3-mavzu. Xo’jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv reja: Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi



Yüklə 144,8 Kb.
səhifə7/11
tarix14.05.2023
ölçüsü144,8 Kb.
#113316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ehrsfghgfhfgfghf

Ikkiyoqlama yozuv tizimi 1
Har bir operatsiyani amalga oshirishda hisob siyosatida ikki tomonda yozuv tizimidan foydalaniladi , bir tomoni debit boshqa tomoni kredit tomon hisoblanadi. Bu yozuv tizimi ikkiyoqlama yozuv tizimi deb nomlanadi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi juftlik holda hisobotda avtomatik tarzda balans aks etishiga yordam beradi. Balansdagi qaydlar har bir debit yoki kredit ko’rsatkichlarida katta yoki kichik qiymat sababli noto’g’ri qayd etilishi mumkin.
Ikkiyoqlama yozuv haqida tushunchaga ega bo’lish uchun hisobdagi debit va kredit qoidalarini bilishimiz kerak. Debit ma’nosi kirim qilish yoki qabul qilingan qiymat, kredit ma’nosi chiqim yoki berilgan qiymat. T-hisob tizimida ko’rsatilgandek debit hisobning chap tomonida, kredit esa o’ng tomonida ifoda etiladi, quyidagicha diagrammalanadi:

XXX hisob:
Debit Kredit


Ko’plab bosh jurnallar hisobot shaklida ko’rsatiladi.
Moliyaviy hisob uch turga boliinadi: personal hisob, real hisob va nominal hisob. Personal hisob o’z ichiga boshqaruvchilar, iste’molchilar, ta’minotchilarga, xaridorlarga o’xshagan tabiiy individlarn bilan bog’liq operatsiyalarni oladi. Moddiy aktivlar real hisob tarkibiga, xarajatlar, daromad, foyda va zararlar nominal hisob tarkibiga kiradi. Biznesdagi qaydlar har bir hisobda quyidagicha soddalashtirilgan holda beriladi (2.1 Jadval). Debit qabul qiluvchi va kredit beruvchi personal hisobda , debit nima qbul qilingani va kredit nima chiqib ketgani real hisobda, debit barcha xarajatlar va zararlar, kredit barcha daromadlar va foyda nominal hisobda

2.1 Jadval : Moliyaviy hisobda debit va kreditning berilishi
Misol.1 Tijoratchi biroz miqdor naqd pulda o’zining chakana savdo biznesiga sarmoya qildi. Standart ikkiyoqlama yozuv ko’rinishi quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:
Debit : naqd pul hisobi Kredit: capital hisobi
Maqsad: ikkiyoqlama yozuv qoidasiga binoan naqd pul hisobida naqd pul tijoratchi tomonidan berilgan naqd pul qabul qilingan. Buning ma’nosi capital hisobi beriladigan hisob va naqd pul hisobi qabul qilinadigan hisob.
2. biznes tashkiloti naqd pulga offisda foydalanish uchun mebel sotib oladi. Haqiqiy ikkiyoqlama yozuv tizimida quyidagicha bo’ladi:
Debit : mebel hisobi Kredit: naqd pul hisobi
Maqsad: bu operatsiyada mebel hisobida mebel qabul qiluvchiva naqd pul hisobida mebel uchun to’langan pul aks etadi.
3. Biznes tashkiloti chakana savdo tovarini sotib oldi . ikkiyoqlama yozuvda quyidagicha aks etadi:
Debit : Sotib olish hisobi Kredit: Naqd pul hisobi
Maqsad: bu operatsiyada tovarni sotib olish hisobida aks etadi va naqd pul hisobida tovar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langan pul aks etadi. Har bir biznesda, biznes faoliyatida asosiy mahsulot yoki Tovar sotib olingan vaqtda “ sotib olish” hisobidan foydalaniladi.
4. Biznes tashkilotimol yetkazib beruvchidan kreditga chakana savdo tovari sotib oldi. ( mol yetkazib beruvchi kreditor sifatida boshqa biznes tashkilotlariga tovar va mahsulotlarini qarzga beradi) Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko’ra quyidagicha aks etadi:
Debit : sotib olish hisobi Kredit: Kreditor hisobi
Maqsad: bu operatsiyada sotib olish hisobida Tovar qabul qilindi, biroq mol yetkazib beruvchi sotilgan Tovar uchun hali pul olmadi kredit hisobi kreditlanadi. Kredit hisobi to’lab berish hisobi shaklida.
5. biznes tashkiloti chakana savdo tovarini xaridorga sotdi. Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko’ra quyidagicha aks etadi:
Debit: naqd pul hisobi kredit: sotish hisobi
Maqsad: naqd pul hisobida sotilgan Tovar uchun pul qabul qilinadi. Sotish hisobi xaridorga Tovar yetkazib berishni aks ettiradi.
6. Biznes tashkiloti chakan savdo tovarini xaridorga sotadi, ammo xaridor hali pulni to’lamadi. Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko’ra quyidagicha aks etadi:
Debit: debitorlik hisobi Kredit: Sotish hisobi
Maqsad: Yetkazib berilgan mahsulot yoki xizmat ko’rsatgan biznes uchun pul mablag’ini qarz bergan shaxs debitor deb aytiladi. Debitorlik hisobining boshqacha nomlanishi olinadigan hisob varaqlar deyiladi. Bu vaziyatda debitor mahsulot qabul qilyapti; shuning uchun uning hisob raqami debitlanayapti. Sotish hisobi kreditlanadi, mahsulotni xaridorga yetkazib berishni ko’rsatadi.
Bu biznes operatsiyalarini ko’rib chiqqandan so’ng talabalar ikkiyoqlama yozuv tushunchasiga ega bo’ladi, va biznes operatsiyalari qayd qilinganda debit va kredit qoidalarini o’rganishadi2



Yüklə 144,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin