3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Sistemalarning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/35
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#174543
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja (1)

Sistemalarning o‘ziga xos xususiyatlari
. Sistemalarning muhim umumiy 
xususiyatlari sistemali yondashuvning bir qancha tamoyillarini ta’riflash imkonini 
beradi.
Birinchi – yaxlitlik tamoyili. Har qanday sistema ko‘p sonli elementlardan tashkil 
topadi, lekin ularning yig‘indisiga bog‘liq emas

Ikkinchi tamoyil – sistemali tuzilishining ierarxiyaviyligi: sistemaning har bir 
elementi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, nisbatan mustaqil sistema sifatida 
qaraladi
. Ayni vaqtda o‘rganilayotgan sistema murakkabroq sistema tarkibiga 
uning elementlaridan biri sifatida kiradi.
Uchinchi tamoyil – sistemani tashkil etuvchi elementlar bir-biri bilan muayyan 
munosabatlarga kirishadi
. Ularning orasida eng muhimlari sistema tashkil etuvchi, 
sistemaning yaxlitligini ta’minlovchi elementlardir.
Sistemani o‘rganish strukturaviy va funksional yondashuvlardan foydalanishni 
nazarda tutadi.
Strukturaviy yondashuv sistemani uning tuzilishi va shakli nuqtai nazaridan 
o‘rganish imkonini beradi. 
Funksional yondashuv esa, sistemaning xulq-atvori va boshqa sistemalar bilan 
o‘zaro aloqalarini tadqiq etish uchun imkoniyat yaratadi.
Sistemalarning o‘zaro 
aloqasi kauzal, aniq belgilangan va statistik, ya’ni ehtimol tutilgan bo‘lishi 
mumkin. Sistemaning muhitdagi xulq-atvori aktiv va reaktiv bo‘lishi mumkin. 
Sistemaning aktiv xulq-atvori maqsadlar nuqtai nazaridan tavsiflanishi mumkin.
Sistemalarning tiplari.
Sistemalarning umumiy belgilari bilan bir qatorda, 
muayyan tiplari faqat o‘zigagina xos bo‘lgan tipologik belgilarga egadir. Masalan, 
belgilar sistemalarini o‘rganish bilan ilmiy bilimning alohida sohasi
-semiotika 
shug‘ullanadi
. U bizning til haqidagi, madaniyat turli tillarining o‘xshash jihatlari 
va farqlari haqidagi tasavvurlarimizni sezilarli darajada boyitadi.
Kibernetika 
boshqaruvchi sistemalar xulq-atvorini o‘rganadiki, bu oqilona 
asoslangan boshqaruv sistemalarini yaratish imkonini beradi. 
O‘yinlar nazariyasi
bizning 
konfliktlashayotgan 
sistemalar 
haqidagi 
tasavvurimizni 
ancha 
kengaytiradi
, sinergetika
esa o‘ta murakkab sistemalar xulq-atvorining 
qonuniyatlarini aniqlaydi. Shunday qilib, sistema, struktura va element 


kategoriyalari fan va falsafani yanada boyitib, muhim metodologik vazifani 
bajaradi.
Elementlari va strukturasining xususiyatiga ko‘ra sistemalarning har xil turlari 
farqlanadi. 
Ob’ektiv borliqda mavjud bo‘lgan moddiy sistemalarni va ob’ektiv 
borliqning inson ongidagi in’ikosi hisoblangan ideal sistemalarni farqlash ayniqsa 
keng tarqalgan. Elementlari va aloqalarining soniga ko‘ra sodda va murakkab 
sistemalar farqlanadi


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin