- 37 -
Yo‘l-transport hodisalari keltiradigan
iqtisodiy zararlar
Yo‘l transport hodisalari davlatlarni katta iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladi va bu miqdor
milliy umumiy mahsulotning 1-3% tashkil qiladi. Jahon bankining bergan axborotiga ko‘ra YTH
natijasida global iqtisodiy bir yillik zararlar dunyo bo‘yicha 500 mlrd amerika dollariga teng.Faqat
rivojlanayotgan davlatlarning YTH natijasida ko‘radigan bir yillik zarari 100 mlrd.AQSh dollarini
tashkil etadi.
NIIAT mutaxassislari o‘tkazgan ilmiy tadqiqotlar [5] natijasida bitta YTH bo‘ladigan
o‘rtacha zararlar 2000 yilda quyidagicha:
O‘lgan – 3.406 mln. rub
Engil yaralangan –0.017 mln.rub.
Bolaning o‘limi –4.16 mln.rub.
Harakat xavfsizligini oshirish uchun bajariladigan ishlar ko‘lamini
va YTH natijasida xalq
xo‘jaligiga yetkaziladigan zararni aniqlash SQM 3-81 «Avtomobil yo‘llarini loyihalashda yo‘l
transport hodisalaridan xalq xo‘jaligiga keladigan zararni hisobga olish yo‘riqnomasi» ga asosan
olib borilishi maqsadga muvofiq.Quyida bu yo‘riqnomaga binoan
YTH da yetkazilgan zararni
hisoblashni keltiramiz.
Hisobga olingan YTH dan bo‘ladigan o‘rtacha iqtisodiy zarar qiymati, avtomobil yo‘lining
qanday joydan o‘tishiga, qarab 3.8 jadvalda keltirilgan.
3.8 Jadval
Yillar
O‘rtacha yillik «VVP» o‘sishi 4% tashkil etganda «rub»
Aholi
punkti
Avtomobil yo‘llari tekislik, qirlik
joylardan o‘tganda
Avtomobil yo‘lari tog‘lik
joylardan o‘tganda
2002
272770
301400
158700
2003
283400
314420
162600
2004
294030
327440
166500
2005
304660
340460
170400
2006
315290
353480
174300
2007
325920
356500
178200
2008
336500
359520
182100
2009
347180
362540
186000
2010
357810
375560
189900
2011
368440
388580
193800
Izoh: jadvalda keltirilgan qiymatlar 2003
yil Rossiya rubilida berilgan, uni O‘zbekiston
so‘miga o‘tkazish uchun maxsus keltirish koeffitsientiga ko‘paytirilib kundalik va istiqboldagi
iqdisodiy zararlarni hisoblanadi.
Iqtisodiy zararlarni hisoblashda davlat statistikasiga kiritilmaydigan
bitta YTH dan
keladigan zararni quyidagi formula orqali hisoblash mumkin.
P = S + P
1
+ P
2
(3,1)
Buyerda: S- transport vositasining, yo‘l sharoitlarining yoki ortilgan yukning buzilishidan
bo‘ladigan
zararlar; P
1
- YTH bo‘lgan joyda boshqa o‘tayotgan transportlar yo‘qotadigan vaqtdan va
yo‘l harakat qismini tozalashga ketadigan
harajatlar; P
2
- davlat harakat xavfsizlik nazorati
tomonidan sarflanadigan harajatlar.
Nazorat savollari:
1. YTH nima?
2. YTH necha sharti bor?
3. YTH necha turga bo‘linadi?
4. YTH hisobga olish kimlar tomonidan olib boriladi?
5. YTH kartochkasi qanday to‘ldiriladi?
6. YTH dan oladigan iqtisodiy zararlar qanday aniqlanadi?