3-mavzu. Xo’jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv reja: Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi



Yüklə 144,8 Kb.
səhifə1/11
tarix14.05.2023
ölçüsü144,8 Kb.
#113316
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ehrsfghgfhfgfghf


3-MAVZU. XO’JALIK OPERATSIYALARIDA IKKIYOQLAMA YOZUV
Reja:
1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi.
2. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi.
3. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob.
4. Joriy buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini umumlashtirish.
5. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi.


Tayanch so‘z va iboralar: aktiv schyotlar, analitik hisob, analitik hisob schyotlari, aylanma vedomostlar, buxgalteriya hisobi schyotlari, balansdan tashqari schyotlar, debet, balansli schyotlar, ikkiyoqlama yozuv, kredit, kalkulyatsion schyotlar, kontraktiv schyotlar, kontrpassiv schyotlar, passiv schyotlar, saldo, sintetik hisob, sintetik hisob schyotlari, taqqoslovchi schyotlar, schyotlarning aylanmalari, schyotning shifri, taqsimlovchi schyotlar, xronologik yozuv, tartibga soluvchi schyotlar


1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi

Korxonalarda ko‘p miqdorda xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lib, xo‘jalik mablag‘lari doimo harakatda bo‘ladi. Korxonaga rahbarlik qilish uchun xo‘jalik mablag‘larining harakati to‘g‘risida umumlashgan ma'lumotlarni olish talab qilinadi. Bunday ma'lumotlarni balans yordamida olish mumkin emas. Shuning uchun bu maqsadda buxgalteriya hisobining schyotlari qo‘llaniladi.


Buxgalteriya hisobi schyotlari - mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash hamda nazorat qilish usulidir.
Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari yoki ularning manbalarining boshlang‘ich holati hisobga olinadi, keyingi bo‘ladigan joriy o‘zgarishlar o‘z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim turdagi aktivlar yoki passivlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni istalgan paytda olish mumkin bo‘ladi.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan jadval shaklida bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu jadvalning chap qismi "Debet" (D-t), o‘ng qismi "Kredit" (K-T) deb ataladi. "Debet" va "Kredit" so‘zlari buxgalteriya hisobiga uning rivojlanish davri boshlanishida kiritilgan bo‘lib, bu so‘zlar XII asrlarda sotuvchi va bankir o‘rtasidagi hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan.

Yüklə 144,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin