3-Mavzu: Sharq matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida reja



Yüklə 330,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix02.01.2022
ölçüsü330,32 Kb.
#40720
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2- МАВЗУ



3-Mavzu: Sharq matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning 

rivojlanishi haqida 

reja 

3.Muxammad  ibn  Muso-al  Xorazmiy,  Umar  Xayyom,  Nasriddin    Tusiy,  Jamshid 

qiyosiddin  al-Koshiy,    Ulug‘bek  asarlarida    arifmetikaning  rivojlanishi    haqida  

dastlabki ma’lumotlar. 

4.  Psixologik  –  pedagogik  adabiyotlarda    maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  

matematik tasavvurlarni rivojlantirish masalalari.  

5.Y.I.Tixieva,  F.N.Blexer,    maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  matematika  

elementlariga o‘rgatish to‘g‘risida. 

O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 y) uzluksiz 

ta’limni bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash 

sifatiga  qo‘yiladigan  talablarni  yanada  oshirdi.  YAna  shunga  bog‘liq  holda 

Respublikadagi  pedagogika  oliy  o‘quv  yurtlaridagi  ta’lim  —  tarbiya  jarayonini 

takomillashtirish  masalasi  dolzarb  masalaga  aylandi.  Maktabgacha  tarbiya 

mutaxassislarini  tayyorlash  tizimida  «Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  elementar 

matematik  tasavvurlarni  shakllantirish  asoslari  va  metodikasi»  kursi  muhim  o‘rin 

tutadi.  So‘nggi  yillarda  mamlakatimizda  bolalar  bog‘chasida  matematika  o‘qitish 

butun  sistemasida  o‘z  ko‘lami  va  ahamiyati  jihatidan  nihoyatda  katta  bo‘lgan 

o‘zgartirishlar amalga oshirildi. Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan 

bog‘chada  matematik  ta’lim  berish  mazmunining  tubdan  o‘zgarishiga  olib  keldi. 

Bog‘cha  bolalariga  matematikadan  samarali  ta’lim  berish  bo‘lajak  tarbiyachi 

maktabgacha  yoshdagi  bolalar  uchun  ishlab  chiqilgan  «Maktabgacha  yoshdagi 

bolalarda  matematik  tasavvurlarni  shakllantirish»  kursini  o‘qish  metodikasini 

egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i lozim.  

 

MTM  sida  matematik  ta’lim  berish  metodikaning    predmeti  quyidagilardan 

iborat:  

1.  Matematika  o‘qitishda  ko‘zda  tutilgan  maqsadlarni  asoslash  (nima  uchun 

matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?).  

2.  MTM  da  matematika  o‘qitish  mazmunini  ilmiy  ishlab  chiqish  (nimani 

o‘rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va 

madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‘ladi.  

3. Matematika bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish 

kerak?),  ya’ni  bolalar  hozirgi  kunda  zarur  bo‘lgan  bilimlarni,  malakalarni, 

ko‘nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo‘lishlari uchun 

o‘quv  ishlari  metodikasi  qanday  bo‘lishi  kerak?  Matematik  bilimlarni  egallash 

jarayonida  bolalar  shaxsining  garmonik  rivojlanishi  va  shakllanishini  amalga 

oshirish uchun qanday o‘qitish kerak?  

4.  Matematik  bilim  berish  vositalarini  —  darsliklar,  didaktik  materiallar, 

ko‘rsatma qo‘llanmalar va texnik vositalarni ishlab, (nima yordamida o‘qitish).  

5.  Ta’limni  tashkil  qilishni  ilmiy  ishlab  chiqish  (darsni  va  ta’limning 

mashg‘ulotdan tashqari formalarini qanday o‘tkazish kerak?) 

Bolalarga real olamdagi yuz beradigan eng sodda hodisalardagi miqdoriy 

nisbatlarni tushunishga va olamdagi fazoviy formalarni (joylashishlarini); natural 




son,  geometrik  figura,  miqdor  va  boshqa  tushunchalar  abstrakt  ammo  ular  real 

borliqdagi predmetlarga xos bo‘lgan bog‘lanish va munosabatlarni aks ettiradigan 

hajmda bilimlar berish, Bu bilimlar fazovoy tasavvurlarni rivojlantirishga mantiqiy 

fikrlay bilishga yordam berishi kerak. Matematikani o‘rgatish bolalarda o‘z ona 

tilida  xatosiz  so‘zlashga,  o‘z  fikrini  aniq  va  ravon  qilib  bayon  eta  bilishga 

o‘rgatishda  yordam  berishi kerak.  Matematikani  bayon  etishda  sergaplikka  yo‘l 

qo‘yish  mumkin  emas,  bunda  har  bir  so‘zni  o‘z  o‘rnida  ishlata  bilish  ayniqsa 

muhimdir.  




Yüklə 330,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin