3-mavzu: Yo‘l belgi guruhlari



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/21
tarix06.02.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#83207
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
3-mavzu Yo‘l belgi guruhlari. Ularni yo‘l ko‘cha sharoitida qo‘

 
 
Nazorat savollari: 
1. Qanday holatlarda tormoz tizimidan foydalanish taqiqlanadi? 
2. Qanday holatlarda yorigichlardan foydalanish taqiqlanadi? 
3. Qanday holatlarda oyna tozalagichlardan foydalanish taqiqlanadi? 
4. Qanday holatlarda shinalardan foydalanish taqiqlanadi? 
5. Qanday holatlarda rul boshqarmasidan foydalanish taqiqlanadi? 
 


- 21 - 
11- mavzu: Transport vositalarining boshqarishni o‘rgatish. Odam tashish. Yuk tashish.
Velosiped va aravalar harakatlanishi shuningdek, hayvonlarni haydab o‘tishga doir
qo‘shimcha talablar. 
Tayanch iboralar. Boshqarishning o‘rgatish vakolati, o‘rganuvchi, transport vositasi odam 
tashishda haydovchi vakolatlari. Odam tashish qoidalari. Odam tashish taqiqlangan holatlar. Yuk 
tashish qoidalari. Yuk tashishda DANdan ruxsat olish va velosiped haydovchilariga man qilingan 
harakatlar. Piyoda va haydovchilarni yo‘llarda harakatlantirish qoidalari. 
Transport vositasini boshqarishni o‘rgatish bobi 6 bandni o‘z ichiga oladi: 
1- band. Transport vositasini boshqarishni boshlash; 
2- band. Yo‘llarda boshqarishni o‘rgatishga o‘tish davri; 
3- band. Yo‘riqchining vakolatlari; 
4- band. Haydovchilarni tayyorlashning boshlang‘ich yoshlari; 
5-band. Boshqarishni o‘rgatishda foydalaniladigan transport vositasining jihozlanish qoidasi; 
6- band. Boshqarishni o‘rgatish DAN bilan kelishilgan ma’lum marshrutda amalga oshirilishi. 
Odam tashish bobi 8 bandni o‘z ichiga oladi. 
1- band. Haydovchilarning odam tashish huquqlari; 
2- band. Yuk avtomobillarda odam tashiganda avtomobilni jihozlash qoidalari; 
3- band. Tashilayotgan odamlar soni
4 - band. Harakatlanishni belgilaydi. Haydovchiga majburiyat yuklaydi. 
5 – band. Yuk tashishda yukxonada odam tashishga ruxsat etilgan holat; 
6 - band. Bolalarni tashish qoidalari; 
7 -band. Odamlarni transport vositasiga chiqarish va tushirish qoidalari; 
8 - band. Odamlarni tashish taqiqlangan holatlar
Yuk tashish bobi 5 bandni o‘z ichiga oladi: 
1- band. Transport vositalarida tashilayotgan yuklarni miqdori; 
2- band. Yukni tashish xavfsizligi bo‘yicha haydovchiga majburiyat; 
3- band. Yuk tashish ma’lum jarayonlarga amal qilish zarurligi; 
4- band. Transport vositalarining gabaritlaridan chiqib turadigan yuk qoida talablari bo‘yicha 
belgilanishi zarurligi; 
5- band. Yuk tashishda DAN organlaridan ruxsat olinadigan holatlar. 
Velosiped va aravalar harkatlanishi, shuningdek, xayvonlarni xaydab o‘tishga doir qo‘shimcha 
talablar bobi 9 bandni o‘z ichiga oladi: 
1 -band. Velosiped va aravachalarni boshqarishni boshlang‘ich yoshi; 
2- band. Velosiped, moped va aravachalarning harakatlanish joyi; 
3- band. Vilosipedni jihozlanish tartibi; 
4- band. Vilosiped va moped haydovchilariga taqiqlangan harakatlar; 
5- band. Chorrahadan tashqaridagi harakat tartibga solinmaydigan joyda velosiped 
haydovchilariga majburiyat yuklaydi. 
6- band. Ot aravalar haydovchilariga majburiyat yuklaydi. 
7- band. Haydovchilarning hayvonlarni xaydab borish tartibi
8- band. Xayvonlarni temir yo‘l kesishmasidan haydab o‘tish tartibi; 
9- band. Hayvonlarni minib yoki haydab ketayotgan va aravani boshqarayotgan shaxslarga 
taqiqlangan harakatlar. 
Mansabdor shaxslar va fuqarolarning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport 
vositalarini yo‘lga chiqarish, ularga raqam va taniqlik belgilarini o‘rnatish bo‘yicha vazifalari bobi 
10 bandni o‘z ichiga oladi: 
1 - band. Mexanik transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati; 
2 - band. Mexanik transport vositasi va transport vositalarida raqam belgilari qanday tartibda 
bo‘lishi zarurligi; 
3 - band. Transport vositalaridagi taniqlilik belgilarini qanday tartibda bo‘lishi. Bunday 
avtopoezd, turumlangan bolalar guruxini tashish, boshqarishni o‘rgatish, tezlik cheklangan 


- 22 - 
xavfsizlikka katta o‘lchamli yuk, uzun o‘lchamli yuk, uzun o‘lchamli tarsport vositasi, falokat 
sababli to‘xtash, shifokor, nogiron belgilaridir. 
4- band. Shatakka olishda egiluvchan ulagichli jihozlash tartibi; 
5- band. Qattiq ulagichga talab; 
6- Transport vositasidan foydalanish taqiqlangan hollar
7- band. Transport vositasining texnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar bo‘lgan 
mansabdor shaxslarga taqiqlangan holatlar; 
8- band. Yo‘llar, transport yo‘llari kesishmalari va boshqa yo‘l inshoatlarining holatiga 
javobgar bo‘lgan mansabdor va boshqa shaxslarga majburiyat; 
9- band. Yo‘llarda ta’mirlash ishlari olib borayotgan javobgar mansabdor va boshqa shaxslarga 
majburiyat; 
10- band. Amaldagi qonun xujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda tegishli mansabdor va boshqa 
shaxslar tomonidan DAN organlari bilan kelishiladigan holatlar. 


- 23 - 
Nazorat savollari: 
1. Boshqarishni o‘rgatish qayerlarda o‘tkaziladi? 
2. Necha yoshdan boshqarish huquqi beriladi? 
3. Odam tashishga qanday hollarda ruxsat beriladi? 
4. Odam tashishda haydovchilarning qanday vakolatlari bor? 
5. Yuk tashishda nimalarga e’tibor berish kerak? 
6. Yuk tashishda qay hollarda YHXB dan ruxsat olinadi? 


- 24 - 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin