3-mavzu. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qurilmalari reja


Yordamchi diskni tayyorlab qo`yish



Yüklə 182,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix20.09.2023
ölçüsü182,65 Kb.
#145998
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qur

Yordamchi diskni tayyorlab qo`yish
ham foydalanuvchi uchun ham muhimdir. Yordamchi 
disk nima va uning vazifasi qanday degan savolga javob beraylik. Kompyuterning boshlang`ich 
yuklanish jarayonida DOSning tizimlarini ochish va ularni ishlatish uchun (ya’ni boshqarishni 
buyruq fayllarga berish uchun) BIOS dasturlaridan foydalaniladi. Agar bu dasturdagi 
ma’lumotlar buzilgan bo`lsa, kompyuter ishga tushmaydi (yuklanish oxiriga yetmaydi) yoki 
ba’zi bir mantiqiy disklar (diskdan yuklanish ro’y berganda) “ko`rinmaydi”. Bunday holatda 
yo`qolgan yoki buzilgan ma’lumotlarni tiklash oson ish emas, hatto mutaxassislar uchun ham 
talaygina vaqt talab qiladi. Bu vaziyatda Rescue dasturi yordam beradi. Ushbu dastur 
ma’lumotlarni (yuklash dasturini) yordamchi diskka yozib qo`yadi. Va ularni shu diskdan qayta 


13 
tiklab beradi. Yordamchi diskni tayyorlash uchun 2-3 daqiqa sarf etiladi har safar DOS 
konfiguratsiyasi o`zgartirilganda yordamchi diskni yangilab turish tavsiya etiladi. 
Kompyuterni ishlatish jarayonida diskka juda ko`p keraksiz va 
bak
kengaytmali fayllar hosil 
bo`ladi. Xotirani kengaytirish tozalash maqsadida 
qattiq disklarni keraksiz fayllardan
tozalash 
uchun Wipeinfo dasturidan foydalanish mumkin. 
Kompyuterdan qancha ko`p foydalanilsa, qattiq diskni fayllarga to`lib qolish ehtimoli shuncha 
ortadi. Albatta, har qanday axborotni u ishlatib bo`lingach, xotiradan o`chirish kerak bo`ladi. 
Lekin shunda ham ba’zi bir “keraksiz” fayllar soni ko`payib ketadi. Bunday hollarda (ba’zan, 
axborot hajmi anchagina katta bo`lganda), axborotlarni “siquvchi” maxsus arxivlash dasturlari 
qo`llaniladi. Arxivlash dasturlari maxsus uslublarni qo`llash hisobiga axborotlarni “siqish” 
imkonini beradi, ya’ni axborotning nasbatan kichik hajmdagi nusxasini yaratish hamda bir 
nechta fayllarni bitta faylga birlashtirish imkonini beradi. Bunday dasturlar bilan keyingi bobda 
tanishasiz. 
Qattiq diskdagi manzillar joylashishi yagona tizim (ko`rinish)ga ega bo`ladi. Bu holat barcha 
ko`rinishdagi disklarga taalluqli. Diskni doimiy ish jarayonida – fayllarni yozish, o`chirish, 
qayta yozishda juda ko`p bosh joylar hosil bo`ladi va ko`pgina fayllar bo`lak-bo`lak bo`lib 
ajralib qoladi.Shunga o`xshash fayllar joylashishini optimallashtiruvchi dastur, masalan, 
SpeeDisk yoki ScanDisk dasturlaridan foydalanish mumkin. Bu dasturlar barcha fayllarni disk 
(manzil) boshlanishiga ko`chiradi va fayllarning bo`laklarga ajralishini to`g`rilaydi. Bunday 
dasturlarning bajarilishi bir necha minutni tashkil etadi. Shu bois, vaqti-vaqti 
bilan kompyuterning barcha mantiqiy disklarini optimallashtirish maqsadga muvofiq. 

Yüklə 182,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin