Butun va qism tushunchalari qadimgi yunon falsafasidayoq ma’lum bo‘lgan.
Butunni o‘rganishga nisbatan yondashuvlarni belgilashda yuzaga kelgan
ziddiyatlarni echish qiyinchilik tug‘dirgan. Ma’lumki, Dekart o‘zining metod
haqidagi mulohazalarida har qanday predmetni o‘rganishni bilish vazifasini echish
uchun bu predmetni necha qismga ajratish kerak bo‘lsa, shuncha qismga
ajratishdan boshlashni tavsiya etadi. Demak, butun - qismlar yig‘indisi deyish ham
mumkin. Ammo bu fikr faqat qisman to‘g‘ri, chunki butun o‘zini tashkil etuvchi
qismlarning oddiy yig‘indisi bilan izohlanishi mumkin emas. Masalan, qurilish
materiallari bir uyumga to‘kilsa, bino paydo bo‘lmaydi. Qarama-qarshi yondashuv
butunning ustunligini tan olishni nazarda tutadi. Bu holda butunni bilish qismlarni
bilishdan oldin keladi. Ammo butunning o‘ziga xosligi uni tashkil etuvchi
qismlardan kelib chiqmaganidek, qismning xossalari
ham butundan kelib
chiqmaydi. Natijada qoniqarli echimini topish mushkul bo‘lgan yaxlitlik
antinomiyalari yuzaga keldi, chunki qarama-qarshi fikrlarning har birini
amaliyotdan olingan misol bilan isbotlash va xuddi shuningdek, amaliyotdan
olingan misol bilan rad etish mumkin. Masalan, butun qismlarning yig‘indisidir,
degan qoidaga butun o‘zini tashkil etuvchi qismlar yig‘indisidan ko‘proqdir, degan
qarshi qoida zid keladi. Qismlar butundan oldin paydo bo‘ladi, degan fikrga butun
o‘zining qismlaridan oldinroq paydo bo‘ladi, chunki ularga yangi xossalar baxsh
etadi, degan fikr zid keladi. Mazkur antinomiyalar
bilish metodologiyasida ham
bilishning qarama-qarshi mo‘ljallarida o‘z ifodasini topadi: butunni bilish uning
qismlarini bilish orqali amalga oshiriladi, bunga qarshi qoida esa shunday
yangraydi: qismlar butunni qismlarga ajratish mahsuli sifatida faqat butun haqidagi
bilimga muvofiq anglanishi mumkin. Bu esa butun va qismning yaxlitlik orqali
ifodasida namoyon bo‘ladi. Yaxlitlik jumboqlariga quyidagi hodisa misol bo‘ladi:
har bir atom yadrosining og‘irligi uning tarkibiy qismlari og‘irligining
yig‘indisidan kamroqdir. «Massa nuqsoni» deb ataladigan bu hodisa massa va
energiyaning ekvivalentligi bilan izohlanadi. Bu hodisani yaxlitlik jumboqlari
nuqtai nazaridan qanday tushuntirish mumkin? Mazkur ziddiyatlarni echish butun
va qismning aloqasi haqidagi qarama-qarshi tasavvurlar
birligini tan olishni
nazarda tutadi. Darhaqiqat, qism butunga bog‘liq bo‘ladi, u butundan yangi
xossalar oladi. Butun ham qismlarga, biroq ko‘proq darajada – ular o‘rtasidagi
aloqaning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Butunning uch tipi ma’lum:
a
) mexanik butun (qum, tosh uyumi, chunki ularning qismlari butunga kiradi va
undan deyarli o‘zgarmasdan chiqadi);
b) uyushgan butun, agar qismlarning ko‘rinishi o‘zgarsa;
v) organik butun, agar qismlar o‘z-o‘zidan rivojlansa (tirik organizmlar).
Qismlar o‘rtasidagi aloqaning xususiyati butunning sifat jihatidan aniqligini, uning
yaxlitligini belgilaydi.
Yaxlitlik qismlarning shunday bir aloqasiki, unda butun
qismlarining birligi ta’minlanadi, buning natijasida butun tizimlilik, uyushqoqlik
xususiyatini kasb etadi.
Qismlar aloqasining tipi yaxlitlik tipini belgilaydi.
Aloqaning strukturaviy (tuzilishning bog‘lanishlari), funksional (predmetning
faoliyat usulini tavsiflovchi), genetik tiplari yaxlitlikning tegishli tiplarini tashkil
etadi. Yaxlitlikning quyidagi turlari farqlanadi:
Mexanik yaxlitlikda qismning butunga kamroq bog‘liqligi va butunning qismga
sezilarli darajada bog‘liqligi kuzatiladi
. Masalan, avtomobil g‘ildiragi
yoki ruli
uning harakatlanishini ta’minlovchi qismlardir, lekin ular o‘z sifatida avtomobildan
qat’iy nazar mavjud bo‘lishi mumkin.
Noorganik yaxlitlikda
qismlarning butunga bog‘liqligi ortadi, butunning qismga
bog‘liqligi esa kamayadi.
Qismlarning barqaror aloqasi har bir elementga o‘z
xossalarini saqlash va nisbatan o‘zgarmas bo‘lib qolish imkonini beradi. Masalan,
elektron atom tarkibida ham, undan tashqarida ham (harakatlanayotgan
elektronlarning izchil oqimi sifatida) deyarli o‘zgarishsiz qoladi.
Organik yaxlitlikda
organik dunyoda nafaqat qismlarning o‘zaro mosligiga, balki
ularning subordinatsiyasiga ham duch kelish mumkin
. Organik tizimlarning
qismlari butundan tashqarida mavjud bo‘lmaydi. Tanadan uzilgan qo‘l faqat
nomigagina qo‘l sanalishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi.
Yaxlitlik tiplari va turlarining tasnifi butunning tabiatini bilish nafaqat uni tashkil
etuvchi qismlarni, balki qismlar o‘rtasidagi aloqalar xususiyatini ham bilish orqali
amalga oshirilishini ko‘rsatadi.
Demak
butun – narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda
joylashuvi va o‘zaro bog‘langan yagonalikning ifodasi. Qism – butun tarkibiga
kiradigan, uning tarkibidagina o‘z vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladigan
alohidalik
. Masalan, yaxlit bir butun sifatidagi H
2
O molekulalarining qismlari –
vodorodning ikki atomi va kislorodning bir atomi. Butun o‘z qismlarining oddiy
yig‘indisidan iborat emas. Ma’lumki, vodorod yonadi, kislorod yonishni
quvvatlaydi, lekin suv, albatta, yonishga to‘sqinlik qiladi.
Dialektika butun va qismga ularning dialektik birligi nuqtai nazaridan yondashadi.
Butun hosil bo‘lganda qismlar xossalarining yig‘indisidan iborat bo‘lmagan yangi
sifat
vujudga keladi; shunga qaramay u qismlar – ularning miqdori va o‘zaro
aloqaning muayyan tipi bilan belgilanadi. Shu sababli dialektika butunni bilish
faqat xossalar, qismlar haqida bilim mavjud bo‘lgan taqdirda samarali bo‘lishi
mumkin va aksincha, qismlarni o‘rganish butunga doir oldingi bilimga tayanishi
lozim, deb hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: