Piyodalar harakat tezligi - piyodalarning yoshiga, psixologik holatiga, harakatlanish
maqsadiga, qatnov zichligiga bog‘liq bo‘lib, o‘rtacha 1,8-5,7 km/soat tashkil etadi.
Minimal tezlik 0,7
0,8 km/soat bilan asosan yosh bolalik ayollar va qariyalar harakatlansa,
maksimal tezlik 10 km/soat bilan esa yoshlar harakatlanadi. Piyodalar harakatiga ob-havo sharoiti
katta ta’sir ko‘rsatadi. Yaxshi ob-havo sharoitda yuqori tezlikda harakatlanish kuzatiladi.
Shuningdek, piyodalar harakat tezligi o‘rtacha qiymatdan ertalabki soatlarda 25
30 % ga ko‘proq,
aksincha, kechki vaqtlarda 15
20 % pastroq bo‘ladi.
Piyodalar oqimining zichligi – piyodalar sonini 1m
2
trotuar maydoniga to‘g‘ri keladigan
nisbat bilan aniqlanadi. Piyodalar oqimining zichligi trotuarning eniga va piyodalarning harakat
miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, ularning nisbati piyodalarning harakatlanish qulayligini
belgilaydi. Masalan, Vilnyus shahri markaziy prospektidagi piyodalar zichligi 0,6
1,2 piyoda/km
2
tashkil etadi, katta shaharlarda esa bu ko‘rsatkich 3
4 piyoda/m
2
(Sankt-Peterburgdagi Nevskiy
prospektida piyodalar harakat miqdori 20.000 piyoda/soat), shuningdek, Moskva, Kiev
ko‘chalarining ba’zilarida 3 piyoda/m
2
gacha zichlik kuzatiladi. Kichik enli trotuarlarda
(1,5mgacha) piyodalarning maksimal zichligi 0,5
0,6 piyoda/m
2
tashkil etadi. [2].
Transport va piyodalar oqimining harakat miqdori va tarkibi. Harakat miqdori yillar, oylar, sutka soatlari va hafta kunlari hamda yo‘lning bo‘laklariga
nisbatan o‘zgaruvchan ko‘rsatkichdir. Harakat miqdorining o‘zgarishini quyida respublikamiz
yo‘llariga xos misollar orqali ko‘rsatamiz.
Harakat miqdori avtomobil yo‘lining ahamiyatiga va uning atrofidagi viloyat va tumanlarning
iqtisodiy rivojlanishiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Masalan,Toshkent-Qo‘qon avtomobil yo‘lida
harakat miqdorining yildan-yilga oshib borishiga asosiy sabab qo‘shni respublikalar va chet el bilan
transport aloqalari shu yo‘l orqali amalga oshirilishidir.Aksincha harakat miqdorining pasayishi
iqtisodiy - ijtimoiy aloqalarning cheklanishi yoki katta hajmdagi qurilish ishlarining yakunlanishi
oqibatida yuzaga keladi (2.1-rasm).