3-mavzu. Talab va taklif tahlili asoslari talab, talab chizig‘i va ularga ta’sir qiluvchi omillar. Talab funksiyalari va talab qonuni



Yüklə 314,89 Kb.
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü314,89 Kb.
#163336
1   2   3
3-МАВЗУ. ТАЛАБ ВА ТАКЛИФ ТАҲЛИЛИ АСОСЛАРИ

2.3. Talab va taklif funksiyalari
Zamonaviy iqtisodiy nazariyaning aniqroq bo‘lishi, u o‘rganadigan iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini o‘rganish uchun matematik instrumentdan kengroq foydalanishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodchilar iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishda model tushunchasidan keng foydalanmoqdalar.
Model deganda, iqtisodiy jarayonning sxemasi, loyihasi, matematik formulalar bilan ifodalanishi tushuniladi. Bu yerda kengroq ishlatiladigan modellardan biri iqtisodiy-matematik modellardir. Iqtisodiy matematik modellar, iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini funksiya, tenglama, tengsizliklar orqali ifodalaydi.
Funksiya - bu matematik tushuncha bo‘lib, bog‘liq o‘zgaruvchi bilan erkin o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlikni ifodalaydi.
Agar funksiya bitta bog‘liq o‘zgaruvchi bilan, bitta erkin o‘zgaruvchi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalasa, unga bir o‘zgaruvchili funksiya deyiladi va u quyidagicha yoziladi:

Agar funksiyada erkin o‘zgaruvchilar soni -ta bo‘lsa, , u holda o‘zgaruvchili funksiyani olamiz:

Bir o‘zgaruvchili funksiyaga misol sifatida narxga bog‘liq bo‘lgan talab funksiyasini qarash mumkin:

bu yerda: - talab miqdori; - bir birlik mahsulot narxi.
Talab funksiyasi mahsulot narxi bo‘lganda, iste’molchi qancha maksimal miqdorda mahsulot sotib olishi mumkinligini ko‘rsatadi. Narx oshganda, talab miqdori kamayadi. Masalan, o‘quvchi daftariga bo‘lgan talab va daftar narxi o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagi jadvalda berilgan.

Bitta daftar narxi, so‘m ( )

10

20

30

Talab, (dona)

18

12

6

Bu jadvaldagi talab bilan narx o‘rtasidagi bog‘liqlik, teskari bog‘liqlikdir. Nima uchun deganda, narx (argument) o‘sishi bilan talab miqdori (funksiya qiymati) kamayib boradi.


Jadvaldagi bog‘liqlik grafik ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin (8-rasm):

8-rasm. Talab va narx o‘rtasidagi bog‘liqlik grafigi.


Jadvaldagi talab bilan narx o‘rtasidagi bog‘liqlik analitik, ya’ni funksiya shaklida berilganda u quyidagicha yoziladi:
,
yoki talab funksiyasiga teskari funksiya

ko‘rinishida yoziladi.
Ushbu funksiyalardagi va lardan biriga, uning jadvaldagi qiymatlarini qo‘ysak, mos holda ikkinchisining qiymatini aniqlaymiz. Umuman olganda, chiziqli bir o‘zgaruvchili talab funksiyasi quyidagicha yoziladi:

bu yerda va , va parametrlar statistik ma’lumotlar asosida hisoblanadi.
Chiziqli talab funksiyasining grafigi quyidagi tartibda aniqlanadi. Narx bo‘lganda, talab bo‘ladi . Narx ga teng bo‘lganda, talab bo‘ladi. Olingan qiymatlar grafikda ifodalanib, talab chizig‘i grafigini olamiz: talab funksiyasi chiziqli bo‘lgani uchun, narx noldan gacha o‘zgarganda, talab ning qiymati to‘g‘ri chizig‘i ustida yotadi (9-rasm).

9-rasm. Chiziqli talab grafigi.


Endi yuqorida keltirilgan talab funksiyasi grafigini chizamiz (10-rasm).

10-rasm. Talab funksiyasining grafigi.


bo‘lganda, talab qiymati ga teng (grafikda u nuqta bilan belgilangan). Tovar narxi ga teng bo‘lganda, talab miqdori ga teng bo‘ladi (grafikda bu nuqta).
nuqta bilan nuqtani tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq berilgan funksiya uchun talab chizig‘ini beradi.
Ko‘p o‘zgaruvchili talab funksiyasi, talab miqdorini unga ta’sir qiluvchi bir necha omillar asosida aniqlaydi.
Misol tariqasida non bozori modelini qanday aniqlanishini qaraymiz. Ma’lumki, nonga bo‘lgan talab, nonning narxi ga va iste’molchining daromadi ga bog‘liqdir va bu bog‘liqlik quyidagicha ifodalanadi.
. (1)
Bu holda ko‘p o‘zgaruvchili talab funksiyasi ikki o‘zgaruvchidan: non narxi va iste’molchi daromadi dan bog‘liq.
Non pishiruvchilar tomonidan taklif qilinadigan non miqdori nonning narxi dan va unning narxi ga bog‘liq, deb qaraylik. U holda taklif funksiyasi
, (2)
ko‘rinishda yoziladi.
Non bozoridagi nonga talab va taklifning bir-biriga teng bo‘lishi sharti
(3)
bo‘ladi. (1), (2) va (3) munosabatlar non bozori modelini beradi.
Misol. Nonga bo‘lgan ikki omilli talab funksiyasi berilgan:

Bu funksiya orqali berilgan non narxi va iste’molchi daromadida nonga talab qancha ekanligini aniqlash mumkin. Agar non narxi =20 so‘m, daromad 250 so‘m bo‘lsa, nonga talab
bo‘ladi.
Agar iste’molchi daromadi o‘zgarmas bo‘lib, =250 so‘mga teng bo‘lsa, u holda bir omilli nonga talab funksiyasini olamiz:
,
yoki non narxi bo‘lib, o‘zgarmas bo‘lsa, biz daromadga bog‘liq nonga talab funksiyasini olamiz.
.
Talabga narxdan boshqa barcha ta’sir qiluvchi omillarni hisobga oladigan bo‘lsak, ko‘p omilli talab funksiyasi quyidagicha yoziladi;

bu yerda - talab; - daromad; - iste’molchi didi; - kutish; - o‘rnini bosuvchi tovarlar narxi; - komplektga kiruvchi tovarlar narxi; - xaridorlar soni; - boshqa omillar.
Shunday qilib, ko‘p omilli talab funksiyasi yordamida, talab miqdorining unga ta’sir qiluvchi omillar (yoki bir qator omillar ta’siri o‘zgarmas bo‘lganda qolgan omillar) ta’siri bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatlarini tahlil qilish mumkin.
Talab qonuni bo‘yicha narxdan boshqa omillar ta’siri o‘zgarmaganda, narxning o‘sishi bilan talab miqdori kamayib boradi (ya’ni, o‘smaydi).
Bozor talabi chizig‘ini aniqlash uchun, birinchi navbatda statistik ma’lumotlar va iste’molchi didi hamda odatiga ko‘ra, alohida xaridorning talab funksiyasi aniqlandi va undan keyin ushbu individual talab chiziqlari gorizontal qo‘shiladi.
Bir o‘zgaruvchili taklif funksiyasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
,
bu yerda - tovarga bo‘lgan talab miqdori;
- bitta tovar narxi.
Taklif funksiyasi bir birlik tovar narxi bo‘lganda tovar sotuvchilar maksimal darajada qancha miqdorda tovar taklif qilishini ko‘rsatadi. Uning grafigi, talab funksiyasi grafigiday aniqlanadi.
Masalan, chiziqli taklif funksiyasi berilgan bo‘lsin:
,
bu taklif funksiyasi tovar narxiga bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlik musbatdir, ya’ni narx (argument) o‘sishi taklifning (funksiyaning) o‘sishiga olib keladi. Taklif funksiyasi o‘suvchidir. Taklif funksiyasi grafigi talab funksiyasi grafigi kabi aniqlanadi.
Taklifning taklif chizig‘i bo‘yicha o‘zgarishiga, taklif miqdorining o‘zgarishi deyiladi. Taklif miqdorining o‘zgarishi, ya’ni taklifning taklif chizig‘i bo‘yicha o‘zgarishi, faqat narx ta’siri ostida bo‘ladi. Narxdan boshqa taklifga ta’sir qiluvchi omillar taklif chizig‘ini unga pastga yoki chapga-yuqoriga siljitadi. Taklif chizig‘ining o‘zini o‘ngga yoki chapga siljishiga taklifning o‘zgarishi deyiladi.

“The demand curve tells us how much consumers are willing to buy for each price per unit that they must pay. It slopes downward because consumers are usually ready to buy more if the price is lower. For example, a lower price may encourage consumers who have already been buying the good to consume a larger quantity, and it may enable other consumers who previously might not have been able to afford the good to begin buying it”3.


Taklif miqdori narxdan tashqari boshqa omillarga ham bog‘liqdir:

  • Ishlab chiqarish texnologiyasi, (texnologiya darajasining o‘sishi, taklif chizig‘ini o‘ngga siljitadi, nima uchun deganda, yangi texnologiya ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va ishlab chiqaruvchi berilgan narxda ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi);

  • Resurslar narxi (resurslar narxi oshganda, ishlab chiqarish xarajatlari oshadi, natijada berilgan narxda ishlab chiqaruvchi kamroq mahsulot ishlab chiqarib, taklif qiladi, natijada taklif chizig‘i chapga siljiydi, resurslar narxi kamayganda, yuqoridagi holatning aksi bo‘ladi, ya’ni taklif oshadi, natijada taklif chizig‘i o‘ngga siljiydi);

  • Ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchilar soni oshganda (ishlab chiqaruvchilar soniningoshishi, umumiy taklif chizig‘ini o‘ngga siljitadi);

  • Soliqlar va dotatsiyalar (soliqning ortishi natijasida, taklif qilinadigan mahsulot miqdori kamayadi, shu sababli taklif chizig‘i chapga siljiydi; dotatsiya berilganda yuqoridagining aksi bo‘ladi, ya’ni taklif chizig‘i o‘ngga siljiydi).

Ko‘p omilli taklif funksiyasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

bu yerda - taklif miqdori; - tovar narxi; - texnologiya darajasi; - resurslar narxi; - soliq stavkasi; - dotatsiya miqdori; - ishlab chiqaruvchilar soni; - boshqa omillar. Taklif qonuniga ko‘ra, (narxdan boshqa omillarning ta’siri o‘zgarmasa narxning ( ) o‘sishi bilan, taklifning ( ) miqdori o‘sadi, taklif funksiyasi o‘suvchidir.


1Campbell R. McConnell. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.. –P.-35

2Campbell R. McConnell. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.. –P.-52

3Rubinfeld I., Daniel L. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc. –P.-18.

Yüklə 314,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin