3-mavzu: Yo‘l belgi guruhlari


-mavzu. Yo‘l harakatining asosiy tavsiflari



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/21
tarix06.02.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#83207
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
3-mavzu Yo‘l belgi guruhlari. Ularni yo‘l ko‘cha sharoitida qo‘

14-mavzu. Yo‘l harakatining asosiy tavsiflari. 
Tayanch iboralar: «transport harakatini tavsiflovchi ko‘rsakichlar. Piyodalar harakatini 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Harakat miqdori. Harakat tarkibi. Transport va piyodalar oqimining 
zichligi. 
Xavfsiz harakatni tashkil etishda transport va piyodalar harakatini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlarni tadqiq qilish birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi.Quyida ular to‘g‘risidagi asosiy 
tushunchalarga to‘xtalib o‘tamiz. 
Transport vositalarining harakat miqdori (jadalligi) - yo‘lning biron-bir ko‘ndalang kesimidan 
vaqt birligi ichida o‘tgan transport vositalarining soni (avt/sut yoki avt/soat). Bu ko‘rsatkich 
kuzatish va avtomatik usullar bilan o‘lchanishi mumkin. 
Kuzatish (viziual ham deyiladi) usulida harakat miqdori yo‘lning ko‘rsatilgan bo‘lagida bir 
yoki bir necha soat davomida hisobchilar yordamida maxsus tayyorlangan blankaga transport 
vositalarining o‘tishini belgilash orqali aniqlanadi.Bu usuldan foydalanilganda soha me’yoriy 
ko‘rsatmalariga amal qilinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ko‘pchilik davlatlarda, shuningdek, 
O‘zbekistonda ham avtomobil yo‘llaridagi harakat miqdorini kuzatuvchilar orqali aniqlanadi. 
Avtomatik usulda harakat miqdori har xil uslubda ishlaydigan datchiklar yordamida 
hisoblanadi. Hozirda bu maqsad uchun quyidagi keng tarqalgan datchiklar ishlatiladi: 
Pnevmatik; fotoelektrik; ulqtratovush; mexanik; radiolokatsion; induktiv; elektron; infraqizil 
nurli. 
O‘zbekiston Respublikasi umum foydalanuvidagi avtomobil yo‘llarida elektron ko‘p kanalli 
schetchiklar ASD-5 va uning modifikatsiyalaridan foydalanilgan (engil va og‘ir yuk avtomobillarini 
alohida-alohida hisoblash mumkin). 
Harakat tarkibi - transport oqimida har xil transport vositalarining nisbatini belgilovchi 
ko‘rsatkich bo‘lib, u foizda yoki ulushda o‘lchanadi. Bu ko‘rsatkich transport oqimining tezligiga 
va zichligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Shahar ko‘chalarida harakat tarkibining o‘zgarishi quyidagicha: 
Yengil avtomobillar 60-80 %; avtobuslar 5-15 %; trolleybuslar 5-10 %; yuk avtomobillari
9-15 %. 
Shahar tashqarisidagi umum foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida harakat tarkibi quyidagicha 
qiymatlarga ega bo‘lishi kuzatiladi: Yengil avtomobillar 30-60 %; avtobuslar 2-5 %; yuk 
avtomobillari 30-40 %; avtopoezdlar 5-8 %; traktor va qishloq xo‘jalik mashinalari 5-10 %. 
Umuman olganda harakat tarkibining o‘zgarishi avtomobil yo‘lining xalq xo‘jaligida tutgan 
ahamiyatiga bog‘liq, masalan, qishloq xo‘jaligidagi ichki yo‘llarda yuk va traktor mashinalari katta 
miqdorda bo‘lsa, shahar yo‘llarida uning aksidir. Harakat tarkibini avvalgi ko‘rsatkichga o‘xshab 
kuzatish yoki avtomatik usullar yordamida aniqlanadi.

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin