3-MAVZU. XO'JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING MOLIYAVIY RESURSLARI REJA: Xo'jalik yurituvchi su b ’ektlarning moliyaviy resurslari va kapitali
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi
1. Xo'jalik yurituvchi su b ’ektlarning moliyaviy resurslari va kapitali XYuSlarning moliyaviy resurslari ulardagi resurslarining bir qismi bo‘lib, bu resurslar pul shaklida amal qiladi. Resurslaming pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni XYuSning boshqa resurslari ko'rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalari (dastgohlar, mashinalar, xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga moMjallangan binolar va shunga o‘xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan holda XYuS vositalarining ≪pul shakli≫ va ≪pul qiymati≫ tushunchalarini farqlamoq lozim. ≪XYuS vositalarining pul qiymati≫ tushunchasi, odatda, pul mablagMarining o‘zini emas, balki turli maqsadlar uchun moMjallanilgan vositalar va fondlar (masalan, asosiyfondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi. Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vosi-talari dastgohlar, mashinalar, xom ashyo va materiallar, ishlab chiqa-rishga mo’ljallangan binolar va shunga o’xshashlar) haqiqatda pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, avvalo, ularni sotish kerak. Bu holda esa, o’z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymati baho-lari emas, balki haqiqiy bozor baholari harakatga tushadi. Moliya-viy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar XYuSni yomon oqibatlarga, xususan, mablag’lar va resurslarni yo’qotib qo’yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, xalqa-ro amaliyotdagi ma’lumotlarga ko’ra, bankrotga uchragan XYuS tuga-tilayotgan paytda unga tegishli bo’lgan aktivlar qiymatining 40%dan ortiq bo’lmagan qismini olishga muvaffaq bo’lishi mumkin. Shu munosabat bilan hatto, sog’lom bozor aylanmasida, ya’ni talabga ega bo’lgan tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so’ng pul mablag’iga aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlanti-rishga mo’ljallangan XYuS ning moliyaviy resurslari bu – uning pul shaklidagi kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiybuyumlashgan kapital, ishlab chiqa-rish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual qobi-liyatlaridan iborat bo’lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Printsip jiha-tidan, takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mul-kiy va intellektual boylik kapital bo’lishi mumkin.
Tijoriy XYuS larning moliyaviy resurslari dastlab (bir-lamchi holda) ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo’yish, shuningdek, boshqa shaxslar va tashkilotlardan maqsadli moliya-lashtirish va subsidiyalar ko’rinishida kelib tushgan pul mablag’lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pulsiz qismi (sanoat va intellektual mulk ob’ektlari, ulardan foydala-nish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushumlar singari, agar ular pul ko’rinishida qo’yilmagan bo’lsa, XYuS ning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas.
Birlamchi kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilini-shi tovar-pul doiraviy aylanishi jarayonining kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi natijasi sifatida XYuS ning tushumi maydonga chiqadi. O’z navbatida, tushum xarajatlari-ni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini davom etttirishni ta’minlovchi bir necha pul mablag’la-ri fondlariga bo’linadi.
Formula orqali buni umumiy tarzda, quyidagicha ifodalash mumkin: