3-mavzu. Xo'Jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari reja



Yüklə 23,36 Kb.
səhifə2/5
tarix11.05.2023
ölçüsü23,36 Kb.
#111197
1   2   3   4   5
XO\'JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING MOLIYAVIY RESURSLARI

T = Fаа + F мхм + Fих + Fф Bu erda: T – tushum;
Fааasosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy eskirishini tiklashga mo’ljal- langan amortizatsiya ajratmalari fondi; F мхм moddiy xarajatlarni (xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, elektr energiyasi va boshqalarni sotib olish) moliyalashtirish fondi;
Fих ish haqi fondi;
Fфtovarlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda (soliqlar to’languncha va foydadan boshqa to’lanmalar amalga oshirilguncha).
Ayrim iqtisodchi-olimlarning tadqiqotlarida moddiy xara-jatlar va mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari XYuS ning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritil-maydi. Ularning ayrimlari tomonidan esa XYuS ning moliyaviy resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmaydi1. Bunday yondashuvlarning noto’g’ri ekanligi shubhasiz.
Bozor iqtisodiyotining xorijiy nazariyasi va amaliyotida pul tushumi yalpi daromad tarzida talqin qilinadi. Bu narsa XYuS moliyaviy resurslari fondini shakllantirish va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini o’zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun mo’ljallangan pul tushumlarining bir qismi, XYuS ning real moliyaviy resursi mol etkazib beruvchilar va kontragentlarning hisobvaraq-lariga o’tkazilmasdan, uning aylanmasida bo’lgan paytda qo’shimcha daromad keltiradi. O’tish davrining dastlabki yillaridagi o’zaro mol etkazib berish (xizmat ko’rsatish) bo’yicha noto’lovlar krizisi bank kreditlari foizining yuzdan oshgan darajasida tekin tijo-riy kredit imkoniyatining mavjudligi o’zining “qo’lbola” birlam-chi manbai bo’lib xizmat qildi. Shunga o’xshash narsa ish haqi fondiga nisbatan ham tegishli bo’ldi. Xodimlarga, ishchi va xiz-matchilarga bir necha oylab oylik maoshlarni berishning kechikti-rilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi bir “tadbirkor” va “ban-kir”larning tekinga boyish manbalaridan biriga aylandi, chunki to’lanmagan ish haqi ularning aylanmasida bo’lgan edi.
Amortizatsiya ajratmalari fondi XYuSlar moliyaviy resurs-larining tarkibiy tuzilmasida muhim o’rin tutadi. Chunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va ularning XYuS tegishli hisobvaraqlarida joylashganligiga qarab XYuS-larning real moliyaviy resurslari hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozorlarida XYuS faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o’rinni egallay boshlaydi. Foyda XYuS o’z mablag’larining asosiy manbai bo’lib, ishlab chiqarish apparatining yangilanishini, si-fatning yaxshilanishini, chiqarilayotgan mahsulot assortimenti-ning kengayishini va h.k.larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan XYuS ning rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo’ljallangan fondlar shakllantiriladi.
Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati XYuS ning kreditga layoqatini va uning qarz mablag’larini jalb qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni aniq-lab beradigan muhim indikatorlardir. Qarz mablag’larining XYuS o’z mablag’lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga etib, uning to’lov layoqatiga kreditorlarda ham, hamkorlarda ham shubha tug’dirmasligi mumkin.
Joriy tijoriy XYuS larning moliyaviy resurslarini shakl-lanish manbalariga ko’ra quyidagilarga ajratish mumkin:

  • mahsulot realizatsiyasining tushumi hisobidan shakllana-digan moliyaviy resurslar (foyda, amortizatsiya ajratmalari fon-di, ish haqi fondi, moddiy xarajatlarni tiklash fondi);

  • boshqa realizatsiya (mol-mulk, asosiy faoliyatga daxldor bo’lmagan xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar;

  • moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar, o’z aktsiyalari va qimmatli qog’ozlarning boshqa ko’rinishlarini sotish, boshqa emitentlarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha dividendlar va foizlar, sug’urta qoplamalari va boshqalar);

  • kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliya-viy resurslar (mol etkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo’yicha; ijtimoiy sug’urtaga doir; byudjet oldidagi va boshqalar);

  • badallar va maqsadli xarakterdagi tushumlar hisobidan shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslardan tushumlar, byudjet subsidiyalari va h.k.).


Yüklə 23,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin