Nizo tabiati, nizo turlari
Nizo tabiati. Odatda, nizo deb, qarama-qarshi yo’nalgan qarashlarga, noxush hissiy kechinmalar bilan bog’liq guruhlararo yoki shaxslararo munosabatlar orkali ifodalanuvchi to’qnashuvlarga aytiladi.
Nizo natijasidagi salbiy xolatlar shaxsning hissiyoti, hatti-harakatlari, tafakkur va hatto xarakterida ma’lum o’zgarishlar sodir etadi. Bu o’zgarishlar shaxsning xulq-atvorida namoyon bo’lib, mazkur sub’ekt qatnashayotgan boshqa vaziyatlarga ham tarqaladi va o’zaro munosabatlarning keng sohalarini egallay boshlaydi. Masalan, qo’rquv va xavf muhitida tarbiyalangan odam keyinchalik xuddi shunday muhitning manbaiga aylanishi ehtimoldan holi emas.
Nizo natijasidagi salbiy xolatlar shaxsning hissiyoti, hatti-harakatlari, tafakkur va hatto xarakterida ma’lum o’zgarishlar sodir etadi. Bu o’zgarishlar shaxsning xulq-atvorida namoyon bo’lib, mazkur sub’ekt qatnashayotgan boshqa vaziyatlarga ham tarqaladi va o’zaro munosabatlarning keng sohalarini egallay boshlaydi. Masalan, qo’rquv va xavf muhitida tarbiyalangan odam keyinchalik xuddi shunday muhitning manbaiga aylanishi ehtimoldan holi emas. U hatto o’z bolalarini ham shunday muhitda tarbiyalaydi yoki qo’l ostidagi xodimlarni shu uslubda boshqaradi.
Konstruktiv nizolar, dastavval, mehnat faoliyatidan kelib chiquvchi prinsipial muammolar yuzasidan paydo bo’ladi. Konstruktiv nizo doimo ziddiyat manbaini aniqlash va uni iloji boricha tomonlar manfaati yo’lida o’zgartirishga qaratilgan.
Destruktiv nizo salbiy kuchga ega va guruh ishining samaradorligini susaytiradi. Destruktiv nizoda esa tomonlar ikkinchi darajali masalalarni, masalan shaxsiy g’ururlarini diqqat markaziga qo’yadilar va nizoning asl sababi chetda qolib ketadi. Shu bois, konstruktiv nizolar funksional mohiyatga ega va ular tashkilotning olg’a siljishiga madad beradi.
Shaxsiy nizolar. Nizoninig bu turi ayrim paytda ichki nizo deb ham nomlanadi. Nizoning bu ko’rinishiga shaxsning ichki ziddiyatlari sabab bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |