3-Mavzu. Tana skeletining tuzilishi



Yüklə 40,5 Kb.
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü40,5 Kb.
#192731
1   2   3   4   5   6
3.Mavzu.docx

G‘alvirsimon suyak yuz suyaklari orasida markazda, burun bo‘shlig‘ining peshona suyagi o‘ymasida – tepada joylashgan. U gorizontal joylashgan g‘alvirsimon nafis plastinka bilan kalla suyagining tubini hosil qilishda qatnashadi. U uch qismdan iborat: gorizontal joylashgan g‘alvirsimon nafis plastinka, pastga yo‘nalgan perpendikulyar plastinka va uning ikki yonida joylashgan labirint - g‘ovakchalardir.
Bosh suyagining yuz qismi. Yuqori jag‘ bir muncha murakkab tuzilgan. U ko‘z kosasi, burun va og‘iz bo‘shliqlarini hosil qilishda ishtirok etadi va chaynov apparatlari ishida faol qatnashadi. Yuqori jag‘ning tanasi va to‘rtta o‘sig‘i bor: Tanasining ichida havo saqlanadigan turli xi shakldagi kavak bo‘lib, burun bo‘shlig‘iga teshik orqali ochilib turadi.
Tanglay suyagi bir juft bo‘lib, ko‘z kosasi, burun bo‘shlig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i va qanot-tanglay chuqurining hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Suyakning gorizontal plastinkasi orqa tomondan yuqori jag‘ suyagining tanglay o‘sig‘iga birlashib, qattiq tanglayni hosil qiladi. Gorizontal plastinka qarama qarshi tomondagi ana shu plastinka bilan birlashadi, burun qirrasining davomini vujudga keltiradi. Suyakning vertikal plastinkasi yuqori jag‘ suyagining burun yuzasiga tegib turadi va burun bo‘shlig‘ining yon devorini hosil qilishda qatnashadi. Tanglay suyagining uchta: piramidasimon, ko‘z va ponasimon o‘siqlari bor.
Burunning pastki chg‘anog‘i bir juft suyak hamda yupqa bukilgan plastinkadan iborat. Uning yuqori chegarasi burun bo‘shlig‘ining yonbosh devoriga yopishib turadi. Suyakning medial bo‘rtib turgan yuzasi burun bo‘shlig‘iga kirib, burinning o‘rta yo‘lini pastki yo‘lidan ajratib turadi.
Burun suyagi bir juft bo‘lib, burun qirrasini hosil qilib joylashadi. Burun suyaklarining yuqori qirralari tepa tomondan peshona suyagiga yopishib tursa, pastki qirralari burun tog‘ayi bilan tutashadi.
Ko‘z yosh suyagi bir juft bo‘lib, kalla suyaklarining orasida eng mo‘rti va yupqasidir. Bu suyak yuqori jag‘ suyagi peshona o‘sig‘ining orqa tomonida joylashib, ko‘z kosasining medial devorini hosil qilishda qatnashadi.

Yüklə 40,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin