3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Buxgalteriya hisobining predmeti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Buxgalteriya hisobining predmeti deganda umuman olganda korxona va 
tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati, ushbu faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar va ularni 
yuritilishini ta’minlovchi mablag‘lar, mablag‘larning tashkil topish manbalari, 
shuningdek xo‘jalik faoliyatining natijalari tushuniladi. 
Yuqoridagi ta’rifga asosan buxgalteriya hisobi predmetini ifodalovchi ob’ektlarni
quyidagi to‘rtta guruhga ajratish mumkin: 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


13 

Xo‘jalik faoliyati; 

Xo‘jalik aktivlari; 

Xo‘jalik aktivlarining manbalari

Xo‘jalik faoliyatining natijalari 
3-chizmada buxgalteriya hisobi predmetini tashkil qiluvchi ob’ektlarning tasnifi va 
tarkibi ko‘rgazmali tarzda keltirilgan. Quyida ularning mohiyatiga to‘xtalamiz. 
 
Xo‘jalik faoliyati. Har qanday korxonaning xo‘jalik faoliyati deganda unda yuz 
beradigan ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining majmuasi tushuniladi.
Korxona faoliyat ko‘rsatishi uchun unga mehnat predmetlari va vositalari, ishchi 
kuchi, pul mablag‘lari va boshqa ta’minotlar kerak bo‘ladi. Ta’minot deb atalmish bu 
jarayonni, odatda, korxonaning maxsus ta’minot bo‘limi xodimlari
olib boradilar. Ushbu jarayonsiz faoliyatning keyingi jarayonlari, ya’ni ishlab chiqarish 
va sotish jarayonlari amalga oshishi mumkin emas. Shuning uchun korxona ning doimiy 
faoliyat ko‘rsatishi aynan ta’minot jarayonining uzliksizligiga bevosita bog‘liqdir.
 
Ishlab chiqarish jarayoni deganda ishchi kuchi va mehnat vositalari yordamida 
mehnat predmetlaridan yangi mahsulotlar yaratish tushuniladi. Ushbu jarayon o‘z ichiga 
turli texnologik operatsiyalarni oladi, bu operatsiyalarni bajarish esa turli harajatlarni 
amalga oshirishni ta’qoza etadi. Ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasi bo‘lib
tayyor mahsulot hisoblanadi. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan moddiy 
harajatlar, mehnatga xaq to‘lash harajatlari, ishlab chiqarish vositalarining amortizatsiya 
harajatlari va boshqa ushbu jarayonga tegishli harajatlar ishlab chiqarish harajatlarini, 
yaratilgan mahsulot qiymatiga kiritilgan harajatlar esa tayyor mahsulotning tannarxini 
tashkil qiladi. Shuni ta’kidlash joizki korxona tomonidan bajarilgan ishlar, masalan 
qurilish-montaj ishlari, ko‘rsatilgan xizmatlar, masalan turistlarga ko‘rsatilgan yotoqxona 
va boshqa xizmatlar yoki auditorlik xizmati ham ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. 
Bunday ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo‘lib bajarilgan ish yoki ko‘rsatilgan 
xizmat xajmi hisoblanadi, ularga sarflangan harajatlar bajarilgan ish yoki xizmatning 
tannarxini tashkil qiladi.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin