3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha muddati uzaytirilgan harajatlar



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha muddati uzaytirilgan harajatlar. Bunday 
harajatlar obligatsiyalarni chiqarib ularni nominal qiymatidan past narxlarda sotgan 
korxonalarda vujudga keladi. Obligatsiyalarni nominal qiymatidan past narxlarda bir 
yildan ortiq va undan kam muddatlarda qaytirish sharti bilan sotgan korxonalarda 
berilgan chegirma summasi mos ravishda 0960 “Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha uzoq 
muddatli kechiktirilgan harajatlar” va 3220 “Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha
kechiktirilgan harajatlar” schyotlarida aks ettiriladi. Bunda mos ravishda 7830 “Uzoq 
muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar” va 6830 “Qisqa muddatli to‘lanadigan 
obligatsiyalar” schyotlari kreditlanadi. Har yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan 
diskont (chegirmalar)ning kelgusi joriy yilga tegishli bo‘lgan summasi 0960- schyotdan 
3220- schyotning debetiga o‘tqaziladi. Obligatsiyalarni qaytarish muddati kelgach, ular 
bo‘yicha haridorga berilgan diskont (chegirma) summasi 3220- schyotdan hisobot 
yilning moliyaviy faoliyatiga doir harajatlarga , ya’ni 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi 
harajatlar” schyotiga , o‘tqaziladi. 0960 va 3220- schyotlarning davr oxiridagi qoldig‘i
kelgusida moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlarga olib boriladigan muddati uzaytirilgan 
harajatlarning summasini ifodalaydi. 
 

Boshqa muddati uzaytirilgan harajatlar. Ushbu harajatlarga yuqoridagi 
gupuhlarga kirmay qolgan muddati kechiktirilgan harajatlar, masalan mavsumiy 
ishlaydigan korxonalarda mavsum oldidan bajarilgan ishlarga sarflangan tayyorgarlikga 
sarflangan harajatlar, kiradi. Ushbu turdagi harajatlarning bir yildan ortiq muddatga 
tegishli qismi 0990 “Boshqa uzoq muddatli uzaytirilgan harajatlar” va bir yilgacha 
muddatga tegishli qismi 3290 “ Boshqa muddati uzaytirilgan harajatlar” schyotlarida 
hisobga olinadi. Har yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan harajatlarning kelgusi 
joriy yilga tegishli bo‘lgan summasi 0990- schyotdan 3290- schyotning debetiga 
o‘tqaziladi. Isobdan chiqarish davri kelgach 3290- schyotda aks ettirilgan muddati 
uzaytirilgan 
harajatlar 
joriy 
yilning 
harajatlarini 
aks 
ettiruvchi 
schyotlarga
(2010,2310,2510,9410,9420 va boshqalar) olib boriladi. 0990 va 3290- schyotlarning 
debet qoldig‘i kelgusida korxonaning joriy harajatlariga olib boriladigan muddati 
uzaytirilgan harajatlarining summasini ko‘rsatadi. 
Muddati uzaytirilgan harajatlarning analitik hisobi ularning turlari, hisobot davrlari
va hisobdan chiqarish muddatlari bo‘yicha olib boriladi. 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


194 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin