3-mavzu: Yo‘l belgi guruhlari



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/21
tarix06.02.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#83207
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
3-mavzu Yo‘l belgi guruhlari. Ularni yo‘l ko‘cha sharoitida qo‘

Ikkinchi tamoyil boshqariladigan chorrahalarda uchraydi. Bunda piyodalar harakatini 
piyodalar svetofor yoki tartibga soluvchi shaxs yordamida qatnov qismi ustida amalga oshiriladi. 
Buning uchun chorraha yoki tutashma mintaqasida yo‘l belgi chizig‘i yordamida (1.14.3. belgisi) 
piyodalar o‘tish joyi belgilanib, ularning harakatini tartibga solish uchun boshqa yo‘l belgilari 
(1.20;5.16.1. va 5.16.2.) va piyodalar svetofori yoki transport svetoforlaridan foydalaniladi. Hozirgi 
kunda O‘zbekistonning ko‘pchilik shaharlarida piyodalar harakati shu tamoyil bo‘yicha tashkil 
etilgan. 
Uchinchi tamoyil avtomobil yo‘llari aholi yashash joylaridan o‘tganda va shaharlardagi 
mahalliy ahamiyatdagi ko‘chalarda qo‘llaniladi. Bu turdagi piyodalarning harakatini tashkil etishda 
boshqarilmaydigan chorraha va tutashmalarda piyodalarning o‘tish joylari 1.14. yoki 1.14.2. yo‘l 
belgi chizig‘i va 1.20; 5.16.2. yo‘l belgilari bilan jihozlanadi. Chorrahalar va tutashmalar oralig‘ida 
piyodalar trotuar bo‘ylab yoki avtomobil yo‘lining yoqasidan bir yoki ikki taraflama 
harakatlanishlari mumkin. Bunday harakat tashkil qilingan chorrahalarda va yo‘l bo‘laklarida 
piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga har taraflama salbiy ta’sir ko‘rsatib, ko‘plab 
YTHlar vujudga kelishiga, shuningdek, transport vositalari tezligi pasayishiga sababchi bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasi «Yo‘l harakati qoidalari» ga ko‘ra piyodalar avtomobil yo‘llarida, 
shahar ko‘chalarida harakatlanish mobaynida quyidagi vazifalarni bajarishlari shart qilib 
belgilangan. 
1. Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo‘lkasidan, ular bo‘lmaganda esa yo‘l yoqasidan 
yurishlari kerak. Qo‘pol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning motorsiz aravasida borayotgan 


- 39 - 
shaxslar trotuar yoki yo‘l yoqasidan yurib, boshqa piyodalarning harakatlanishiga xalaqit 
berayotgan bo‘lsa, ular qatnov qismining chetidan yurishlari kerak.
Trotuarlar, piyodalar yo‘lkasi, yo‘l yoqasi bo‘lmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati 
bo‘lmagan hollarda piyodalar velosiped yo‘lkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi 
bo‘lagi bor yo‘llarda qatnov qismining o‘ng chetidan) bir qator bo‘lib yurishlari mumkin. 
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida, yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan 
piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yo‘nalishda yurishlari kerak.
Nogironlarning motorsiz aravasida ketayotgan yoki mototsikl, moped, velosiped yetaklab 
ketayotgan shaxslar, bunday hollarda transport vositalarining harakat yo‘nalishi bo‘ylab yurishlari 
kerak. 
2. Piyodalar kolonna bo‘lib har bir qatorda to‘rt kishidan ortiq bo‘lmasdan, yo‘lning qatnov 
qismida, faqat transport vositalarining harakat yo‘nalishi bo‘ylab, o‘ng tomondan yurishga ruxsat 
etiladi. 
Kolonnaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, qorong‘i vaqtda yoki 
ko‘rinish yetarlicha bo‘lmagan sharoitda esa, oldinda oq, orqada qizil chiroq ko‘targan 
kuzatuvchilar bo‘lishi kerak. 
Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo‘lkalaridangina, ular bo‘lmaganda esa, yo‘l 
yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi. 
3. Piyodalar yo‘lning qatnov ustki piyodalar o‘tish joylaridan, shuningdek,yer osti vayer 
usti o‘tish joylaridan, ular bo‘lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab 
kesib o‘tishlari kerak. 
Ko‘rinadigan oraliqda o‘tish joyi yoki chorraha bo‘lmasa, ajratuvchi bo‘lagi va to‘sig‘i yo‘q 
yo‘llarda, piyodalar yo‘lning ikki tomoni yaxshi ko‘rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga 
nisbatan to‘g‘ri burchak ostida kesib o‘tishlari ruxsat etiladi. 
4. Piyodalar yo‘l harakati tartibga solingan joylarda tartibga soluvchining yoki 
svetoforlarning, ular bo‘lmaganda esa, transport svetoforlarining ishoralariga amal qilishlari kerak. 
Piyodalar harakat tartibga solinmaydigan o‘tish joylarida yaqinlashib kelayotgan transport 
vositasigacha bo‘lgan masofani va uning tezligini chamalab ko‘rib, o‘tish o‘zlari uchun xavfsiz 
ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘ng yo‘lning qatnov qismiga chiqishlari mumkin. 
Shuningdek, ular yo‘lning qatnov qismini ruxsat etilgan joylaridan tashqarida kesib o‘tishda 
transport vositalarining harakatlanishiga halaqit bermasliklari, yaqinlashib kelayotgan transport 
vositalari yo‘qligiga ishonch hosil qilmasdan turib ko‘rinishni cheklovchi to‘xtab turgan transport 
vositasi yoki boshqa biror to‘siq panasidan chiqmasliklari kerak. 
5. Agar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lmasa, qatnov qismiga 
chiqqan piyodalar ushlanib qolmasliklari va to‘xtamasliklari kerak. O‘tishga ulgurmagan piyodalar 
qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda to‘xtashlari lozim. Keyingi 
harakatlanish xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng va svetofor yoki tartibga 
soluvchining ishoralarini hisobga olgan holda,o‘tishni davom ettirishlari mumkin. 
6. Yalt-yalt etuvchi ko‘k rangli yoki ko‘k va qizil rangli chiroq mayoqchasi va (yoki) 
maxsus tovush beradigan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan bo‘lsa, piyodalar qatnov 
qismidan o‘tmasliklari, unda harakatlanayotganlar esa bu transport vositalariga yo‘l berishlari va 
zudlik bilan qatnov qismini bo‘shatishlari kerak. 
7. Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari va taksilarni faqat bekatlarda, ular 
bo‘lmagan taqdirda esa, trotuar yoki yo‘l yoqasida kutish kerak. Maxsus jihozlangan bekatlari 
bo‘lmagan to‘xtash joylarida transport vositasi to‘la to‘xtagandan so‘ng unga chiqish uchun 
yo‘lning qatnov qismiga chiqish ruxsat etiladi. Undan tushgandan keyin, ushlanib qolmasdan 
yo‘lning qatnov qismini bo‘shatishlari shart. 
Nazorat savollari: 
1. Piyodalar harakati qanday tashkil qilinadi? 
2. Piyodalar harakatini tashkil etishning necha tamoyili mavjud? 
3. Ziddiyatsiz harakat qanday tashkil qilinadi? 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin