3-mavzu. Zamonaviy rahbar imidji va imijologiya masalalari. Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari. Boshqаruv faoliyatida muomala qilish madaniyati. Boshqаruv faoliyatida nizolar va ularni bartaraf etish yo‘llari



Yüklə 124,61 Kb.
səhifə21/21
tarix07.01.2024
ölçüsü124,61 Kb.
#207304
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
3-mavzu. Zamonaviy rahbar imidji va imijologiya masalalari. Muzo-www.hozir.org

Islom dini manbalarida rahbar etiketiga oid qimmatli ko’rsatma va takliflar keltirilgan bo’lib, bu qoidalar asrlar daomida o’zbek davlatchiliga muhim qoidalar hisoblanib keldi.Xalqaro muzokaralar kabi bu qadar murakkab va nozik sohada elchilarning hech qanday o’zboshimchalikka yo’l qo’ymasliklari uchun, masalan, qadimgi Gretsiyada ularga maxsus aso – “Germes hassasi”ni taqdim qilganlar. Asoning lavr bilan burkangan yuqori qismiga qush qanotlari va ikkita o’rilgan tugun mahkamlangan. Tugunlar uddaburonlik va ayyorlik, qanotlar esa – serg’ayratlik va chaqqonlikning timsoli bo’lgan. Elchilarga “diplomlar” deb nomlangan ikkita yupqa taxtachalarga yozilgan ko’rsatmalar topshirilgan. Hozirgi diplomatik nozikliklar mana shunda uzoq o’tmishga borib taqaladi.
Ruhshunoslar bunga ancha ilgari e’tibor qaratib turli mamlakat vakillari muloqot masofasida o’zaro urf-odatlar uyg’unlashgani, jumladan ko’z nigohi bilan aloqada, shaxsiy munosabatda turfalik mavjud ekanligini aniqlashgan. Kuzatuvchilardan biri e’tirof etishicha, Parij restoranida o’tirgan juftlik 1 soat davomida o’rtacha 110 marta, Londonda esa bir marta ham emas, Djeksonvilda (AQSH) taxminan 8 marta o’zaro munosabatda bo’lishgan.
Yaxshi muomala tarzining ko’p qoidalari sun’iy yo’l bilan to’qilmagan, o’ylab chiqarilmagan, ular insoniyatning butun tarixi mobaynida xayotning zarur talabi sifatida paydo bo’lib kelgan. Ularning paydo bo’lishi xayrixoxlikni tushunib etish, atrofdagilar haqida qayg’urish va uni hurmat qilish bilan aytib o’tilgan.
Ulardan bir nechtasi sanitarik - gigienik talablarga tayanadi. Masalan, binoga kirishda oyoqlarni tozalab artish yoki xattoki yaponlardagidek poyafzalni echish odati, aksirganda yoki yo’talganda og’izni dastro’molcha bilan yopish, yuvinmasdan iflos qo’l bilan stolga o’tirmaslik va boshqalar.Qulaylik va maqsadga muvofiqlikni tushunib etish bilan bog’liq bo’lgan odob – axloq qoidalari bor. Bunda zinapoyaga qanday chiqish va undan qanday tushish qoidalari tushuntiriladi. Zinapoyaga chiqayotganda ayol kishi yiqilib ketadigan bo’lsa bunday holatda, vaziyatda uni ushlab qolish uchun erkak kishi odatda bir – ikki pog’ona orqada boradi. Zinapoyadan tushishda mana shu sabab tufayli erkak kishi ayol kishidan bir – ikki pog’ona oldinda boradi.
Eng chiroyli chehra, tananing eng benuqson mutanosibligi yoki chiroyli kiyimlar ham agar odob – axloqqa amal qilishga muvofiq bo’lmasa keragicha taasurot qoldira olmaydi. Tarbiyali odam nafaqat xushmuomilalikka amal qiladi, balki o’zida yurish – turish gavdani tutishni shakllantiradi. Odob – axloqqa amal qilish, saranjom - sarishta kiyinish, gaplashishda xushmuomilalalik, nazokatlilk kabi atrofdagi odamlarga hurmat ko’rsatishdir. Ular har qanday odamning ham eng yaxshi tomonlarini yo’qqa chiqarishi, ham uning qadr – qimmatini belgilab berishi mumkin.
Ba’zida odam o’zini g’ayritabiiy tutadi va bunday vaziyatda ko’p narsani yo’qotadi. Tabiiy bo’lish – bir jixatdan harakat boshqacha bo’lganligi uchun ishbilarmon odamning asosiy shartlaridan biri. Imo – ishoralar va harakatlar imidjning bir qismi hisoblanadi. Ko’pincha shunday xol sodir bo’ladi: xattoki inson o’zi xoxlamagan taqdirda aynan o’sha imo – ishoralar uning kayfiyati, qiyofasini ko’rsatadi.
Harakatlar keskin va tez bo’lmasligi kerak. Bo’sh vaqtda dam olish mumkin, lekin ish vaqtida yaxshi ishlash – ishbilarmon odamlarning ajralmas qismidir.
Agar sizdan kattaroq bo’lgan odamlar davrasida bo’lsangiz, odob – axloqqa binoan sizning yoningizdagi odamlar davrasidan ko’ra ko’proq xayolni joyiga qo’yish, yanada xushmuomilaroq bo’lish kerak. Masalan, uyga katta odam kelayotsa o’rindan turib, agar u birinchi bo’lib qo’lini cho’zsa u bilan qo’l berib ko’rishish kerak.
Ko’tarilgan elkalar yoki ichiga kirgan boshlar zo’riqqanlikni bildiradi, odamovilik taasurotini qoldiradi. Suhbatdoshiga ixlos ko’rsatish uchun boshni yomon tomonga egish kerak. Boshni egilishi odam sizni diqqat bilan tinglayapti degan taasurot uyg’otadi.
Ko’cha odamning nazokati va madaniyati ko’rinadigan joy. Birinchi baxo chiroyli ko’rinish va qaddini tutishga qarab beriladi. Tarbiyali odam bir tekis qadam olishidan, gavdasini to’g’ri tutishidan, kamtarligi, lekin g’ururidan bilinadi. qadam tashlash sust bo’lmasligi kerak. Lekin qo’lni silkitib katta – katta qadam tashlash ham yaramaydi.
Tarbiyali odam to’g’risidan uchragan odamlarga, o’zoq tikilib qolmasdan, alanglamasdan yuradi. Baland ovozda gapirmaydi. O’ziga e’tiborni jalb qilmaydi. Tanishlariga chiroyli salom beradi. Bexosdan urilib ketsa, kechirim so’raydi. hech kimni yo’lini to’smaydi, agar o’tish joyi kichkina tuyilsa, hech kimni yo’lakchadan o’tishga majbur qilmaydi.
Ko’chada, tiqilinchda, xushmuomila bo’lish kerak va har qanday xolatda ham qo’shnisiga tug’dirgan noqulayligi uchun o’zr so’rash kerak: “Kechirasiz, men bexosdan!”, “Sizni bezovta qilib qo’yaman ekanda”; “Sizni siqib qo’ydim, kechirasiz”.
Yo’lakchada erkak kishi chap tomondan, ayol kishi o’ng tomondan yuradi. Nima uchun o’ng tomondan? O’ng tomon – aziz tomon, u yanada qulayroq, ayol kishi bu erda uchraganlarning yurish – turishiga yo’liqmaydi. Agar erkak kishi ikkita ayolni ko’zatib qo’ysa, ikkala xamroxiga ham e’tibor berib o’rtada ketadi: to’rt kishi bo’lib yurishganda, yo’lakchani band qilmaslik uchun juft – juft bo’lib yurishadi. Zinapoya bo’ylab harakatda ayollar uchun afzal tomon – panjara tomon. Agar ayol kishi mashinaga o’tirsa, avval o’zi o’rindiqqa o’tirib keyin oyog’ini tortishi kerak. Mashinadan tushayotganda ayol kishi birinchi oyog’ini chiqarib keyin o’zi tushishi kerak. Mana quyida ma’noli hatti – harakat qilishning bir – nechta qoidalari: Imo – ishoralar tabiiy va vazmin bo’lishi kerak, ularni faqat zarurat tug’ilganda ishlatish kerak;

http://hozir.org
Yüklə 124,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin