ijodkorligida esa-tana xarakatlarini o’zgartirish mumkin,bir xil musiqaga har hil
xarakatlar o’ylab korish mumkin .
O’yin ijodida–obrazni yoki syujetni jami ifoda vositasi bilan ko’rsata olishi:
mimika, obrazni har hil nuqtai nazarda tushunishi(kayfiyatda, holatda, vaqtda,
xayotiy holatlarda), musiqiylikda esa - turli holatlarda ishlash qobiliyati,
musiqa
va musiqasiz tovushlar yordamida obrazlarni ko’rsata olishi( melodik, ritmik,
templar, tembrlar, dinamik, ladlarda) musiqani idrok etishda ijod mezonlarini
qo’llash mumkin.
Tezlik, musiqa asarlarini idrok etish orqali obrazlarni koplab namoyish etish,
musiqaning xarakterini aniqlash malakalarini tushunish mumkin. Egiluvchanlik esa
– obrazlar va ta’riflarning
turli-tumanligi, barcha sohada munosabatlarini
shakllanganligi. Originallik, bolalarnini ijodkorligini taqqoslash orqali va standart
topshiriqlardan qochgan holda ko’rishimiz mumkin(takrorlangan javoblardan
tanlab olish).
Misol uchun, bolalar tomonidan musiqani aniqlovchi bir necha tariflarni ko’rib
chiqamiz: mayus, yig’lovchi,
kul rang, yomg'irli, minorli, qotib qolgan, eskiroq,
achchiq, oynalik. Yuqorida berilgan kreativ (mezonli)komponentlarni ko’rib
chiqamiz.
“Tezlik” mezoni bo’yicha 10 ballimiz mavjud(etarli javoblarni sanab chiqilgan).
“Egiluvchanlik” mezonida, mazmunli guruhlar sonini sanab chiqamiz (semantic
qator), unda belgilar umumlashadi.
So’zlar “mayus”, “yig’lovchi” so’zlar– inson kayfiyati kategoriyasiga kiradi,
“kul rang” -ranglar kategoriyasiga kiradi,
“yomg’irli”- ob xavo kategoriyasiga,
“minorli”–lad kategoriyasiga,
“sekin, qotib qolgan”–sur’at(temp) kategoriyasiga,
“eski”–vaqt kategoriyasiga,
“achchiq”–ta’m, “oynalik” – material(qurilish)kategoriyalariga kiradi.
Shunbday qilib,10 ta’rif 8-ta tematik qatorda namoyish etildi.
“Egiluvchanlik” shakalasi bo’yicha biz 8 balni olamiz (bu baland daraja).
“Originallik” mezoni bo’icha boshqa bolalar javoblari xam zarurdir. Takrorlangan
javoblarni chiqarib yuborib, original javoblar sonini olamiz.
Umumiy javoblardan
o’ziga xos javoblar foizini sanab chiqish mumkin.
Keyinchalik esa, turli musiqiy faoliyatda bola sifatlarini shakllantirish metodi
va asosiy yonalishda to’xtab o’tishimiz mumkin, chiziqning murakkabligi va ijodiy
vazifalarini, namunaviy tizimini taqdim etamiz.
Shunday qilib, xar qanday faoliyat o’zining yagona ta’lim berish metodikasidan,
bolalar ijodkorligini shakllantirishning yagona metodikasini talab etadi. Ijodiy
topshiriqlarni bajarish
jarayoniyoda bolada ijodkorlik, kreativlik(mezonlik),yani
shaxs sifatlari shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: