3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja



Yüklə 185,82 Kb.
səhifə8/35
tarix19.10.2023
ölçüsü185,82 Kb.
#157345
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja-hozir

Har qanday predmet miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan sintezidir
.
Uning borlig‘i ob’ektga xos bo‘lgan muhim xossalarni saqlashni nazarda tutadi.
Olamning ko‘p sifatliligi uning elementlari nisbatan barqarorligi va mustaqilligi
bilan ta’minlanadi. Ammo olam, shu jumladan har qanday predmet muttasil
o‘zgarishda bo‘ladi. Hech narsa boqiy emas. Butun borliq qachondir paydo bo‘lgan
va qachondir halok bo‘ladi. Dunyo o‘zgaradi va ayni zamonda o‘zligini saqlab
qoladi, o‘z-o‘ziga nisbatan ayniy bo‘ladi.
Me’yor-
predmet borlig‘ining chegarasi, me’yor predmet xossalari miqdor va sifat
o‘zgarishlarining xususiyati bilan belgilanadi.
Me’yor – bu miqdor va sifatning 
shunday bir birligiki, bunda muayyan sifat faqat muayyan miqdor bilan bog‘liq. 
Me’yor – bu miqdor ko‘rsatkichlari yoki o‘zgarishlarining tegishli sifat mavjud
bo‘lishi mumkin bo‘lgan muayyan oralig‘i hamdir. Me’yor – bu shunday bir
chegaraki, unda miqdor o‘zgarishlari narsaning sifatiga putur etkazmaydi. Gegel
fikricha, «Hamma narsa o‘z me’yoriga ega, ya’ni miqdor jihatidan aniqdir»
2
.
Masalan, vodorod peroksidi va suv bir-biridan molekulalardagi kislorod
atomlarining miqdoriga ko‘ra farq qiladi. Huquqiy, axloqiy va estetik hodisalar
tavsifida me’yor tushunchasi normativlik xususiyatini kasb etadi. «Aynan
«ko‘proq» va «kamroq» orqali engiltaklik me’yori buziladi va butunlay boshqa
narsa – jinoyat namoyon bo‘ladi, aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali adolat
haqsizlikka, fazilat nuqsonga o‘tadi»
3
. Masalan, huquqda qilmishning ijtimoiy
xavflilik darajasi va jazo chorasi o‘rtasidagi muvofiqlikka rioya etiladi. Me’yor
tushunchasida miqdor va sifat xossalarining o‘zaro aloqasi aks etadi. Tabiatda
2
Гегель Г.В. Энциклопедия философских наук. Соч. Т. 1. -М.: – С.145
3
Гегель Г.В. Наука логики. Т. 1. – М.: 1970. – С. 467.



kuzatiladigan narsalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi dunyo


evolyusiyasining muhim va keng tarqalgan mexanizmlaridan birini aks ettiradi.
Me’yor tushunchasi evolyusiya tendensiyalarini aniqlash, turli sistemalarning
o‘tmishi va kelajagi xususida gipotezalar tuzish imkonini beradi. Miqdor sifat
jihatidan bir jinsli hodisalarning muayyan ob’ektiv ko‘rsatkichi bo‘lib, u mazkur
hodisalarning kattaligini, mavjudlik muddatini va umuman hodisa yoki uning
ayrim tomonlari rivojlanishining faollik darajasini tavsiflaydi.
Shunday qilib, narsalar va hodisalar sifat va miqdor xususiyatlariga ega bo‘ladi.
Ammo narsalar va hodisalarning bu tomonlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud
emasdek, ularning biri ikkinchisiga bog‘liq emasdek bo‘lib tuyulishi mumkin.
Lekin amalda bunday emas. Miqdor va sifat o‘rtasida dialektik aloqa mavjud:
muayyan sifatni aks ettirmaydigan miqdor mavjud emas va shu bilan bir vaqtda
miqdorsiz sifat ham yo‘q. Mazkur sifatga qo‘shimcha tarzda doim qandaydir emas,
balki muayyan miqdor javob beradi. Biz, masalan, uzunligi Amudaryo ustida
qurilgan ko‘prikning uzunligiga teng bo‘lgan stolni ko‘rmaganmiz. Shuningdek
oyoqlarining uzunligi 5 m bo‘lgan odamni tasavvur qilish ham qiyin. Shunday
qilib, har qanday sifat falsafada me’yor deb ataladigan miqdor chegarasiga ega
bo‘ladi.. Miqdorning me’yor doirasida o‘zgarishi sifatning o‘zgarishiga sabab
bo‘lmaydi, lekin me’yordan oshganda narsa o‘zining avvalgi mohiyatini yo‘qotadi.
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining bunday o‘zaro ta’siriga ko‘p sonli faktlarni
keltirish mumkin. Masalan, jismning tezligi sekundiga 1000, 2000, 7910 metr
bo‘lsa, u erga yiqiladi. Agar jismning tezligi atigi bir birlikka oshirilsa va u
sekundiga 1911 metrga etkazilsa, jism Erdan ko‘tariladi va uning yo‘ldoshiga
aylanadi. Demak, miqdor o‘zgarishlari, agar ular me’yor doirasida yuz bersa,
sifatni butunlay o‘zgartirmaydi. Biroq, agar bu o‘zgarishlar me’yor chegarasidan
chetga chiqsa, o‘zining muayyan miqdori va o‘z me’yoriga ega bo‘lgan yangi sifat
vujudga keladi.
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qoida umumiy
ahamiyat kasb etadi. U atrof borliqning barcha narsalari va hodisalariga nisbatan
o‘rinli, ya’ni dialektika qonuni kuchiga ega. U quyidagicha ta’riflanadi: m
iqdor va 
sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni narsaning miqdor va sifat 
tomonlarining shunday bir o‘zaro aloqasini aks ettiradiki, uning ta’sirida miqdor 
o‘zgarishlari me’yor chegarasidan chetga chiqib, albatta tub sifat o‘zgarishlariga 
sabab bo‘ladi, bu sifat o‘zgarishlari esa, o‘z navbatida, yangi miqdor 
ko‘rsatkichlariga olib keladi. 
Bu qonunga muvofiq rivojlanish bir-biridan farq
qiladigan, lekin o‘zaro bog‘langan ikki bosqich – uzluksizlik va uzluklilikning
birligi sifatida yuz beradi. Rivojlanishda uzluksizlik – bu juda sust, ko‘zga
ko‘rinmas miqdor o‘zgarishlari bosqichi. Rivojlanishda uzluklilik sakrash deb
ataladi.

Yüklə 185,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin