3-mavzu. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining o‘ziga xosligi Reja



Yüklə 77,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix13.12.2023
ölçüsü77,52 Kb.
#176036
  1   2   3   4
Lecture - 3 (2)



3-mavzu. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni 
rivojlanishining o‘ziga xosligi 
Reja: 
 
1. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining 
o‘ziga xosligi 
2.Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining 
asosiy kriteriyalari 
Taynch iboralari: 
Sahna faoliyati, ijodkorlik, aktyorlik qobiliyati, dramatizatsiya, kostyumlar,
rol, rejissyor, teatrlashtirilgan o’yin, obraz, bolalar teatri, tezlik kriteriysi, 
egiluvchanlik kriteriysi. 
1.
 
Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni 
rivojlanishining o‘ziga xosligi 
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda erkinlik, ichki harakatlari, 
refleksatsiya, nutq tafakkuri protsessining tasavvur bilan bog’liqligi o’rnatiladi, 
ya’ni tasavvur etishning yangi funktsional tizimi yaratiladi. Pedagog
sahnalashtirish faoliyati orqali bolada shaxsiy uslub, talablar, qiziqishlar, motivlar, 
haqiqiy obrazlarni ko’ra olishi, kombinatorlik qobiliyati, an’analar, ya’ni atrof 
muhit va ijod na`munalarini namoyish etadilar. Tarbiyachi sahna faoliyatida 
bolani boshdan o’tkazgan kechinmalarni o’ylashi emas, balki kechinmalarni 
taasurotlar orqali ijodiy qayta ishlashini, ularni kombinatsiyalashi, qiziqishi va 
savollarga javob beruvchi yangi voqeylikni tuzishi darkor. Teatrlashtirilgan 
o’yinni ijodiy faoliyat sifatida qarasak, bola fikrining kombinatsion faoliyati 
ko’rgazmali chiqib, xayotdan olgan o’yin elementlarining o’ziga tegishli obrazini 
va yangi ijodiy obraz tuzilishini yaratadi. Sahna asarida personajlarning aniq faol 


xarakatlari, badiy syujetlarda ichki emotsionnal mazmunga boyligi bolalarni 
diqqat-e’tiborini jalb qiladi. 
Bolalar ijodi bu ijodiy faoliyatning boshlang’ich shakli, keyinchalik esa 
undan san’at kelib chiqadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ertaklar, xikoyalar 
tinglash va suhbat qurish orqali paydo bo’lgan fikr ijodiy faoliyatga o’tishini
bildiradi. Yosh davrda bola xarakatdan fikrlashga o’tadi, tarbiyalanuvchida 
fikrdan g’oyaga o’tish qobiliyati o’sadi, o’zining fikrini mujassamlashtiradi. 
Teatrlashtirilgan o’yinda paydo bo’lgan goya tasavvuriy ijodini rivojlantiradi. 
Yangi obraz yaratilishi, o’tilgan tajribani qayta yangilashi, undan foydalanishi, 
bolada dramatik obraz yaratilishida mustaqil taasurotlar kombinatsiyasi paydo 
bo’ladi. Qarama-qarshiliklarni buzilishi va tug’ilishi teatrlashtirilgan o’yinlarda
paydo bo’ladi, ular tasavvurni rivojlanishini ta’minlaydi: bolaning qayg’urish 
impulsatsiyasi, dinamizm va uning tushunchalari o’zgaradi, ijodiy maxsulotda 
obrazlarni ifodalaydi. Teatrlashtirilgan o’yinlarda ijodiy tasavvur asosini uchta 
guruh ko’rsatqichda olish mumkin: 
- ijodga bo’lgan munosabati, faoliyat maxsulotiga qiziqishi va motivatsion-ehtiyoj 
komponentini mavjudligi; 
- tasavvurda kombinatsion va strukturali komponentlar mavjudligi; 
- bolalar maxsulotining sifati.
Teatrlashtirilgan faoliyatda bolaning tasavvur ijodini rivojlantirish darajasi 
baholaydi, har hil turdagi tayanch faoliyatdan foydalanishi (ko’rgazmali, so’z 
orqali) va kattalar yordamida (emotsional, noverbal, verbal, tashkillovchi, 
yo’naltiruvchi va o’rgatuvchi) topshiriqlarni bajara oladilar.
Russ olimi Ye.A.Medvedev o’zining tadqiqiotlarida teatrlashtirilgan o’yin odob-
ahloqning besh modelini ajratgan: 
1.
Ijodiy tasavvurni vujudga kelish modeli. Ijodiy xarakat usullariga ega bo’lishi, 
tasavvurni maqsadli yo’nalgani aks etadi, o’yin xolati bir butun obrazli ko’rinishda 
rivojlanadi. Teatrlashtirilgan o’yinlarda g’oyani predmet va rol munosabatlari 
yordamoda mustaqil topshirishga imkoniyati yaratiladi, ichki pozitsiya ifodalanadi, 


original tasavvur obrazlari tashqi ifoda va topshiriqlar bajarish vositasida
mustaqil o’rganiladi, kombinatsoin malakalari shakllanadi.
2.
Elementar –ijod o’ziga xos fazilatlarni o’z ichiga qamrab oladi. Mavjud fazilatlar 
yordamida bola tasavvuri xarakteriga imkon beradi.Bolaning belgilangan voqeaga
shartli kirishishi va to’liqligicha ko’rsata olishi, unda ijodiy faoliyatning 
motivatsion- talablar komponenti etarlicha ekanligini bildiradi.
3.
Reproduktiv-taasurotlar tasavvuri. Butun voqeadagi syujetni yetarlicha (adekvat) 
qabul qilishi bolaning ijodiy faoliytga qiziqishini oshiradi. O’yin xarakati va
bolalar o’ynash texnikasini yetarlicha egallamaganligi sababli, obrazning tashqi 
ko’rinishini namoyish etishda qiyinlashadi.Teatrlashtirilgan o’yin jarayonida obraz 
va syujet mazmunini ijro etish chog’ida, bola o’zining detallarini xam namoyon 
etadi.Tayyor syujetni ijro etishning uddasidan chiqadi.
4.
Reproduktiv-tasavvurning mavjudligi. Bolada ijodiy faoliyatga qiziqishining 
sustligi, namoyish etiladigan obrazlarni yetarlicha rivojlanmaganligini, tasavvur 
qobiliyatini shakllanmaganligini ko’rsata oladi. Bolalar esda qolgan mavjud matn 
bilan chegaralanib qolmoqdalar, personaj obrazlari ifoda vositalaridan mustaqil 
izlanadilar.
5.Qismlarni(parchalarni) ko’rsatib berish. Teatrlashtirilgan o’yinlarda berilgan 
syujetlarning kompozitsiyasini ko’rsatib berish qiyinchiliklari, tasavvurlarini paydo 
bo'lishi bilan bog’liq. 
Ijodiy o’yinlarda bolalarning tevarak-atrofdan olgan tasurotlari aks ettiriladi. 
Ijodiy o’yin bolalarning mustaqil o’yini bo’lib, o’yinning mazmunini ular o’zlari 
o’ylab topadilar. Bu o’yinda bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashqilotchilik va 
ijodqorlik qobiliyatlari to’laligicha namoyon bo’ladi. Ammo o’yinda hayotiy 
taassurotlar aynan aks ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab chiqiladi. Bu 
bolalarning o’yin g’oyasini yaratishlarida, uning mazmunini to’zib, tasvirlovchi 
vositalarni tanlashlarida va shunga o’xshashlarda namoyon bo’ladi.


Syujetli-rolli o’yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o’yin 
turlaridir. 
Syujetli-rolli o’yin o’z xususiyatiga ko’ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-
atorfdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o’yin mazmuniga 
manba bo’lib xizmat qiladi.
Bolalarning tevarak-atorfdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar faoliyatidan 
olgan taassurotlari ijodiy o’yinda qayta ishlanadi, to’ldiriladi, sifat jihatidan 
o’zgartiriladi. Bolalarning bunday o’yinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning 
amaliy shaklidir.
Bolalar o’yinining o’ziga xos tomoni unda tasvirlovchi vaziyatlarning 
mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga o’yin jarayonida yuklangan rol va 
o’yin syujetidan tashkil topadi va har xil buyumlardan foydalanishni ham o’z 
ichiga oladi.
O’yinning syujeti – bir-biriga hayotiy aloqador bo’lgan qator voqea – 
hodisalar yig’indisidir. 
Rol syujetli-rolli o’yinning asosiy zanjiri hisoblanadi. O’yin bolada 
qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, 
unda yaxshi kayfiyat uyg’otadi, bola organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi.
Bola o’ynayotganda har xil harakatlar qiladi: yuguradi, sakraydi, tor joydan, 
ingichka taxta ustidan o’tadi, engashdi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hakozo. 
syujetli-rolli 
o’yinlar
sahnalashtirilgan 
o’yinlar
qurilish-yasashga 
doir o’yinlar 

Yüklə 77,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin