104
•
1090 «Boshqa materiallar». Ushbu schetning debetida
yuqoridagi schetlarga
kiritilmagan, ishlab chiqarishdan , asosiy vositalarni
tugatishdan va boshqa
operatsiyalardan olingan moddiy boyliklarning (chiqindilar, tuzatib bo‘lmaydigan brak
mahsulotlar, metallolom,
eski shinalar va rezinalar, ishlatilgan moy, nigrol va sh.k.)
zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni ishlab chiqarishdan olinishi evaziga ko‘payishi,
kreditida esa – ularning ishlatilishi, shuningdek boshqa chiqimlari
natijasida kamayishi
tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.
•
1510 «Materiallarni tayyorlash va sotib olish». Ushbu schet korxonaning hisob
siyosatida tayyorlov jarayonini alohida aks ettirish ko‘zda tutilgan holda qo‘llaniladi.
Uning debetida materiallarni tayyorlash va sotib olish jarayonining qiymati, kreditida esa
ushbu qiymatni kirim qilingan materiallar qiymatiga kiritilishi ettiriladi. Agar
korxonaning hisob siyosatida materiallarning kirimini bevosita to‘g‘ridan to‘g‘ri 1010-
1090 –schetlarda aks ettirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda 1510-schet qo‘llanilmaydi.
•
Dostları ilə paylaş: