Inventarlar va xo‘jalik buyumlarining hisobi Inventarlar va xo‘jalik buyumlari – bu quyidagi shartlarning biriga javob
beruvchi mehnat vositalari va predmetlari (xo‘jalik inventarlari):
a) xizmat muddati 1 yildan kam bo‘lgan;
b) qiymati bir birlikga sotib olish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasida mavjud
bo‘lgan eng kam ish haqining 50 barobarigacha bo‘lgan.
Qiymatidan qat’iy nazar inventarlar va xo‘jalik buyumlariga quyidagilar kiradi:
•
Maxsus instrumentlar va moslamalar;
•
Maxsus va sanitar kiyimlar, maxsus payofzal;
•
O‘rindiq buyumlari (ko‘rpa, yostiq, choyshab va shu kabilar.);
•
Kanselyariya buyumlari (kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar);
•
Oshxona inventarlari (qoshiq, vilka, qozon, choynik-piyolalar, pichoq, skatert va
shu kabilar);
•
Vaqtinchalik moslama va qurilmalar (titulsiz inshoatlar)- taxta yo‘lkalar, yuvinish
xonalari, hojatxona va shu kabi qurilish-montaj ishlari tugagach ularning qiymatiga
kiruvchi moslamalar;
•
Xizmat muddati bir yilgacha bo‘lgan smena jihozlari;
•
Baliq ovlash qurollari (qarmoq, to‘r va shu kabilar).
Buxgalteriya hisobida inventarlar va xo‘jalik buyumlari turgan joyiga qarab aks
ettiriladi. Ushbu belgisiga ko‘ra ular ikki guruhga bo‘linadi:
•
Ombordagi inventarlar va xo‘jalik buyumlari.
•
Foydalanishdagi inventarlar va xo‘jalik buyumlari.
Mos ravishda inventarlar va xo‘jalik buyumlari quyidagi schetlarda hisobga
olinadi:
1.Ombordagi zahiralar - 1080 «Inventarlar va xo‘jalik buyumlari» schyotida.
2. Foydalanishdagi qismi – 014 « Foydalanishdagi inventarlar va xo‘jalik
buyumlari» balansdan tashqari schyotda.
Korxonaga barcha manbalardan kelib tushgan inventarlar va xo‘jalik buyumlari
(ta’minotchilardan, ta’sischilardan, bepul berilgan va boshqalar) № 1080 «Inventarlar va
xo‘jalik
buyumlari»
schetiga
kirim
qilinadi
(Debet
1080
Kredit
6010,4610,8530,4220,6990,1010-1090, 4110,9390,5010 va boshqalar).
Ombordan foydadanishga berilgan inventarlar va xo‘jalik buyumlari birdaniga
harajatlar schyotlariga hisobdan chiqariladi (Debet 2010,0810,9410,9420 va boshqa
schyotlar Kredit 1080). Bir vaqtning o‘zida ishlatishga berilgan inventar va xo‘jalik
buyumlari 014- balansdan tashqari schetning kirimida aks ettiriladi. Ushbu schyotdan
ular xizmat muddati tugaganda, foydalanishga yaroqsiz holatga kelganida maxsus
dalolatnomalar asosida chiqim qilinadi.
Inventarlar va xo‘jalik buyumlarining sotilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida
kiritilishi 9220 «Boshqa aktivlarni sotilishi va turli chiqimlari» schetining debetida va
1080- schetning kreditida tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
110
Inventarlar va xo‘jalik buyumlarining analitik hisobi moddiy javobgar shaxslar
bo‘yicha ularning nomlari, baholari va boshqa belgilariga qarab yuritiladi.