Pul ekvivalentlari –pulli cheklar, yo‘llanmalar, chiptalar, talonlar, markalar va
boshqalar.
•
Olinadigan schyotlar - boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning korxona oldidagi
debitorlik qarzlari.
Barcha xo‘jalik aktivlar korxonada yuritiladigan buxgalteriya hisobining muhim
ob’ektlari hisoblanadi, ularni har birining holati, ko‘payishi va kamayishi buxgalteriya
hisobida hujjatli asosda aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida korxona
aktivlari boshqariladi, tahlil etiladi va nazorat qilinadi.
Xo‘jalik aktivlarining manbalari. Korxona ixtiyoridagi barcha aktivlar ikki
manbadan tashkil topadi:
•
Xususiy kapital •
Majburiyatlar Mulkga egalik qilish huquqiga muvofiq aktivlar va ularning manbalari quyidagi
tenglik ko‘rinishida ifodalanadi:
AKTIV = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYATLAR A = XK + M Xususiy kapital – bu korxonaning majburiyatlarini chegirib tashlagandan so‘ng
qoladigan aktivlaridir. Yuqoridagi tenglikga muvofiq:
XUSUSIY KAPITAL = AKTIV - MAJBURIYATLAR XK = A - M Korxonalarning xususiy kapitalini shakllanishining asosiy manbalari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
•
Ustav kapitali (UK) –bu korxonaga uning ta’sischilari tomonidan kiritilgan
mablag‘lar majmuasi. •
Qo‘shilgan kapital (QK) – bu aksiyalarni sotish va nominal qiymatlari o‘rtasidagi
ijobiy farq, shuningdek chet el investorlarini ustav kapitaliga kiritgan mablag‘lari
bo‘yicha vujudga kelgan valyutalar o‘rtasidagi ijobiy farqlar summasi. •
Rezerv kapitali (RK) – bu korxonaning sof foydasidan tashkil etilgan rezerv
kapitali, mulkni qayta baholashdan olingan qo‘shimcha qiymat va bepul kelib tushgan
mulklar qiymatining majmuasi. •