3-mavzu: sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi. Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari



Yüklə 50,84 Kb.
səhifə10/13
tarix27.03.2023
ölçüsü50,84 Kb.
#90466
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
3-mavzu psixalogiya

Idrok turlari.
Ranglarni idrok qilish.
Fazoni va harakatni idrok qilish .
Vaqtni idrok qilish.
Predmetli yaqqol obrazlarni yaratish. Idrok ham ixtiyorsiz va ixtiyoriy boʻlishi mumkin. Muayyan bir obektni oldindan maqsad qilib olmasdan va maxsus tanlanmasdan, kuch sarf etmasdan idrok qilish jarayoni ixtiyorsiz idrok deb ataladi. Bunday idrok jarayonlari diqqatimizni beixtiyor oʻziga jalb qilayotgan obektlarning taʼsiri bilan qoʻzgʻaladi; masalan, biz o‘zoqdan kelayotgan poezd ovozini beixtiyor eshitamiz, tunda qirda yonayotgan alangani o‘zoqdan beixtiyor koʻramiz. Oʻzining yorugʻligi, rang-barangligi, harakati, xushohangligi, bilan ajralib turadigan narsa yoki hodisalar, odatda, beixtiyor idrok qilinadi, shuningdek, ayni vaqtda bironta ehtiyoj va manfaatimizga javob beradigan, shaxsiy tajriba va bilimlarimizga eng koʻp darajada muvofiq keladigan va biz uchun gʻoyat katta ahamiyati boʻlgan obektlar ham beixtiyor idrok qilinadi. Ixtiyorsiz idrok tetik, bardam vaqtimizda bizda toʻxtovsiz boʻlib turadigan jarayondir.
Oldin belgilangan maqsadga qarab muayyan bir obektni idrok qilishni ixtiyoriy idrok deb ataladi. Badiiy bir rasmni koʻrish, dokladni eʼtibor bilan eshitish, yozma ishlardagi imlo xatolarini chizib oʻtish, koʻpchilik orasida oʻzimiz qidirgan bir shaxsni topib ajratish ixtiyoriy idrokka misol boʻla oladi. Ixtiyoriy idrok ixtiyorsiz idrokdan ayrilgan holda boʻladigan jarayon emas. Ixtiyorsiz idrok ixtiyoriy idrok uchun «fon» boʻlib xizmat qiladi.
Fazoni idrok qilish deganda narsalarning fazodagi shakllarini, ularning fazodagi katta-kichikligini va oʻzaro munosabatlarini koʻzda tutiladi. Maʼlumki, fazodagi shakllariga qarab, uch burchakli, toʻrt burchakli, kub, va shu kabi shakldagi narsalar ajratiladi.Fazoni biz bir koʻzimiz bilan ham koʻrib, yaʼni monokulyar, ikki koʻzimiz bilan ham koʻrib, yaʼni binokulyar idrok qilamiz. Monokulyar idrok quyidagicha voqe boʻladi. Biz koʻz bilan qaraganimizda, biz shu narsadan aks etgan nurlar koʻz gavharida sinib, koʻzning toʻr pardasi (setchatka)da shu narsaning aks etgan surati fotoapparatdagiga oʻxshab, toʻnkarilib, teskari tushadi. Ammo bunga qaramasdan, biz narsani haqiqiy holatida, haqiqiy shakli va katta-kichikligida koʻramiz, idrok qilamiz Narsaning chetlaridagi nuqtalaridan aks etgan nurlar koʻz gavharida bir-birini kesib oʻtadi va ularning kesilish joyida koʻrish burchagi hosil boʻladi. Bu burchakning katta-kichikligi idrok qilinayotgan narsaning katta-kichikligiga hamda uning koʻzdan qanchalik o‘zoq-yaqin turganiga bogʻliq boʻladi. Fazoni (monokulyar koʻrish yoʻli bilan) bir koʻz bilan yetarli darajada aniq va mukammal koʻrib boʻlmaydi. Obektiv dunyo hodisalarini aks ettiradigan idrok, tassavur, fikr va hokazolardan iborat boʻlgan bizdagi subektiv, psixik hodisalar vaqt davomida paydo boʻladi, oʻzgarib va almashib turadi. Harakatni idrok qilish ayni zamonda ham fazoni, ham vaqtni idrok qilish demakdir. Masalan, yurayotgan mashinani koʻrib turar ekanmiz, biz ayni vaqtda uning bizga nisbatan joyini ham va biror nuqtaga nisbatan masofasi oʻzgargan (yaqinlashgan yoki o‘zoqlashgan) vaqtini ham idrok qilamiz. Idrok qilinayotgan harakatning tezligi shu narsa harakatining obektiv (haqiqiy) tezligiga hamisha teng baravar boʻlavermaydi. Ayni bir xildagi harakat tezligi, vaziyatga qarab, har xil idrok qilinishi mumkin: goho ildamroq, goho sekinlashgandek koʻrinadi. Tanamizga bevosita tegib turgan narsalarning harakatini biz teri sezgisi, muskul va koʻruv organlari vositasi bilan idrok qilamiz.
Harakatni koʻz bilan koʻrib idrok etish ikki xil usul bilan: birinchidan, harakatda boʻlgan narsaga koʻzni o‘zmasdan qaraganda uning surati koʻz toʻr pardasida hosil boʻladi, ikkinchidan, koʻzimizni harakatda boʻlgan narsa tomon yuritish, harakatini ko‘zatib borish bilan voqe boʻladi. Odatda, harakat ana shu ikkala usul bilan bir yoʻla idrok qilinadi.

Yüklə 50,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin