A. M. LEUSHINA
A.M.Leushina o‘zining butun hayotiy faoliyati davomida maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarga sanoqni o‘rgatish masalalari bo‘yicha ish olib bordi,
Leushinaning pedagogik ishlari: Bolalarni bog‘chada sanashga o‘rgatishga
tayyorlash temasi 1959-1961 yillardan boshlab bosilib chiqdi. «Bolalar bog‘chasida
sanoq mashg‘uloti» 1963 yilda bosilib chikdi. Juda ko‘p maqolalari «Doshkolnaya
vospitaniya» jurnalida bosilib chiqardi. Pedagogika institutlari uchun «Maktabgacha
tarbiya yoshdagi bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish»
kitobi bosilib chiqdi. Leushina tomonidan 1962-63 yillardagi dasturda ham ishlab
chiqarilgan. Leushina bolalarning elementar matematik tasavvurlarini o‘stirish
bo‘limining avtori hisoblanadi. Leushina o‘zining keyingi 20-30 yillik faoliyatida
bolalarni sanoqqa o‘rgatish masalalari bo‘yicha ish olib bordi. U bolalarning
matematik tasavvurlarni o‘stirish bo‘yicha ish olib borayotgan pedagoglar va shu
kafedra olimlariga rahbarlik qildi. A.M.Leushina ishlarining asosiy tanqidi bularni
o‘zining metodida isbotlaydi. Bundan 30-40 yil oldin psixolog va pedagoglarimiz
elementar matematikaning vaqt, tevarak-atrof, shakl bo‘limlari ustida ishlash
imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu albatta juda ham kech edi. 1969-70 yillardagi
programmaga birinchi bo‘lib matematik tasavvurlarning boshqa bo‘limlari ya’ni
vaqt, tevarak atrof, kattalik, shakl bo‘limlari kiritildi. A.M.Leushina sanoq bo‘limi
bo‘yicha ikkinchi kichik gruppadan boshlab haftada 1 marta maktabga tayyorlov
gruppada, haftasiga 2 marta maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazishni taklif qildi. Uning
taklifiga binoan bunday mashg‘ulotlar 1970 yildan boshlab o‘tila boshladi. Uning
xizmatlari evaziga pedagogika institutlari va pedagogika bilim yurtlarida
matematika kurslari uzaytirilgan. U oxirgi 20-30 yillar davomida bolalarni sanoqqa
o‘rgatish masalasi bo‘yicha ish olib borgani uchun matematika tasavvurlarining
boshqa masalalari bo‘yicha ish olib borolmaydi. Lekin shunta qaramay 1968 yilda
bolalar bog‘chasi tarbiya programmasining sanoq bo‘limi u tomonidan ishlab
chiqildi. A.M.Leushinaning 1963 yilda chiqqan «Bolalar bog‘chasida saioq bo‘yicha
mashg‘ulotlar» asari bolalar bog‘chasining o‘zida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari
qo‘lyozma bo‘yicha yozilgandir. A.M.Leushina bolalarni son-sanoqqa o‘rgatishni
ilmiy metodga asoslab yangidan tuzdi. Sanoqqa o‘rgatish aqliy vazifalar asosida
tuzildi. Bosqichma-bosqich o‘rgatildi. Ko‘pliklar bilan tanishtirish, sonlar bilan
tanishtirish, miqdor son, tartib son, sonlarni birliklardan iborat tarkibiy miqdori bilan
tanishtirish, 5 ni 2 kichik songa ajratiщ, kichik sondan 5 sonini hosil qilishga
o‘rgatish, sonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tushunish arifmetik masalalar echish,
ikki to‘plamni taqqoslash, ular o‘rtasidagi tenglik va notenglikni aniqlashga
o‘rgatish. A.M.Leushinaning xizmatlari yana shundaki, u analizator yordamida
sanashga o‘rgatishning xilma-xil mashqlarini ishlab chiqdi
50-90 yillarda O‘zbekistondagi MTMlari elementar matematik tasavvurlarni
shakllantirish metodikasi asoslari rivojlanishi bo‘yicha ko‘pgina pedagoglar ish olib
bordilar. Jumladan: Bikbaeva H.U. 1973 yildan boshlab, Rossiyalik pedagoglar,
Leushina A.M., Stolyar A.A., Metlina L. S larning ishlar ko‘rib chiqib, ularning
hammasi bizning O‘zbekiston bolalar bog‘chalariga tug‘ri kelmasligini isbotlaydi
yangi dastur yaratdi. Metodistlar Qosimova X.I., Ibroximova Z.I lar bilan birgalikda
1995 yili «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni,
shakllantirish» mavzusida O‘rta va Oliy pedagogika bilim yurtlari uchun o‘quv
qo‘llanma tayyorlandi. Bikbaeva N.U. Qosimova X.I. bilan birgalikda
«Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni
shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi bo‘yicha dastur, Respublikadagi
pedagogika Oliy o‘quv yurtlari uchun tayyorlandi. Bolalar bog‘chalar nnnng turli
yosh guruhlari uchun qo‘llanma tayyorlangan.
Bolalarga matematikadan ta’lim berish va maktabgacha ta’limdagi o‘quv-tarbiya
jarayonini
Buning uchun pedagog (tarbiyachi), bola haqidagi muhim ma’lumotlarga,
ya’ni uning ijodiy faoliyatiga tayyorgarligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi
muhimdir. Faoliyat jarayonida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va faoliyatning so‘nggi
natijalari haqida bilish katta ahamiyatga egadir. SHuning uchun matematik
tushunchalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi axborotning uch shaklini shartli
ravishda ajratish mumkin: dastlabki, joriy va so‘nggi. Axborotning ahamiyati
shundaki, u oldinda turdagi ishning maqsadini yoki bolaning aniq vazifalarini
bajarishga tayyorgarligini to‘g‘ri aniqlashga imkoniyat yaratadi. Pedagogikada
dastlabki axborotning quyidagi turlari mavjud:
- shaxs xususiyatlari;
- aqliy qobiliyatlar, talab, qiziqish;
- bilim va bilish darajasi.
Ushbu ma’lumotlar bolaning masalani ijodiy bajarishga tayyorligini
aniqlashda muhimdir. SHuning uchun bunday faoliyatni tashkil qilishda
quyidagilarni bilish kerak:
a) bilim darajasi, ya’ni bolaning ijodiy faoliyati qanday tushunchalarga asoslanib
bajariladi;
b) ijodiy ishlashning qanday shakllanganligi;
d) bolalarda uchraydigan o‘ziga xos qiyinchiliklar;
e) bolaning shaxsiy xususiyatlari.
Bilim jarayonining holatini ta’riflaydigan axborot ham katta ahamiyatga egadir.
SHuning uchun pedagog (tarbiyachi) e’tibori bolaning maqsadga qarab
harakatlanishini ta’riflaydigan joriy axborot ko‘rsatkichlariga qaratilishi kerak.
N.F.Talizin joriy axborotni quyidagi turlarga bo‘ladi:
- o‘rganuvchi tomonidan dasturlangan faoliyat bajarilayaptimi;
- bajarilishi to‘g‘rimi;
- faoliyat shakli o‘zlashtirishning ushbu bosqichiga mos keladimi;
- umumiylashtirish, o‘zlashtirish, bajarish tezligiga asoslanib faoliyat
shakllanmoqdami.
Har bir aniq holatda joriy axborotning mazmuni bolaga, topshirilgan dasturga
bog‘liq bo‘ladi. Joriy axborotning ijodiy ishlashdagi o‘ziga xos ko‘rsatkichlari
quyidagilar:
a) bolaning vazifani bajarish qobiliyati (maqsadga muvofiqlik, to‘g‘rilik, tezlik);
b) ish jarayonida paydo bo‘layotgan qiyinchiliklar va ularning kelib chiqish
sabablari;
d) masalani o‘zlashtirish uslubini tanlashda bolaning mustaqilligi;
e) bolaning o‘zini-o‘zi nazorat qilishi.
Har bir ijodiy ish tugab bo‘lganidan keyin olingan axborot muhim o‘rin
egallaydi. Ushbu axborot ijodiy ishning borishiga baho berishda va ob’ektiv tahlil
qilishda muhim ahamiyatga egadir, chunki olingan natijalar ishning boshida
qo‘yilgan maqsadga erishish qay darajada yordam berishini hamda
faoliyat bosqichlarining ketma-ketligi qay darajada to‘g‘ri va maqsadga
muvofiqligini aniqlashga imkon beradi.
So‘nggi axborotning muhim ko‘rsatkichlari boshqarishning keyingi turkumiga ta’sir
ko‘rsatadi:
a) erishilgan bilim darajasi (to‘liqlik, umumiylik, tezkorlik);
b) bilim va ko‘nikmalarning egallanganlik darajasi;
d) bilim va bilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar;
e) vazifaning bajarilishida ijodning aniqlanishi (javobning mantiqiyligi, ajoyibligi).
Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishda bolaga alohida yaqindan
yondashish ahamiyatga egadir. Tarbiyachi guruh bilan ko‘pincha frontal ish olib
boradi. Ushbu frontal ish yutuqlar bilan birga, kamchiliklarga ham egadir.
Bolalarning faoliyati uchun bir xil sharoit
yaratilganligi va vazifani
bajarish imkoniyatlari bolalarda har xil
bo‘lganligi
sababli
materialning
o‘zlashtirilishi ham har xil bo‘ladi. Frontal
yondashish bolalarning axborot xazinasini
to‘liq e’tiborga olishga imkoniyat bermaydi,
chunki ular turli bilim qiziqishlariga,
qobiliyatlariga
va
layoqatlariga
ega.
Mashg‘ulot jarayonida yakka yondashishni amalga oshirishning vositalaridan biri
— bu har bir bolaning shaxsiy xususiyatlariga qarab ta’lim berishdir, ya’ni ta’lim
berishni individuallashtirishdir. Ta’lim berish psixologik- pedagogik adabiyotda
o‘quv jarayonining shunday tashkili tushuniladiki, ta’lim- tarbiya berish uslub va
vositalarining tanlanishida bolaning shaxsiy psixologik xususiyatlari nazarda
tutiladi. Ta’limni individuallashtirish bilim va ko‘nikmalarning har bir bola
tomonidan ongli, mustahkam o‘zlashtirilishini ta’minlashga, uning aqliy kuchi va
bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga, bilimni mustaqil topa bilishini
shakllantirishga hamda bu bilimni turli amaliy va o‘rgatuvchi masalalarni echishda
ijodiy ishlata bilishni o‘rgatishga
qaratilgan.
Psixologik-pedagogik
adabiyotlarda
ta’kidlanadiki,
fikriy
uslublarning
muhimlaridan biri — bu oldindan aytib
berish. Har qanday masalani (turmushda,
ishlab chiqarishda, o‘qishda) echishda
inson tahlil, sintez, shu vaqtdagi holatni
umumiylashtirish asosida harakatlarning
borishini oldindan ko‘rishga doim harakat
qiladi va keyingi faoliyatini tartibga solib to‘g‘rilaydi, uning
natijalarini oldindan ko‘radi. SHuning uchun oldindan ko‘ra bilishni shakllantirish,
natijalarni oldindan ko‘rish bolalarning matematik tushunchalarini
rivojlantirishning asosiy qismi hisoblanadi.
Masalani echish yo‘lini topish uchun oldindan aytib berishning tahlil, sintez,
umumiylashtirish va bir qator uslubiy tavsiyalar bilan birligi bolalarga katta yordam
beradi. Oldindan aytib berish — echimini topishning muhim qismi bo‘lib, fikrlashni
shakllantiruvchi kuchli vositadir.
Tushuncha—bu predmetlar va hodisalarni ba’zi bir muhitni alomatlariga ko‘ra
farqlash yoki umumiylashtirish natijasidir. Masalan, son, miqdor, kesma, to‘g‘ri
chiziq va hokazo. Alomat (belgi) esa predmet yoki hodisalarning bir- biriga
o‘xshashligi, tengligi yoki farqlanishini bildiruvchi xossadir.
Predmetlar deganda ob’ektlar nazarda tutiladi. Odatda, ob’ektlar ma’lum
muhim va muhim bo‘lmagan xossalarga ega. Muhim xossa faqat shu ob’ektga
tegishli va bu xossasiz ob’ekt mavjud bo‘la olmaydigan xossalarga aytiladi .
Ob’ektning mavjudligiga ta’sir qilmaydigan xossalar muhim bo‘lmagan xossalar
hisoblanadi. Ob’ekt nimani anglatishini bilish uchun uning xossalari mavjud bo‘lsa,
u holda bu ob’ekt haqida tushuncha mavjud deyiladi.
Tushuncha nomlanadi, shuningdek, mazmun va hajmga ega bo‘ladi.
Ob’ektning barcha muhim xossalari birgalikda tushunchaning mazmunini tashkil
etadi. Bir xil muhim xossalarga ega bo‘lgan ob’ektlar to‘plami tushuncha hajmini
tashkil etadi. Demak, tushuncha hajmi bitta tushuncha bilan nomlanishi mumkin
bo‘lgan ob’ektlar to‘plami ham ekan. Matematik tushunchalar o‘z navbatida
insoniyat to‘plagan katta tajribani umumlashtirish natijasida yuzaga keladi va
moddiy dunyoning tub mohiyatini aks ettiradi, lekin real ob’ektlarning ko‘pgina
xossalaridan ko‘z yumgan holda ularni ideallashtirish natijasida hosil
bo‘ladi. Matematik tushunchalarni shakllantirish maktabgacha yoshdagi bolalarni
matematikani o‘rgatishga tayyorlash maktabning zarur predmetlaridan biri sifatida
tan olingan. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va
metodikasining
bosh
masalasi
bolalarda
matematik
tushunchalarni
shakllantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bu o‘z navbatida
dunyoni chuqur bilish, fikrlashni rivojlanishini yangi metodlarini o‘rganish kabi
vazifalarni bajarish orqali echiladi.
Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning nazariy jihatlari
psixologik, pedagogik va boshqa fundamental fanlar asosida yaratiladi:
— ko‘rgazmali dasturli hujjatlar (bolalarda matematik tushunchalarni
shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar va hokazo);
— metodik adabiyotlar (maxsus jurnallarda chop etilgan maqolalar,
masalan, maktabgacha tarbiya to‘g‘risida o‘quv qo‘llanmalar, o‘yinlar va hokazo);
— jamoa va yakka tartibda ish olib borish, ilg‘or tajriba va olimlarning fikrlari.
Hozirgi kunda bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi ilmiy
asoslangan metodik tizimga ega. Ularning asosiy elementlari maqsad, mazmun,
metodlar, ishni tashkil etish shakl va usullari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular
orasidagi asosiy maqsad tasavvurni shakllantirishga
qaratiladi. Matematik tushunchalarni shakllantirish — inson ijodiy faoliyatining
butun maqsadli amalga oshiriladigan pedagogik jarayonidir. Uning maqsadi -
bolalarni faqat matematikani bilishdan emas, balki ularni hayotga tayyorlash,
o‘zlarining hayotdagi o‘rinlarini topa olishlariga yordam berishdan
iborat. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish fanining asosiy masalalari
quyidagilardan iborat:
— bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi nuqtai nazaridan
ikkinchi kichik, o‘rta, katta va maktabga
tayyorlov guruhlari uchun shartlar rejasini
asoslash;
— matematik tushunchalarni rivojlantirish
maktab
matematikasini
o‘rganishga
tayyorlashni rejalash;
— matematik tushunchalarning
rivojlantirish yo‘llari va shartlarini ishlab
chiqish;
— bolalarda matematik tushunchalarni
rivojlantirishni ta’minlovchi metodik
ko‘rsatmalar berish.
Gnedenko o‘z ishlarida matematik qobiliyatlarning ikki darajasini ajratib
ko‘rsatadi: “Oddiy o‘rta qobiliyat” (ushbu qobiliyat boshlang‘ich maktab kursini
o‘zlashtirish uchun zamin bo‘lgan) va “o‘rtadan yuqori bo‘lgan qobiliyat”, ya’ni
matematik bilimlarni osonlikcha egallashda masalalarning aql echimini
topishda namoyon bo‘ladigan qobiliyatdir.
Dostları ilə paylaş: |