3-Mavzu: Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi Reja Individ va shaxs tushunchasi



Yüklə 113,5 Kb.
səhifə3/6
tarix18.10.2022
ölçüsü113,5 Kb.
#65388
1   2   3   4   5   6
3-mavzu

Ijtimoiylashuv – inson tomonidan jamiyatda hayot kechirish imkonini beruvchi bilimlar, normalar va qadriyatlar tizimining o‟zlashtirilishi jarayoni. Ijtimoiylashuv – inson tomonidan kishilik madaniyatining, xususan milliy madaniyat an‟analarining o‟zlashtirib borilishi jarayoni sifatida ham talqin etilishi mumkin. Madaniy muhitga moslashish jarayoni sifatida ijtimoiylashuv insonning butun umri bo‟yi davom etadi, biroq bu jarayon bolaning ikki yoshdan olti yoshgacha bo‟lgan davrida boshlanadi. Mazkur davrda bola madaniy qadriyatlarni o‟rganish jarayonidan uzib qo‟yilsa, ijtimoiylashuv jarayoni to‟xtab qoladi. Insonning madaniy an‟analarni o‟zlashtirishi jarayoni uning individualligining shakllanishi bilan hamohangdir. Ijtimoiylashuvning ijtimoiy funksiyalari quyidagilar: 1) ijtimoiy-tarixiy jarayon subyektini Shakllantiradi; 2) madaniyat va sivilizasiya taraqqiyotida vorisiylikni ta‟minlaydi; 3) individni ijtimoiy muhitga moslashtirish orqali jamiyatning to‟qnashuvlarsiz taraqqiy etishiga zamin yaratadi2.
Shaxs rivojlanishida ijtimoiy munosabatlarning o‟rni muhim sanaladi. Ijtimoiy munosabatlar – odamlar o‟rtasida turli aloqalar bo‟lib, bunday munosabatlar ularning birgalikdagi moddiy va ma‟naviy faoliyati natijasida qaror topadi.

Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o‟rni


Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta‟siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta‟siri kuchli bo’ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o’rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta‟siri yuqoridir? Ular o’rtasidagi o’zaro munosabat qanday?
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa Shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta‟limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.

Yüklə 113,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin