3-mavzu: ta’lim samaradorligini oshirishga zamonaviy yondashuvlar (2 soat amaliy mashg‘ulot). Reja



Yüklə 28,44 Kb.
səhifə2/6
tarix08.04.2022
ölçüsü28,44 Kb.
#54993
1   2   3   4   5   6
3-mavzu matni

Birinchidan, o‘qitish usuli, o‘qish faoliyati usullari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishiga;

Ikkinchidan,maqsadlarga erishishda o‘qituvchi o‘quvchi hamkorligi o‘z aksini topishi shart ekanligiga;

Uchinchidan o‘quvchilarning yosh, individual psixologik xususiyatiga;

To‘rtinchidan, mavzularning izchilligi va tizimliligini hisobga olganlikka e’tibor beradi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan talablar pedagogik texnologiyaning interfaol usullarida o‘z aksini topgan.

Bular: “Aqliy Hujum”, “YAlpi fikriy Hujum”, “Qarorlar shajarasi”, “Zig-zag”, “6x6x6”, “Qora quti”, “Bilaman. Bilishni xoxlayman. Bilib oldim”, “Klaster”, “Shlyapa”, va xokozolar.

Ta’lim jarayoniga bu metodlarni qo‘llash:


  • o‘quvchining muayyan nazariy bilimlar puxta o‘zlashtirishga;

  • vaqtning tejalishiga;

  • har bir o‘quvchining faollikka undalishiga;

  • o‘quvchining erkin va mustaqil fikrlash layoqatini shakllanishiga;

  • o‘quvchida o‘zgalarning fikrini tinglay olish ko‘nikmasining hosil bo‘lishiga;

  • o‘quvchining o‘z fikrini himoya qila olishiga;

  • o‘quvchida bildirilgan fikrlarni umumlashtira olish ko‘nikmasini shakllanishiga

  • o‘quvchining qiziqishi (mativi) ortishiga;

  • o‘quvchining izlanuvchanlikka ijodkorlikka chorlashiga;

Shunday qilib ta’lim jarayoniga interfaol usullarni qo‘llashda o‘qituvchi ta’lim jarayonining boshqaruvchisi vazifasida bo‘lib, bunda boshqaruv maqsadi ta’limning ob’ekti va sub’ekti sifatida o‘quvchiga yo‘naltiriladi. Demak, pedagogik texnologiya ta’lim mazmuni usul, shakl va vositalar asosida yuzaga keladi. Ushbu jarayon kafolatlangan natijaga erishishga yo‘naltiriladi.

Mahorat-shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror sohasidagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning nazariy darajasidir. Mahorat – san’at, Mahorat izlanish, Mahorat – pedagogik texnologiyalarni qo‘llay bilish, mahorat - o‘qituvchining o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish va o‘z-o‘zini tarbiyalashdir.

Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo‘lib, bir tekisda bo‘lmay, biri yuqori,biri o‘rta quyi darajadan ibortdir. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi o‘z mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi.

Ibn Sino ta’lim jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim deb hisoblaydi: o‘qitishda oddiydan murakkabga qarab borish; bolaning qobiliyat va mayllarini e’tiborga olish; bolaga kuchi etadigan mashqlarni bajartirish; ta’limni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borilishi. Bolaga ta’lim va tarbiya berishi uchun saxovatli, dono, iymonli, axloqiy va aqliy tarbiya usullarini yaxshi biladigan, irodasi kuchli muallim va tarbiyachini tanlash zarur. Muallim sog‘lom, pok, halol, xushmuomala kishi bo‘lmog‘i lozim.

Pedagogik jarayonning mohiyati - o‘qituvchi hamda o‘quvchining birgalikdagi faoliyati mazmunida aks etadi, mazkur jarayonda pedagog o‘quvchiga yuzaga kelgan qiyinchliliklarni engishga yordam beradi. Pedagogik yordamning asosiy mohiyati pedagogik jarayonning tavsifi, uning ma’lum maqsadga yo‘naltirilganligi, shuningdek, shaxsni shakllantirish va tarbiyalash borasida hal etiladigan vazifalar bilan ifodalandi.




Yüklə 28,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin