9-Mavzu.TIMSS Xalqaro baholash dasturida matematikaga oid mazmun sohalari Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun;
TIMSS - ham jahon mamlakatlari ta’lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TIMSS dasturi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tadqiqot 4 va 8 sinf o‘quvchilari orasida matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha ta’limning sifati, darajasi, fanga bo‘lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga o‘xshab, o‘quvchilar, maktab ma’muriyati va o‘qituvchilari orasida qo‘shimcha so‘rovnomalar o‘tkazadi va fan sohasida to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o‘sha mamlakatda ishlab chiqilgan ta’lim standartlarini va ta’lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan solishtirib ko‘rish imkonini beradi.
Maktab matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining Xalqaro monitoringi (inglizcha – TIMSS – Trends in Mathematics and Science Study) - bu dastur bilim yutuqlarini baholash xalqaro uyushmasi tomonidan tashkillangan (IEA). Ushbu tadqiqot boshlang‘ich ta’limning 4-sinf o‘quvchilari va 8-sinf o‘quvchilarini turli davlatlarda matematika va tabiiy fanlar bilimlarining darajasi va sifatini solishtirishga hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga ko‘maklashadi.
Ushbu tatqiqot 4 yilda bir marta o‘tkaziladi. Shu kunga qadar 6 marta o‘tkazildi. 1995, 1999, 2003, 2007, 2011 va 2015 yillarda.
1995 yildan 3 marotaba (oxirgisi 2015 yilda) maktab bitiruvchilarining (Rossiyada 11-sinf, AQShda -12-sinf) yutuqlarini aniqlashni o‘z ichiga olgan xolda kengaytirilgan tadqiqot ishlari (Advanced TIMSS) olib borildi.
TIMSS xalqaro tadqiqotining asosiy vazifasi maktabning matematika va tabiiy fanlar ta’limi sifatiga solishtirma baho berish. Har 4 yil davomida 4- va 8-sinf o‘quvchilarining ta’lim yutuqlariga baho berib boriladi va shu bilan birga, nafaqat ularining bilim va ko‘nikmasi, balki ularning ushbu fanlarga bo‘lgan munosabati, qiziqishi, xamda ta’limga bo‘lgan motivatsiyasini solishirishga imkon beradi. Tadqiqotning asosiy rejasi: 4 yil davomida 4-sinf o‘quvchisi 8-sinfga yetgunga qadar uning matematika va tabiy fanlar bilimining natijalari kuzatib boriladi. Shu yo‘sinda maktabning boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilarining bilim yutuqlarining monitoringi amalga oshiriladi.
Taqdqiqot o‘tkazuvchi davlatlarda maktabda matematika va tabiiy fanlar ta’limning mazmun mohiyati va o‘quv jarayoni, ta’lim muassasasi, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ularning oilalari bilan bog‘liq omillar qo‘shimcha o‘rganiladi. Xalqaro testga qo‘shimcha bo‘lib tadqiqotda ishtirok etuvchi maktab ma’muriyati, o‘quvchilar va o‘qituvchilar so‘rovnomadan o‘tkaziladi. Olingan ma’lumotlar test natijalariga ya’ni o‘quvchilarning bilimiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga, tadqiqotda ishtirok etuvchi davlatlarning matematika va tabiiy fanlarning holatini ko‘rsatib berishga yordam beradi.
Ushbu tadqiqotni olib borishda va majmua ishlanmasida dunyoning ko‘plab ilmiy tadqiqot markazlari va professional tashkilotlar ishtirok etadi. Ta’lim sohasidagi test xizmatlari: (ETS- Educational Testing Service SShA), Kanadaning statistik markazi (Statistics Canada), ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining Sekretariati (IEA, Niderland(gollandlar)lar), ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining ma’lumotlar markazi (DPC IEA – Data ProcessingCenter IEA, Germaniya) va hokazo. Turli davlat mutaxassislarining koordinatsiyasini kuchaytirish uchun dunyoning yetuk mutaxassislaridan iborat bo‘lgan maslahat qo‘mitalari tashkil etildi. Hozirgi tadqiqot koordinatsiyasi Boston kollejida xalqaro koordinatsiya markazi tomonidan amalga oshirilgan. (ISC – International Study Center, Boston College SShA)
Rossiyada ushbu tadqiqot (ta’lim sifatini baholash markazi) Rossiya ta’lim akademiyasining fan, ta’lim mohiyati va uslubi instituti xamda fan va ta’lim vazirligi va regionlarning ta’lim boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tadqiqotning tasnifi.TIMSS tadqiqotini ishlanmasiga asos qilib maxsus xujjat olingan “TIMSS Assessment Frameworks and Specifications”, unda ushbu yo‘nalishlarga umumiy yondashgan xolda matematika va tabiiy fanlarga test va test topshiriqlariga tushuncha berilgan, shuningdek o‘quvchi topshiriqni bajarayotganda o‘rganish faoliyatining barcha turlari namoyish etiladi, so‘rovnoma davomida olinayotgan ma’lumotlar o‘quvchiga, o‘qituvchiga va ta’lim muassasiga berilgan tariflarning sanab o‘tilgan turlari va topshiriqlari ko‘rsatiladi.