3-Mavzu: Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning ilmiy metodik asoslari. Mashg’ulotnibg qisqacha naqsadi



Yüklə 209,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix14.02.2023
ölçüsü209,51 Kb.
#84258
1   2   3   4
3-Mavzu Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning ilmiy metodik as

Tajriba va kuzatish metodlari. 
Matematika obyektdagi narsalarning xossalari va ularning о‘zaro 
munosabatlarini belgilovchi metod kuzatish deyiladi.
Matematika о‘qitishning va matematika о‘qituvchisining vazifasi о‘quvchida 
mustaqil xulosalar chiqarishga intilish tuyg‘usini о‘yg‘otishdir. Misol. V–VI sinf 
о‘quvchilarga ega bо‘lgan nechta figurani kо‘rsatib, bu figuralar ichidan о‘q 
simmetriyasiga ega bо‘lgan geometrik figuralarni ajrating deb buyursak, 
о‘quvchilar barcha figuralarni kо‘rib chiqib quyidagicha xulosaga kelish mumkin. 
Figuralar ichida о‘zidagi biror о‘qqa nisbatan ikki qismga ajragan figuralar bо‘lsa, 
hamda ularni shu о‘q bо‘yicha buklaganda qismlari ustma – ust tushsa, bunday 
figuralar simmetrik figuralar deyiladi. Ammo boshqa figuralardan о‘zlarini teng 
ikkiga bо‘luvchi tо‘g‘ri chiziqlar bо‘lmasligi mumkin. U holda bunday figuralar 
nosimmetrik figuralar deyiladi. Biz bu figuralarni simmetrik va nosimmetrikligini 
kuzatish orqali ajratdik.
Matematik obyektdagi narsalarning xossalari va ular orasidagi miqdoriy 
munosabatlarni sun’iy ravishda bо‘laklar (qismlar) ga ajratish ѐki ularni 
birlashtirish tajriba metodi deyiladi.
Misol. О‘quvchilarga natural sonlarni tub kо‘paytuvchilarga ajratishni о‘rgatiladi. 
1=1 2=2x1 3=3x1 
О‘quvchilarda ixtiѐriy natural sonlarni misolda kо‘rsatiladigan keyin, tub 
kо‘paytuvchilarga ajratish jaraѐnida tajriba hosil bо‘ladi. Murakkab natural 
sonlarni ham tub kо‘paytuvchilarga ajratishini, ammo ularni kо‘paytuvchilari 
kamida uchta va undan ortiq bо‘lishini tajriba orqali tekshirib kо‘radilar. 
25=5x5x1 36=3x3x2x2x1 


Taqqoslash metodi. 
О‘rganilaѐtgan matematik obyektdagi narsalarning о‘xshash va farqli 
tomonlarini aniqlovchi metod taqqoslash metodi deyiladi.
Taqqoslash metodini matematika darslarida о‘rganaѐtgan tema materiallariga 
tatbiq qilishda quyidagicha prinsiplarga amal qiladilar:
1. Taqqoslanaѐtgan matematik tushunchalar bir jinsli bо‘lishi kerak.
2. Taqqoslash о‘rganilaѐtgan matemati obyektdagi narsalarning asosiy xossalariga 
nisbatan bо‘lishi kerak.
Misol. Uchburchak figura bilan tо‘rtburchak figurasi taqqoslanganda 
ularning о‘xshash tomonlari: uchlari, burchaklari, ularning о‘zaro farqli tomonlari.
A. Uchburchakda uchta uch va uchtadan tomon.
V. Tо‘rtburchaklar tо‘rtta uch va tо‘rtta tomondan iborat.
Bu misolda taqqoslashning ikkita prinsipi ham bajarildi, ya’ni uchburchak 
va tо‘rtburchak figuralari bir jinsli tushunchalar bо‘lib, ikkalasi 
ham kо‘pburchakni xususiy hollaridir, hamda taqqoslash metodi ikkala figuraning 
asosiy xossalariga nisbatan amalga oshiriladi. 

Yüklə 209,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin