3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Mazmun va shakl o‘rtasidagi dialektik o‘zaro aloqa quyidagi omillar bilan



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/35
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#174543
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja (1)

Mazmun va shakl o‘rtasidagi dialektik o‘zaro aloqa quyidagi omillar bilan 
belgilanadi.
1. Mazmun va shakl bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Amalda shaklsiz mazmun va 
mazmunsiz shakl hech qachon va hech qaerda mavjud emas. Shaklni mazmundan 
ajratishga, shakl mustaqil ahamiyatga ega ekanligini isbotlashga urinishlar 
formalizmga olib keladi.
2. Mazmun va shaklning birligida mazmun etakchilik qiladi. Mazmunning 
o‘zgarishi doim shaklning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Qandaydir tashqi kuch emas, 
balki aynan mazmun o‘zini shakllantiradi. Masalan, fanni rivojlantirish, yangi 
qonunlarni kashf etish, ob’ekiv haqiqatlarning tagiga etish mazkur yangi qonunlar 
mazmunini rasmiylashtiruvchi tegishli 
yangicha tasavvurlar, formulalar
nazariyalarni talab qiladi.
3. Mazmun va shaklning birligi mazmunga nisbatan shaklning nisbatan 
mustaqilligi, faolligini nazarda tutadi. Shaklning nisbatan mustaqilligi 
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
a) rivojlanishda shaklning mazmundan oqsashida. Mazmun hech qachon bir 
darajada turmaydi, u o‘zgaradi, shakl ham o‘zgarishsiz qolmaydi. Ammo mazmun 
bilan taqqoslaganda shakl barqarorroq, turg‘unroqdir. Bu hol shu bilan 
izohlanadiki, mazmun o‘z harakatiga ega bo‘ladi, shakl esa mazmun bilan 
belgilanadi. Mazmundan farqli o‘laroq, shakl hodisaning turg‘unroq tomoni 
sifatida amal qiladi. U muqarrar tarzda o‘z mazmunidan ortda qoladi; 
b) shaklning mazmunga aks ta’sirida. Bu ta’sir ikki yoqlama: shakl yo 
mazmunning o‘zgarishiga ko‘maklashadi, yo unga monelik qiladi. Albatta, agar 
shakl mazmunning o‘zgarishiga muvofiq bo‘lsa, u mazmun jadal sur’atlarda 
rivojlanishiga zamin yaratadi. Agar ularning o‘rtasida ziddiyat tug‘ilsa, mazmun 
lozim darajada rivojlana olmaydi, chunki unga eski shakl xalaqit beradi. Shu 
sababli ertami-kechmi ziddiyatni echish vaqti keladi. Yangi mazmunga muvofiq 
yangi shakl yaratiladi. Shunday qilib, mazmun va shakl o‘rtasidagi ziddiyat 
narsalar va hodisalarning o‘zgarish, ularning boshqa narsalar va hodisalarga 
aylanish sabablaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin