3-mavzu: zardushtiylik dini


Avesto- zardushtiylik dinining muqaddas kitobi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə3/5
tarix05.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#173775
1   2   3   4   5
zardushtiylik dini.Alijonov Sh

3. Avesto- zardushtiylik dinining muqaddas kitobi

  • 3. Avesto- zardushtiylik dinining muqaddas kitobi

Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apastak, Ovisto, Ovusto, Abisto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatini o’rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og’zaki tarzda uzatilib kelingan.
Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo’laklari Тuron va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo’laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig’ila boshlangan. Bular Zardushtning o’limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» –
«O’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan.
Bu qadimiy yozma manba bizgacha to’liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Abistoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat
etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo’qolib ketdi».
Тalabalarni Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug’ilgan va o’z faoliyatini boshlagan yurt haqida ma’lumotlarbilan tanishtirishimiz maqsadga muvoffiq bo’ladi.

Zardushtiylik dinida olov, tuproq, suv va havo muqaddas hisoblanadi. Bunga olovning yorug‘lik, tuproq (yer)ning rizq-nasiba, suv va havoning esa hayot manbalari ekanligi asos qilib olingan. Ayni paytda, bu to‘rt unsur barcha borliqning asosi ekanligi uqtirilgan

  • Zardushtiylik dinida olov, tuproq, suv va havo muqaddas hisoblanadi. Bunga olovning yorug‘lik, tuproq (yer)ning rizq-nasiba, suv va havoning esa hayot manbalari ekanligi asos qilib olingan. Ayni paytda, bu to‘rt unsur barcha borliqning asosi ekanligi uqtirilgan
  • Eron ahamoniylari podshosi Doro III davrida «Avesto» 12 ming qoramol terisiga tilla bilan yozildi va xazinada saqlandi.
  • Keyinchalik, makedoniyalik Aleksandrning bosqinchilik yurishlari chog‘ida uning katta qismi yoqib yuborildi. Astronomiya va tibbiyot ilmlariga oid qismlari esa yunon tiliga tarjima qilindi. Oradan bir necha asrlar o‘tib, yurtimizda islom dini keng tarqalgach, «Avesto» unutildi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin