Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Oʻzbekistonning yoqilgʻi balansi
Havodagi elektr uzatiSh liniyalari Havodagi elektr uzatiSh liniyalari (HL) elektr energiyasini o‘tkazgichlar yordamida masofaga uzatiSh uchun xizmat qiladi. HLning asosiy konstruktiv elementlari bo‘lib o‘tkazgichlar, troslar, tayanchlar, izolyatorlar va uzatiSh liniyasi armaturalari hisoblanadi. O‘tkazgichlar elektr energiyani uzatiSh uchun xizmat qiladi. Tayanchlarning yuqori qismida HLni atmosfera o‘ta kuchlaniShlaridan himoyalaSh uchun troslar o‘rnatiladi.
Tayanchlar o‘tkazgichlar va troslarni er va suv sathidan ma’lum balandlikda tutib turadi. Izolyatorlar o‘tkazgichlarni tayanchdan izolyasiyalaydi. UzatiSh liniyasi armaturalari yordamida o‘tkazgichlar izolyatorlarga, izolyatorlar esa tayanchlarga mahkamlanadi. Ayrim hollarda o‘tkazgichlar izolyatorlar va uzatiSh liniyasi armaturalari yordamida muhandislik inShootlarining kronShteynlariga mahkamlanadi.
Bir va ikki zanjirli HL ayniqsa keng qo‘llaniladi. Uch fazali HLning bir zanjiri har xil fazalar o‘tkazgichlaridan taShkil topgan. HLda ikki zanjir birgina tayanchda joylaShgan bo‘liShi mumkin.
HL konstruktiv qismlarining iShlaShiga o‘tkazgichlar va troslarning o‘z og‘irliklaridan, ularda hosil bo‘luvchi muz qatlamlaridan, Shamol bosimidan, Shuningdek havo haroratining o‘zgariShidan mexanik ta’sir ko‘rsatiladi. Bundan taShqari, Shamol ta’sirida o‘tkazgichlarning titraShi (yuqori chastota va kichik amplitudada tebraniSh), Shuningdek silkiniShi yuz beriShi mumkin.
O‘tkazgich.
O‘tkazgichlar izolyasiyalangan va izolyasiyalanmagan bo‘ladi:
-izolyasiyalangan o‘tkazgichlarning yuza qismi rezina yoki plastmasa bilan qoplangan bo‘ladi.Ular metall turiga qarab mis (M), alyuminiy (A), po‘lat (C) simlardan tayorlangan bo‘lib, Shuningdek o‘tkazgichlar bir vaqtda qo‘llaniladigan ikki metal alyuminiy va po‘lat (po‘lat yurakcha).yurakcha g‘ayriixtiyoriy xarakterni kattalaShtiriShiga va chidamli o‘tkazgich bo‘lib xizmat qiladi.Bu o‘tkazgichlarning ko‘ndalang kesim yuzasida po‘latlilik qismi taxminan 5 marta kam, lekin po‘lat o‘ziga 40% mexaniq yuklamani oladi. Mis simlar qimmat bo‘lganligi uchun xozirda liniyalarda iShlatilmaydi. Kanstruktiv o‘tkazgich bajariShiga ko‘ra bir va ko‘p o‘tkazgichli va kovak o‘tkazgichlar qilinadi. Bir simli o‘tkazgichlar bita ingichka yumaloq simdan iborat, ko‘psimlik ozgina egiluvchan, lekin yuklamada chidamiylik darajasi kamroq.
Po‘latli ko‘psimli o‘tkazgich (PKO‘) po‘latning soliShtirma qarShiligi yuqori bo‘lganligi uchun kam foydaniladi. Ular yuqori bo‘lmagan yuklama joylarda yani qiShloq xo‘jalik tarmoqlarida iShlatiladi. Alyumenli bir simli o‘tkazgichlar umuman olganda sanoatda iShlab chiqarilmaydi chunki uning mexaniq chidamiyligi juda past. Ko‘p tolali alyumenli simlar asosan 35 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarga iShlatiladi. YUqori kuchlaniShda po‘lat-alyumenli AS,ASKS, ASK va boShqa markali simlar iShlatiladi. Masalan, ASK alyumenli misli va po‘lat yurakdan taShkil topgan Po‘latli ko‘ptolali o‘tkazgich PMS bilan belgilaniladi. Kovak simlar tekis ingichka simdan tayorlanadi, birlaShtirilgan va o‘tkazgichni ichida bo‘Sh fazoda joylaShadi. Bu metalning taShqi diametrini kattalaShiShini taminlaydi, tojlaniShning sarfini kamaytiradi. Bunaqa simlar asosiy ko‘riniShda potstansiyalarda 330 kV va undan yuqori kuchlaniShga iShlatiladi.
YUqorida ko‘rsatilgan o‘tkazgichlardagi mexanik yuklar, silkiniShlar va titraShlar ularning uziliShiga, tayanchlarning siniShiga, o‘tkazgichlarning chalkaShib qoliShiga, izolyasiya oraliqlarini kamayiShi natijasida bu oraliqlarning teShiliShi yoki izolyatorlar ustida yoy paydo bo‘liShiga olib keliShi mumkin.
HLda izolyasiyalanmagan, ya’ni izolyasion qobiqsiz o‘tkazgichlar foydalaniladi. HLlarda alyuminiy va po‘lat-alyuminiy o‘tkazgichlardan foydalaniSh keng tarqalgan. Mis o‘tkazgichlar hozirgi davrda maxsus texnik-iqtisodiy hisoblaShlar bilan asoslanmasdan HLda foydalanilmaydi. HLda po‘lat simlardan foydalaniSh odatda tavsiya etilmaydi.
Atmosfera o‘ta kuchlaniShlaridan himoyalovchi troslar, qoidaga muvofiq, po‘latdan tayerlanadi. So‘nggi yillarda troslar yuqori chastotali kanallarni taShkil etiSh uchun ham foydalaniladi. Bunday hollarda ular po‘lat-alyuminiydan tayyorlanadi.
Izolyasiyalanmagan o‘tkazgichlarning tuziliShi va umumiy ko‘riniShi 1a-rasmda keltirilgan. Bir simli o‘tkazgich (1b-rasm) bitta dumaloq simdan taShkil topgan. Bunday o‘tkazgichlar ko‘p simli o‘tkazgichlarga nisbatan arzonroqdir, biroq ular kam egiluvchan va kam mexanik mustahkamlikka ega. Bir metalldan tayyorlangan ko‘p simli o‘tkazgichlar (1v-rasm) bir-biri bilan o‘zaro o‘ralgan simlardan taShkil topgan. Simlar sonining ortiShi bilan kesim yuzasi ortadi. Ikki metalldan tayyorlangan ko‘p simli o‘tkazgichlarda – po‘lat-alyuminiy o‘tkazgichlarda (1g-rasm) – ichki simlar (o‘tkazgichning o‘zagi) po‘latdan, tashqi simlar alyuminiydan tayyorlanadi.
Po‘lat o‘zak mexanik mustahkamlikni oShirsa, alyuminiy – o‘tkazgichning tok o‘tkazuvchi qismi hisoblanadi.
G‘ovak o‘tkazgichlar (1d-rasm) bir-biri bilan mexanik mustahkamlikni taminlovchi pazlar orqali tutaShtirilgan yassi simlardan tayyorlanadi. Bunday o‘tkazgichlarning taShqi diametri katta bo‘lganligidan tojlanuvchi razryadni hosil qiluvchi kuchlaniShning qiymati ortadi va tojlaniSh tufayli isrof bo‘luvchi quvvat ancha kamayadi. HLlarida g‘ovak o‘tkazgichlar juda kam qo‘llaniladi. Ular asosan 330 kV va undan yuqori kuchlaniShdagi nimstansiyalarning Shinalarida qo‘llaniladi. 330 kV va undan yuqori nominal kuchlaniShdagi HLning har bir fazasi bir nechta o‘tkazgichlarga parchalanadi.
O‘tkazgichlarning materiallari yuqori elektr o‘tkazuvchanlikga va imkoni boricha yuqori mexanik mustahkamlikga ega bo‘liShi lozim. O‘tkazuvchanlik bo‘yicha birinchi o‘rinda mis, so‘ngra alyuminiy turadi. Po‘lat esa ancha kam o‘tkazuvchanlikga ega. Mexanik mustahkamlik bo‘yicha birinchi o‘rinda po‘lat, so‘ngra mis turadi. Bu jihatlarni, ularning tabiatda tarqalganlik darajasini hamda bundan kelib chiqib nisbiy narxlarini e’tiborga olib, HLlarida alyuminiy va po‘lat-alyuminiy o‘tkazgichlardan foydalaniladi.
HLda po‘lat o‘zakning o‘tkazuvchanligi e’tiborga olinmaydi va o‘tkazgichning elektr qarShiligini aniqlaShda faqat alyuminiy qismining qarShiligi hisoblanadi.