3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Xulosa va takliflar -bu tekshiruv natijalari bo‘yicha tekshiruvni belgilagan
shaxslarga faoliyatni yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida fikr va 
mulohazalarni o‘zida mujassamlashtirgan maxsus rasmiy hujjatni tayyorlashga doir ish 
faoliyati. 
Konsalting – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ularni qiziqtiruvchi turli bilimlar 
va amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha maslahatlarni berish borasida olib borilgan ish faoliyati. 
Auditorlik tashkilotlari buxgalteriya hisobi va hisoboti, moliya, soliq solish, biznes reja, 
menejment va boshqa sohalar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tuzilgan 
shartnomalar asosidagi konsalting faoliyatini olib borishlari mumkin.
Kasbiy xizmatlar – bu auditorlik tashkilotlarining shartnomalar asosida xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlarga hisobni yuritib berish, uni tiklash, soliq deklaratsiyalarini tuzib 
berish, biznes rejani tuzish va boshqa kasb ishlarini bajarib berish borasidagi ish 
faoliyati. 
Shunday qilib, yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqgan holda audit va 
auditorlik faoliyatlariga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Audit - bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini davlat 
va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning manfaatlari nuqtai nazaridan qonunlar va va boshqa 
me’yoriy hujjatlarga mos kelishini ichki va tashqi nazoratdan o‘tqazish, tahlil va 
ekspertiza qilish, shuningdek konsalting va boshqa turdagi kasbiy xizmatlarni ko‘rsatish 
tizimi. 
Auditorlik faoliyati –bu bu maxsus auditorlik tashkilotining boshqa yuridik 
shaxslarga tadbirkorlik asosida ko‘rsatayotgan xizmatlarining majmuasi, shuningdek 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning maxsus bo‘limlari yoki xodimlarining tasdiqlangan 
Nizomlarga ko‘ra yuritayotgan ish faoliyatidir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini yaxshilash va 
rivojlantirishda auditorlik tashkilotlari tomonidan o‘tqaziladigan tashqi auditning o‘rni 
beqiyosdir. Quyida ushbu auditning turlariga, ularning mohiyati, maqsadi va vazifalariga 
to‘xtalib o‘tamiz. 
O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonuni»ga muvofiq 
(9,10,11-moddalar) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda o‘tqaziladigan tashqi audit, asosan, 
ikkita turga bo‘linadi:

majburiy audit; 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


240 

tashabbusli audit.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin