3-mavzu. Taqdimot muxarrirlari va ularda ishlash. Reja



Yüklə 5,08 Mb.
səhifə3/4
tarix13.12.2023
ölçüsü5,08 Mb.
#176363
1   2   3   4
3 -mavzu

Slaydlarga matn kiritish

Yangi slayd yaratishda (agar yangi taqdimotni tanlamagan bo‘lsangiz) POWER POINT har bir slaydni namunaviy matn bilan to‘ldiradi. Bu matnlarni siz o‘zingizning matningiz bilan almashtirishingiz lozim.


Quyidagi rasmda siz o‘zgartirishingiz kerak bo‘lgan namunaviy matn ko‘rsatilgan:
O‘z matningizni kiritish uchun bu maydonlardan biri ustida sichqon sichqon tugmasini bosing. POWER POINT matnning kiritilishini ta’minlaydi. Keyin esa quyidagini bajaring:

Oxirida esa matnning kiritilganligiga amin bo‘lish uchun maydonning tashqaridagi istalgan joyida sichqon tugmasini bosing.
Siz matnga har xil formatlash elementlarini qo‘llashingiz mumkin. Sizda quyidagi imkoniyatlar mavjud:

  1. shrift yoki uning o‘lchamini o‘zgartirish;

  2. shriftning ustiga chizish yoki maxsus effekt qo‘llash;

  3. rangini o‘zgartirish;

  4. matnni tekislash;

  5. satrlar orasining intervalini o‘zgartirish.



Formatlashni qo‘llash


Kerakli matn ustiga kelib sichqon yordamida formatlash kerak bo‘lgan qismini ajrating. Bosh menyuning Format bo‘limini ochib, SHrift buyrug‘ini bering.
Maslahat: rang tanlaganda, agar sizga bu ranglar yoqmasa, Drugoy svet (Boshqa rang)ni bosing. YAngi paydo bo‘lgan muloqat oynasida oyna markazidagi olti burchakdagi kerakli rangni tanlang. Keyin OK tugmasini bosing.


Microsoft PowerPoint dasturida taqdimotga grafik ob’ektlar qo‘shish
Clip Art to‘plamidan rasm o‘rnatish

Agar sizning kompyuteringizda Clip Art Gallery rasmlar to‘plami mavjud bo‘lsa, siz quyidagi imkoniyatlarga egasiz. Clip Art to‘plamidan rasm qo‘ymoqchi bo‘lgan slaydga o‘ting. Bosh menyuning Vstavka (Joylash) menyusini ochib, Grafika (Clip Art) buyrug‘ini bering. Clip Art to‘plamidan tanlangan rasmni slaydga joylang:



Zamonaviy grafikali rasmlar slaydlarga juda ko‘p kerak bo‘ladi. Ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  1. boshqa dasturlar yordamida hosil qilingan grafik tasvirlar (masalan, rasm va chizmalar);

  1. Clip Art rasmlari;

  2. fotorasmlar.

POWER POINT ko‘p zamonaviy grafik tasvirlarni o‘zgartirishi mumkin.
Maslahat: rasmni slaydga qo‘yganingizdan so‘ng siz oddiy usul bilan uning o‘lchami va joyini o‘zgartirishingiz mumkin.



Yüklə 5,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin