3-mavzu. Xo'Jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari reja


Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi



Yüklə 23,36 Kb.
səhifə3/5
tarix11.05.2023
ölçüsü23,36 Kb.
#111197
1   2   3   4   5
XO\'JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING MOLIYAVIY RESURSLARI

3.2. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi
Iqtisodiy munosabatlarni takror ishlab chiqarish shaklla-ridan biri sifatida XYuS lar moliyasining harakati minimal xarajatlarda maksimal natijalarning olinishini nazarda tutuv-chi samaradorlikning umumiqtisodiy mezoniga bo’ysunadi. Shu sababli XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini quyidagi formula orqali tasavvur etish mumkin:
S мр= N м ф : X мр
Bu erda: S мр – XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi;
N м ф – ma’lum davr (o’tgan yoki rejali) uchun XYuS faoliyatining moliyaviy natijasi;
X мр – shu moliyaviy natijani qo’lga kiritish uchun
XYuS tomonidan qilingan (yoki rejalashtirilgan) moliyaviy resurslar xarajatlari
XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda shu narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqat moliyaviy emas, balki moddiy va mehnat resurslari xara-jatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham, masalan, mahsu-lotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib, buning natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi ko’rsatkichga ega bo’lamiz, deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Bu XYuS moliyaviyxo’jalik faoliyati samaradorli-gini xarakterlovchi yaxlit ko’rsatkichlardan biri bo’lib, unga kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida moddiy-ishlab chiqarish va moliyaviy oqimlarning ajralmas bog’liqligi xosdir.
Yuqorida bildirilgan fikr o’ziga moliyaviy natija va moliya-viy xarajatlarning tavsifini mujassam etuvchi XYuS moliyaviy-xo’jalik faoliyatining samaradorligini xarakterlovchi boshqa ko’rsatkichlarga ham to’liq tegishlidir. Shunday bo’lishiga qaramas-dan analitik maqsadlar uchun bu majmua (to’plam)dan aynan XYuS ning moliyaviy faoliyatini, uning moliyaviy va baho siyosatining samaradorligini o’xshash tarzda xarakterlovchi ko’rsatkichlarni ajratish muhimdir.
Shunisi taajjublanarliki, XYuS moliyaviy faoliyatining samaradorligini o’xshash ifodalovchisi fond, moliya-kredit va pul bozorlaridagi operatsiyalarning daromadliligi hisoblanadi. Bu erda, ma’lumki, pul (P*) go’yo to’g’ridan-to’g’ri puldan (P) qilinadi. U holda moliyaviy samaradorlikni aniqlash formulasi quyidagi ko’rinishni oladi:

S мр = (P* – P) : P


Bu erda: SмрXYuS moliyaviy resurslaridan
foydalanish samaradorligi; P* – P – bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad.
Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • XYuS tomonidan aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish asosida bozorda joylashtirishdan olingan divi-dendlar;

  • boshqa emitentlar qimmatli qog’ozlarini sotib olishdan olingan

dividendlar;

  • banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromadlari;  XYuS foydasidagi valyutalar kurslari bo’yicha farqlar;  va boshqalar.

XYuS moliyaviy operatsiyalarining daromadliligini xarak-terlovchi ko’rsatkich ularning samaradorligini sof moliyaviy nati-janing sof moliyaviy xarajatlarga nisbati shaklida ifodalab, ko’pchilik hollarda XYuS moliya-xo’jalik faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot real sektori samara-dorligining ko’rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida bo’lishlariga qaramasdan moliyaviy “spekulyatsiyaning” imkoniyat-lari ularni “cho’kmasdan” turishlariga sharoit yaratadi.
Real sektor XYuSlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash talablariga u yoki bu darajada sotuv rentabelligi ko’r-satkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj pul mablag’laridan iborat bo’lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko’rsatkich sifatida e’tirof etish mumkin. Shunday bo’lishiga qaramasdan bu erda yana bir narsani inobatga olmoq lozim, ya’ni samaradorlik-ning o’lchovi sifatida yuqoridagi ko’rsatkichning haqqoniylik darajasi juda ko’p omillarga, xususan, tushum va foydani shakl-lantiruvchi bozor baholarining monopol baholarni shakllanti-rishning salbiy ta’sirlaridan qanchalik ozod ekanligiga bog’liq.
Yuqorida ko’rib o’tilgan barcha moliyaviy ko’rsatkichlarda mazmun va shakl o’rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjud-ligi namoyon bo’ladiki, bu narsa bizning holatda XYuS lar moliya-sining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy sektorining ham) o’z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqarishdan ajralib chiqishga va unga bog’liq bo’l-magan holda mustaqil hayot kechirish imkoniyatini qo’lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. XYuS lar moliya-xo’jalik faoliya-tining samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy ko’rsatkichlar (masalan, tushum va foyda) moddiy aylanma mablag’-larning aylanuvchanligi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning fond sig’imi kabi iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama-qarshilik, ma’lum darajada, pasayadi. Ana shu munosabat bilan eng umumlashtiruvchi ko’rsatkich-lardan biri quyidagi formulaga muvofiq ravishda hisoblana-digan XYuSning iqtisodiy rentabelligi (biznesning rentabelli-gi) ko’rsatkichidir:

Yüklə 23,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin