3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/35
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#174543
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja (1)

Imkoniyatlarning turlari
. Sifat jihatidan imkoniyatlar formal va real, abstrakt va 
muayyan imkoniyatlar farqlanadi. 
Real imkoniyat
imkoniyatni voqelikka 
aylantirishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar mavjudligini anglatadi

Rivojlanishning tasodifiy omillari mahsuli yoki
amalga oshish ehtimoli past, 
aniqroq aytganda nolga yaqin bo‘lgan imkoniyat formal hisoblanadi. 
Bunday 
imkoniyatga tabiiy va ijtimoiy rivojlanish qonunlari yo‘l qo‘yadi. Shu ma’noda u 
tabiiy va ijtimoiy borliq qonunlariga mutlaqo zid bo‘lgan imkonsizlikdan butunlay 
farq qiladi; ob’ektiv dunyo qonunlariga zid bo‘lgan narsa imkonsizlik hisoblanadi. 
Masalan, rasman har bir fuqaro deputat, millioner yoki ko‘p bolali bo‘lishi 
mumkin. O‘z-o‘zidan ravshanki, aksariyat fuqarolar uchun bu imkoniyat voqelikka 
aylanmasligi ham mumkin. Masalan, boqiy dvigatel yasash mumkin emas; 
insonning umrboqiyligi mumkin emas va sh.k. Amalga oshishi uchun barcha zarur 
sharoitlar vujudga kelgan real imkoniyat amalga oshirishning oliy darajasiga ega 


bo‘ladi. Masalan, insonning kosmosga uchish imkoniyati bir paytlar formal 
bo‘lgan, endilikda u real tus oldi. Imkoniyatning miqdoriy tavsifi aniqroq bo‘ladi.
Agar imkonsizlikni «0» bilan, voqelikni esa «1» bilan ifodalasak, «0» dan «1» 
gacha bo‘lgan oraliq qiymatlarning barchasi imkoniyat darajasini tavsiflaydi. 
Ehtimollikning shartli o‘qi atrofida imkoniyatning butun doirasini ko‘rsatish 
mumkin.
Abstrakt va muayyan imkoniyat o‘rtasidagi
farq – bu mohiyat va mavjudlik 
o‘rtasidagi, shuningdek predmetning ideal obrazi va uning inson ongiga bog‘liq 
bo‘lmagan ob’ektiv xususiyatlari o‘rtasidagi farqdir. 
Masalan, nikohga kirayotgan 
yoshlar bir-biri haqida, oila va umuman nikoh haqida ancha yuzaki tasavvurga ega 
bo‘lishi mumkin. Ular oila-nikoh munosabatlarining ideallashtirilgan manzarasini 
o‘z bo‘lg‘usi nikohiga ko‘p jihatdan tatbiq etadi. Vaholanki, bu manzara mazkur 
munosabatlar mohiyatiga umuman olganda mos kelsa-da, lekin ularning butun 
boyligi va murakkabligi haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. 
Nikohga kirgach, yoshlar imkoniyatini o‘zlari oldindan ko‘ra bilmagan muayyan 
voqelik bilan to‘qnash keladi. Yosh oiladagi kelishmovchiliklar sababi – nikohning 
mohiyati va uning mavjudligi o‘rtasidagi, abstrakt imkoniyat («ular qo‘sha 
qaridilar va uvali-juvali bo‘ldilar») va aksariyat jihatlarini yoshlar hatto xayollariga 
ham keltirmagan muayyan imkoniyat o‘rtasidagi ziddiyatdir. Ayrim falsafiy 
adabiyotlarda muayyan va real imkoniyat bilan formal va abstrakt imkoniyat 
tenglashtiriladi. Bu holda real imkoniyat uni ro‘yobga chiqarish uchun shart-
sharoit mavjudligi bilan, formal yoki abstrakt imkoniyat esa – ayni paytda 
imkoniyatni voqelikka aylantirish uchun shart-sharoit mavjud emasligi bilan 
belgilanadi.
Murakkab sistemalar uchun, odatda, rivojlanishning bir necha muqobil yo‘llari 
mavjud bo‘ladi. Ayni bir muhitda har xil strukturalar vujudga kelishi, rivojlanish 
jarayoni ko‘p variantli tarzda amalga oshishi, buning natijasida rivojlanishda 
kutilmagan burilishlar yuz berishi mumkin. Shu bois prognoz va taxminlar 
ishonchsiz yoki yanglish bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, mazkur muhitda 
evolyusiyaning har qanday turi emas, balki yo‘llarning muayyan doirasigina 
mavjud bo‘lishi mumkin. Muqobil imkoniyatlar o‘rtasidagi miqdoriy nisbat 
matematik jihatdan ehtimol tutilgan ayrim voqea yuz berishining ehtimollik 
darajasi sifatida ifodalanishi mumkin. Inson o‘z faoliyatida real imkoniyatlarni 
hisobga oladi va ularni voqelikka aylantirish uchun zamin hozirlaydi.
Bu kategoriyalar borliqning shakllanish jarayoniga urg‘u beradi. Ma’lumki, yo‘q 
narsadan biron-bir yangilik vujudga kelmaydi, u faqat eski narsaning muayyan 
xossalari, jihatlari negizida vujudga kelishi mumkin. Yangi narsaning borlig‘i 
uning potensial holatida imkoniyat hisoblanadi. Imkoniyatning etuklik darajasi 
imkonsizlikdan voqelikkacha bo‘lgan doirada o‘zgarishi mumkin. Bu jihatdan 
imkoniyatni tavsiflashni uning sifat va miqdor me’yorlarini hisobga olib amalga 
oshirish mumkin.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin