3-mavzu: Xalqaro baholash dasturlari. Timss, pisa va boshqalar



Yüklə 47,37 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü47,37 Kb.
#166094
  1   2
ma\'ruza 3-mavzu


3-mavzu: Xalqaro baholash dasturlari. TIMSS, PISA va boshqalar
Reja:

  1. Xalqaro baholash dasturlari va ularning mazmuni.

  2. TIMSS va PISA baholash dasturlari

So'nggi yillarda yurtimizda yuz berayotgan keskin yangilanish va tub o'zgarishlar insoniyat hayotidagi barcha sohalarni globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlari nuqtai nazaridan yangicha qarashlar, tushunchalar va munosabatlar bilan qayta ko„zdan kechirishni taqazo etmoqda. Hozirgi kunda butun dunyo bo’ylab har bir sohada globallashuv va integratsiya jarayonlari o’z aksini ko’rsatmoqda. Shu qatorda ta'lim ham davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylandi va ushbu sohada ta'limni yangicha innovatsion g’oyalar asosida rivojlantirish bo'yicha islohotlar amalga oshirila boshlandi. Jamiyat va hayotda sodir bo'layotgan yangilanishlar ta'lim tizimiga ham yangicha innovatsion yondashuvni, ta'lim, fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiya jarayonlarini yanada tezlashtirishga zamin yaratadi, natijada yangicha innovatsiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish dolzarb masalalar qatoridan joy oldi. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda xorij tajribalarni o„rganish, tizimga xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish, mavjud tizim bilan qiyosiy, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, tizimda taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro loyihalarni joriy qilish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim sanaladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida» gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta‟lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarini tashkil etish chora tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarorida eng ustuvor vazifa qilib quyidagilar olindi: - xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o'qish; - PISA, PIRLS, baholash dasturi yo'nalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va o'quv dasturlariga integratsiya qilish. O„zbekiston Respublikasida xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan amaliy ishlar, ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to’g’risida hukumat qarorining qabul qilinishi ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo’lga qo’yilishi ta‟lim tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni davrga kelib globallashuv jarayoni jamiyatning barcha sohalarida avj olmoqda va o’z navbatida, fan va texnikaning rivojlanishiga, iqtisodiyotning yuqori darajada o’sishiga hamda ta’lim sohasidagi integrasiya jarayoning yanadachuqurlashishiga olib kelmoqda. Ta’limning sifati, uning kompetentligi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili sifatida raqobatga chidamli malakali mutaxassislarni tayyorlash globallashuv davrining muhim xususiyatlariga aylandi.Shuningdek, globallashuv jarayoni kelajak egalari sifatidayosh avlodni tayyorlashda dunyo mamlakatlarining maqsadlarini umumiylashishiga olib keldi. Dunyo davlatlari ta’limning jamiyat taraqqiyoti va inson rivojlanishidagi muhim o’rnini e’tiborga olib, ta’lim sifatiga e’tibor qaratdi. Ayni davrda ta’lim sohasida sifat tushunchasi global fenomen sifatida ko’rilmoqda.Yoshavlodning intelektual faolligini shakllantirish nafaqat muayyan bir mamlakat balki xalqaro hamjamiyat uchun ham muhim masalaga aylandi.Shuning uchun ta’lim sifati, ta’lim sifatini baholash kabi masalalar bilan ko’pgina xalqaro tashkilotlar davlatlarida ta’lim sohasida baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS, PIAAC, ICCS, SITES, IALS, ALL kabi xalqaro baholash dars turlari amaliyotga tatbiq etilgan.Zamonaviy globallashuv va o’sib borayotgan xalqaro raqobat sharoitida “Xar tamonlama rivojlanish konsepsiyasi” yosh avlodning bilim darajasiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasida yosh avlodni XXI asr bilim va ko’nikmalarini egallashlari uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida ta’lim sohasida tizimli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrda “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida O’zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro taqdiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi.Bunday markazning tashkil etilishi o’quvchilarning ta’limdagi yutuqlarni baholash va nazorat qilish imkonini beradi. Bundan ko’rinadiki, mamlakatimizda ta’lim sifatini baholashning yangicha tizimi shakllanmoqda.Hozirda zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda. Jumladan, 2018-yil 12-noyabrda Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o’rtasida Xalqaro talabalar bilimini baholash dasturi (programme for international student assessment (PISA) da ishtirok etish to’g’risida kelishuv imzolandi.O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida bunday xalqaro baholash tendensiyalariga amal qilish yosh avlodni intelektual faolligini oshirish, ularning ta’limdagi kompetentligini va kreativligini rivojlanishiga hissa qo’shadi. Yuqorida keltirilgan xalqaro baholash dasturlari tahsil oluvchilarning shu kabi qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bugungi kunda bu baholash dasturlarini ta’lim jaraoyoniga integratsiya etsih zarur hisoblanadi. Quyida bu baholash dasturlari haqida bilb olamiz.
PISA – o’quvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini jahon davlatlaridagi maktab o’quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo’llay olish mahoratini baholash bo’yicha xalqaro dastur bo’lib, asosiy maqsadi - 15 yoshli o’quvchilarning oʻqish savodxonligi, matematika, tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik darajalarini turli xil testlar koʻrinishida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar oʻquvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashlariga, olgan bilimlarini hayotda qoʻllay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu koʻnikmalarni hosil qilishga undashdir. Ushbu dastur 1997 yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkazib kelinadi. PISA dasturi ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga ta'sir ko‟rsatib, har bir davlat o„tkazgan tadqiqot natijalari asosida o’zining ta'lim sohasidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqyeini taqqoslaydi. Ta'lim tizimini takomillashtirish va rivojlantirishda o’z strategiyasini belgilab oladi.
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study-Xalqaro o’qish savodxonligini o’rganishdagi taraqqiyot) bu 4-sinf o’quvchilarning matnni o’qish va tushunishdarajalarini baholab beruvchi xalqaro qiyosiy baholash mezonidir.
PIRLS- (inglizcha – Progress in International Reading Literacy Study – matnni o’qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo’lgan davlatlarda boshlang’ich maktab o’quvchilarining matnni o’qish va qabul qilish bo’yicha tayyorgarligi hamda o’quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo’luvchi ta’lim tizimidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta, bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o’qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.PIRLS tadqiqotlari Xalqaro ta’lim institutlari assosiatsiyasi (IEA) tomonidan muvofiqlashtiriladi. Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assosasiyasi (IEA- International Association for the Evaluation of Educational Achievement) tomonidan tashkil etilgan. Xalqaro tadqiqotni tashkil etish uchun barcha mas’uliyat Chestnut Hill (Maccachucetc, AQSH) Boston kollejiga yuklatilgan.Tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Germaniya (Gamburg) ma’lumotlar markazida amalga oshiriladi.Ilk bora tadqiqot 2001-yilda o’tkazilgan.Tadqiqot har 5 yilda bir marotaba o’tkaziladi.PIRLS tadqiqotda ishtirok etuvchi turli mamlakatlarda boshlang’ich sinfga maktab o’quvchilarini qabul qilish yoshi turlicha. Ko’plab mamlakatlarda maktabga olti yoshdan qabul qilishadi va to’rtinchi sinfni 10.5 yoshda tugatishadi.Biroq, Angliya, Yangi Zelandiya, Trinidad Tobagoda- maktabga 5 yoshdan qabul qilishadi va ahamiyatli jihati PIRLS xalqaro tadqiqotida ushbu mamlakatlarning 5-sinf o’quvchilari xalqaro tadqiqotda ishtirok etishadi.Shvesiya, Daniya va ko’plab Sharqiy davlatlarda- maktabga 7 yoshdan qabul boshlanadi va ushbu mamlakatlarning o’quvchilari qolgan tengdoshlariga nisbatan eng katta (10,7-10,9) yoshni tashkil etadi.
PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) boshlang’ich sinf o’quvchilarining matnni o’qib tushunish darajasini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqot dasturidir. PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtirok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo’lgan davlatlardagi boshlang„ich maktab o’quvchilarining matnni o’qish va qabul qilish bo’yicha tayyorgarligi hamda o’quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo’luvchi ta'lim tizimidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.
PIRLS dasturi 2001-yilda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. Har besh yilda o’tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini xalqaro darajada baholaydi. O’qish savodxonligi o’quvchilarning ilmiy va shaxsiy muvaffaqiyatini o’sishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. So’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o’z-o’zidan o’quvchilarimizning darslarga qiziqishlarini oshirish va o’qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi.
Matematika va tabiiy fanlarni oʻzlashtirish sifatini Xalqaro monitoring qilish va baholash tizimi TIMSS[1] (ing. TIMSS -Trends in International mathematics and science study)4- va 8- sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash dasturi bo'lib, tadqiqot ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo'yicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta'lim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda, qo'shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar bo'yicha berilayotgan ta'lim mazmuni, o'quv jarayoni, ta'lim muassasasining imkoniyatlari, o'qituvchilar salohiyati, o'quvchilarning oilalari bilan bog'liq omillari o'rganiladi.


Yüklə 47,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin