , bosh qismida qisqa muddatli yoqilgan olov izlari mavjudligi , bu olov esa o’z navbatida ibodat bilan bog’liq holda ishlatilganligi farazini aytilib , mayitni bukilgan holda ko’milganligi va taxminlarga ko’ra uning oyoq –qo’llari bog’liq holatda dafn etilgani olimlar tomonidan aniqlanib ,bunga o’xshash marosim aynan Yangi Givineya papuaslari orasida yaqin –yaqingacha saqlanib qolganligi va uning sababi o’lik qaytib kelib urug’doshlariga zarar yetkazmasligi uchun qo’l oyoqlari bog’liq holatda dafn qilishgani ta’kidlanadi3. Dafnni diniy tasavvurlar bilan bog’liq ekanligini bronza va temir davri odamlari jasadlari bilan birgalikda turli xil buyumlarning ko’milganligi insonlarning ,,nargi dunyo’’, oxirat haidagi qarashlarining yanada takomillashganidan dalolatdir .Shunday ekan arxeologik tadqiqotlar natijasida dinning shakllari paydo bo’lganini ko’rsak , etnografiya orqali jonsiz narsalarni ,,gapirtirish’’ mumkun.


Fanda qabul qilingan tasniflashga binoan ibtidoiy dinlarning eng qadimgi shakllaridan biri , ,,totemizmdir’’ . Bu atama sirli qarindoshlikka ishonch, ko’p hollarda aynan o’simlik yoki hayvonot olami vakillari bilan o’zlarini qarindosh

sanashlari va ularga nisbatan hurmat tariqasida totem hayvonni , o’simlikni istemol qilmaslik ularni o’ldirish va yo’qotish taqiqlanganini ko’ramiz. XVIII asr oxirida MC Lennaning ,,Hayvonot va o’simliklarni hurmat qilish’’ , Jeyms Freyzerning ,,Totemizm’’ maqolalarida shu maslalarga aloxida e’tibor qaratilgan4. O’zbek etnosi orasida oilaviy-maishiy urf- odatlarida hozirgacha aynan shu diniy shaklning saqlanib qolganligini turna, laylakni e’zozlash va uning g’o’shtini iste’mol qilishdagi irimlar, muqaddas deb hisoblangan qushlar (musicha,kaptar va h.k) yoki hayvonlarning tirnoq va tishlarini tumor tariqasida taqishni hozirgi kungacha mavjudligi bevosita kuzatiladi. Masalan , xorazmliklarning quyon ,sulgin, chog’oloq kabi raqslari shubhasiz muayyan totemistik tasavvurlar bilan bog’liqdir . Diniy tasavvurlardan yana bir,,fetishizm ‘’ bo’lib hozirgi kunda uning ayrim unsurlari jahon dinlarida ham saqlangan. Mahmud G’aznaviyning(XI) ma’lumot berishicha tarixiy xalqlarda ‘’yomg’ir, shamol va boshqalarni talab qilish uchun mahsus toshlar ( yada toshi) bilan fol ochish odatidir’’ deya tariflangan ushbu diniy marosim folklorshunos B.Sarimsoqovning 1973-1982 – yillardagi dala tadqiqotlari natijasida ko’plab axborotchilar yaqin –yaqingacha xuddi shu tosh yomg’ir va shamol chaqirishda ishlatilganligini yozib o’tilgan5. ,,Animizm’’ atamasiga ingliz antropoligi Eduard Taylor tomonidan kiritilgan bo’lib ibtidoiy odamlar inson vafotidan so’ng uning tanasidan ruh ajralishi va ular insonlar orasida ko’z ilg’amas darajada hayot kechirishi mumkunligiga ishonishgan .Xususan , o’zbeklar orasida o’tgan ajdodlar arvohiga sajda qilish ularni xotirlash , tabiat kuchlariga sig’inish natijasida juda ko’p muqaddas joy va avliyolar ziyoratgohlari mavjud bo’lib aynan qadim tarixga ega Xorazm hududida aholi ma’naviy hayotida asosiy o’rin tutgan 130 dan ortiq aholi ziyoratgohlari aniqlangan.


Ko’plab tadqiqotchilar chunonchi S, P. Tolstov , zardushtiylikning va uning payg’ambari Zardushning asli vatani O’rta Osiyo , shu jumladan qadimgi Xorazm deb takidlaydi . Bu din uch buyik imperiya – ahamoniylar, Eroniylar ,afrig’iylar va sosoniylar saltanatida davlat diniga aylanadi6.Shu jumladan, arxeologik qazishmalar davomida Qang’akqal’a, Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’alardan zardushtiylik dininga oid ko’plab buyumlar topiladi , xususan, Jonbosqal’adan zardushtiylik ibodatxonasi, Qo’yqirildiqal’a tevaragidan xilma -hilligi bilan ajralib turuvchi ossuriylar , Qal’aliqirdan esa sopoldan yasalgan turli xildagi ossuariylar yumoloq qopqog’iga qush tasviri tushurilgani guvohi bo’lamiz. Beruniyning ma’lumot berishiga qaraganda ushbu davrda yig’ilgan jamoalar umumiy marosim taomlarini pishirganliklari , odamlar to’planishi uchun maxsus uylarning bo’lganligi , bu uydagi o’choqlarda doimiy olov yonib turgani aytilgan. Ma’lumki zardushtiylik dinida olov muqaddas hisoblanib yaqin vaqtlargacha Tojikistoning ayrim tog’li hududlarida otashxonalar saqlangan, o’zbek xaqli orasida to’y va boshqa ayrim marosimlarida gulxan yoqish an’anasi bo’lib ,bu esa olovning ins –jinsalardan saqlashi , turmushida baxt va muvaffaqiyatlarga olib keladi deb anglaganlar7.
Zardushtiylikka e’tiqod qiluvchilar juda ko’p diniy marosimlar irm-sirimlarni bajarishga va bularga esa kohinlar boshchilik qilganlar . Marosimlarning ko’pligi kohinlarni moddiy jihatdan muhtojlikni bilmay yashashlariga imkon yaratgan . Kohinlarning jamiyatdagi mavqei juda yuqori bo’lib , ular alohida tabaqani tashkil etlgan . Shuning uchun ham kohinlik otadan bolaga meros bo’lib o’tgan. Zardushtiylik dini Sharq, xususan , O’rta Osiyo va Eron xalqlarining yuksak taffakur mahsuli bo’lib , u faqat diniy aqidalarga va axloq meyorlari majmui bo’libgina qolmay, balki real hayot ,

ilmga asoslangan dunyoqarash , ijtimoiy hayotning turli sohalarini o’z ichiga oluvchi keng qamrovli murakkab bir ta’limotdir.


Uzoq tarixiy davr davomida turli –tuman diniy tassavurlar ta’sirida bo’lib kelgan o’zbeklar VIII asr boshlarida arablar bosqini tufayli asta-sekin islom dininga o’ta boshlaydilar. Yangi din mahalliy elatlar orasida tarqalishi bir necha asrga cho’zilgan qadimgi . Islom dini mahalliy xususiyatlarini hisobga olgan holda xalq orasida keng tarqalgan qadimgi ko’xna diniy tassavurlar, urf odat va marosimlar, ibodat va g’oyalarni o’zida mujassamlashtira boshlagan. Natijada, Muhammad Payg’ambarning ta’limoti O’rta Osiyo sharoitida biroz qurama (sinkretik) xarakterda namoyon bo’la boshladi.
Yaqin o’tmishda islom dini inson hayoti faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan : uning dunyoqarashini , maishiy va ma’daniy turmushini ,xuquqiy va oilaviy tartibotlarini, butun turmush tarzini , shu bilan birga unda qadimiy diniy e’tiqod va tasavvurlarning ko’p elementlari mujassamlashgan mahalliy islomning o’ziga xos xususiyatlarini yuzaga ketirgan. Xatto , musulmonchilikning beshta asosiy (farz)ni ado etishga o’zbeklar orasida o’ziga xoslik paydo bo’lgan. Islom dinida asosiy ikki bayram juda ham qadrlanib ulardan biri Ramazon bayrami hisoblanib bir oy muddat (ramazon oyi) ichida go’dak norasidalar , sayyoxlar va kasallardan tashqari , har bir musulmon tong otishidan kun botishigacha yeyish, ichish, turli maishat va hokazolardan o’zini tiyishi va butun vujudini Olloxga bag’ishlashri shart bo’lib ro’za tugagach , katta hayit sayllari o’tkazilgan ,xususan, Ramazon oyi davomida Turkuston o’lkasi va xonliklarda kechki bozorlar ishlab , sayillar o’tkazilgan , unda sozandalar aksiyabozlar, raqqoslar tomoshalar ko’rsatgan, turli shirinliklar va taomlar pishirilib tannavul qilingan . Ko’p oilalar eng kamida oyda bir marotaba qavmu qarindoshlar , yoru birodarlar va keksa qo’shnilarini chaqirib iftorliklar berilgan bo’lib bu marosimlar ham hozirgi kunda ham ro’za oyi davomida o’tkazilib kelinmoqda8. Ikkinchi yirik diniy bayram Qurbon hayiti ham zo’r tantanalar bilan shavval oyida uch kun davomida nishonlanadi. Bu haytda kambag’allarga sadaqalar berilgan , Quron va hadislar o’qilgan , odatda Olloh nomiga qurbonliklar qilinib , so’yilgan narsalarning go’shti kambag’allarga va qisman bayram tomoshalarga ishlatilib jamoaga tarqatilgan. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida har ikki hayit kunlari ham dam olish kuni deb e’lon qilinib , katta bayramlar o’tkazilmoqda9.
Necha asrlar davomida o’zbek xalqining barcha jabhalariga chuqur ildiz otib rivojlanib kelgan islom dini ,xususan, turli bosqinchiliklar davomida ham o’z ahamiyatini saqlab qoldi va hozirgi davrda ham kishilarning xatti – harakati, xulq-atvori ,milliy- ma’naviyat va an’anaviy turmush tarzini mustahkamlashda xuddi shu islom dinining o’rni katta .Ammo, katta siyosat davlat ishlarida zamonaviy xalqoro munosabatlarni samarali boshqarishda umuminsoniy, dunyoviy qonunlarga rioya qilinishi davt talabi bo’lib shuning uchun ham Konstitutsiyamizning 31- moddasida ,, Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi . Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik xuquqiga ega . Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi’’10 deb yozilishi juda o’rinli va zamonaviy ruhdagi qoidadir.


1 Жабборов И ,,Ўзбеклар ,, Тошкент, Шарк’’ ,2008 й 158-б.

2 Токарев С. А ,, Религия в истории народов мира’’ М 1986 й 27-28 б

3 Жабборов И. Ўзбек халқи этнографияси Тошкент ,, Ўқитувчи‘’ 1994 й 227-б

4 Токерев С. А,, ‘’Ранние формы религии ‘’ М 1990 й 51-б

5 Жабборов И ,,Ўзбеклар ,, Шарк, нашриёти Тошкент-2008 160-б

6Жабборов И. ,, Буюук Хоразмшохлар давлати’’ Тошкент ,,Шарқ’’ 1999 63-б

7 Жабборов И. Ўзбек лар :турмуш тарзи ва маданияти‘ T ,,Ўқитувчи'’ 2003 125-б

8 Жабборов И. ,,Ўзбек халқи этнографияси ‘’Тошкент ,, Ўқитувчи‘’ 1994 246-б



9 Жабборов И. ,, Ўзбеклар :турмуш тарзи ва маданияти‘’ Tошкент ,,Ўқитувчи'' 2003 130-б

10 Ўзбекистон республикасининг конституцияси Тошкент ,, ЎЗБЕКИСТОН’’ 2019 VII боб 13-б

Yüklə 25,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin