Bolalarni kichik yoshdan boshlab rivojlantirish orqali kelajakda ularning o‘zligini to‘la namoyon etishiga mustahkam zamin yaratayapmiz. Zero, bu ezgu maqsadimiz yo‘lida sarflangan investitsiyalar ertaga bir necha barobar ortig‘i bilan qaytishiga shubha yo‘q», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Biz uchun bolalarimizning maʼnaviyati, bilimi, sogʻligi eng muhim masala. Shuning uchun davlat tomonidan maktabgacha taʼlimga katta eʼtibor berilyapti va bu hali boshlanishi. Sizlarning vazifangiz bolalarning koʻzidagi nurni ilgʻab olish, ularga yaxshi tarbiya berish, dedi Shavkat Mirziyoyev.
“Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi”
— Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya — biz uchun hayot-mamot masalasidir. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biror-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: |