o‘ziga
xos xususiyatini, sifat jihatidan muayyanligini aniqlash vazifasi birinchi
o‘ringa chiqadi.
Sistemali yondashuv
sistemalarning sifat jihatidan o‘ziga xosligidan qat’iy nazar,
ular xulq-atvorining umumiy tamoyillari va qonunlarini aniqlashni nazarda tutadi
.
Ayni shu sababli sistemalar juda keng miqyosda qo‘llaniladi. Ammo har qanday
ob’ektni o‘rganishga nisbatan sistemali yondashuv doim ham samarali emas.
Biron-bir ro‘zg‘or buyumi (qoshiq
yoki choynak, yozuv daftari va sh.k.)ni
sistemali o‘rganishning hojati yo‘q. Ba’zan shunday bir «tadqiqotlar» uchraydiki,
ularda sistemalar nazariyasi atamalari ishlatilgan bo‘lsa-da, ularni yaratgan soxta
olimlar tavsiflanayotgan ob’ekt talqiniga biron-bir yangi narsa kiritmaydi. Hozirgi
zamon fanida
sistemali yondashuvning ikki yo‘li qo‘llaniladi
:
birinchisi-sistemalar
tushunchasini muayyan tarzda formallashtirish va ularning fan tilida
tavsiflanadigan umumiy belgilarini aniqlash; ikkinchisi-muayyan sistemalarning
tipologik tahlilidan foydalanish kabilardir
.
Dostları ilə paylaş: