3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


«audit» - bu lotincha «auditing»



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

«audit» - bu lotincha «auditing» so‘zidan olingan bo‘lib, rus tiliga o‘girilganda 
«slushayu», rus tilidan o‘zbek tiliga o‘girilganda esa «eshitaman» ma’nosini anglatadi. 
Rus va o‘zbek tillari leksikonida ushbu so‘zning o‘zi mavjud emas, shuning uchun uni 
ko‘chirma so‘z sifatida to‘lig‘icha o‘zgarishsiz ishlatish maqsadga muvofiq. 
3
Qarang: Audit. Uchebnik. Po redaksiyey professora V.I.Podolskogo. YUNITI, Moskva, 2000, str.13 
4
Qarang: Sanayev N, Narziyev R. Audit, «Sharq» nashriyoti, Toshkent,2001; Musayev X.N. Audit, 
«Moliya» nashriyoti, Toshkent, 2003; To‘laxo‘jayeva M. Korxona moliyaviy ahvoli auditi, Toshkent,1996; 
Rizoqulov A, Raxmonov I. Auditni tashkil qilish va o‘tqazish, Toshkent, 1994; Aliqulov S. Audit. Ma’ruzalar 
matni. SamDU, 1999; Spravochnik auditora, Assotsiatsiya buxgalterov i auditorov Respubliki O'zbekistan, 
Toshkent, 1996.
5
Qarang: E.A. Arens, Dj. K. Lobbek Audit. Moskva, «Finansi i statistika», 1995; Robertson Dj. Audit. 
Moskva, KRM Auditorskaya firma «Kontakt», 1993; Dodj R. Kratkoye rukovodstvo po standartam i normam 
audita. Moskva, «Finansi i statistika», IO YUNITI, 1992 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


237 
«auditor» – bu lotincha «auditor» so‘zidan olingan bo‘lib, rus tiliga «slushatel»
«uchenik», «sledovatel» ma’nolarida tarjima etilgan.
6
bizning tilimizga auditor so‘zini
rus tilidan tarjima etsak, u mos ravishda «eshituvchi», «o‘quvchi», «tergovchi»
ma’nolarini anglatadi.
Ijtimoiy hayotda «audit» iqtisodiy tushuncha sifatida, jarayon sifatida, yuridik 
shaxslar faoliyati sifatida, tizim sifatida, o‘zining nazariyasi va metodologiyasiga ega 
bo‘lgan maxsus fan sifatida qaraladi. Ushbu sifatdagi auditning mohiyati adabiyotlarda 
turlicha e’tirof etilgan.
«audit –xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil etish va nazorat qilishning nisbatan yangi 
yo‘nalishi», …. «audit – bu biznesni o‘ziga xos ekspertizasi» deb e’tirof etgan uning 
mohiyatini rus olimi professor p.i. kamishanov. 
«audit- bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy 
hisobotini yoki u bilan bog‘liq moliyaviy axborotni, bu hisobot yoki axborotning qonun 
va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi to‘g‘risida xulosa chiqarish 
maqsadida tadqiq etilishi», deb ta’kidlaydi professor m.m. to‘laxo‘jayeva
7

«audit ( auditing) –bu dahlsiz kompetent xodim tomonidan axborotlarni belgilangan 
mezonlarga mosligini aniqlash va xolisona xulosa berishi maqsadida xo‘jalik tizimi 
to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va baholash jarayoni”
8
«auditning mohiyati – bozor iqtisodiyoti sharoitida uning ob’ektiv iqtisodiy 
taraqqiyot qonunlari, kategoriyalari, halqaro hamjamiyatda tan olingan hamda ayrim 
olingan bir konkret mamlakatda amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarning talablariga mos 
tekshiruv ob’ektida uning barcha faoliyatlari raqamlar yordamida ifodalangan, maxsus 
tizim asosida xulosa va takliflar berishdan iborat», deb yozadi professor n.sanayev
9

Professor x.n.musayev auditning mohiyatini quyidagicha e’tirof etgan: «audit –bu 
muayyan vakolatlar berilgan shaxslar, ya’ni auditorlar tomonidan xo‘jalik yuritayotgan 
sub’ektlar faoliyatlarining respublikada qabul qilingan qonun-qoidalarga muvofiqligini 
tekshirish yo‘li bilan baholash va xolisona xulosalar berishdir»
10
O‘zbekiston respublikasining «auditorlik faoliyati to‘g‘risida qonuni» da (2-modda) 
auditning mohiyatiga quyidagicha ta’rif berilgan: «auditorlik faoliyati deganda auditorlik 
tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o‘tqazish va boshqa shu bilan bog‘liq 
professional xizmatlar ko‘rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi»
11

Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, audit, bir tomondan jismoniy 
shaxslarning, ya’ni auditorlarning, ikkinchi tomondan esa yuridik shaxslarning, ya’ni 
auditorlik 
tashkilotlarning, 
tadbirkorlik 
faoliyati 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonuni»ining oxirgi taxririga muvofiq
auditorlik faoliyati individium, ya’ni alohida olingan jismoniy shaxs, faoliyati bo‘lishi 
mumkin emas, audit faqat maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotining
tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Shuning bilan birga auditorlik tashkilotlarining ushbu 
tadbirkorlik faoliyati maxsus auditorlik sertifikatiga ega bo‘lgan xodimlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Auditorlarning o‘zi mustaqil o‘z nomidan auditorlik faoliyati bilan 
6
Qarang: Kamishanov P.I. ZNAKOMTES : AUDIT, Moskva, 1994, str.4 
7
Qarang: To‘laxo‘jayeva M..M. Moliyaviy ahvolning auditi. «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 
Toshkent, 1996, 94-bet.
8
Qarang : E.A.Arens., Dj.K. Lobbek. Audit. - M, Finansi i statistika, 1995, str.7
9
Qarang: Sanayev N, Narziyev R. Audit. Darslik, «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik koppaniyasi Bosh 
tahririyati, Toshkent, 2001, 33-bet. 
10
Qarang: Musayev X.N. Audit. Darslik, «Moliya» nashriyoti, Toshkent, 2003, 18-bet. 
11
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Qonuni «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida», 2002 yil 25 mayda qabul qilingan. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


238 
shug‘ullanishi mumkin emas, respublikamiz Qonunlariga muvofiq ularga bunday vakolat 
berilmagan. Bundan kelib chiqib, auditni alohida shaxslarning faoliyati, harakati, 
tekshiruvi deb e’tirof etgan fikrlarga to‘liq qo‘shilib bo‘lmaydi. Shuning bilan birga 
«audit» va «auditorlik faoliyati» atamalarini bir xil mazmunda talqin etgan fikrlarni ham 
to‘liq to‘g‘ri deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki «audit» va «auditorlik faoliyati» bir xil 
mazmundagi sinonim so‘zlar emas. 
Bizningcha, auditni yaxlit tizim sifatida qarash, auditorlik faoliyatini esa ushbu 
tizimning amaliy tadbiqi deb qarash maqsadga muvofiq. Tizim sifatida audit jamiyat 
miqiyosida mavjud bo‘ladi. Yaxlit tizimni tashkil etuvchi auditni ichki va tashqi auditga 
bo‘lish mumkin. Ichki audit iqtisodiyotning quyi bo‘g‘ini bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarda ichki nazorat vositasi hisoblanadi.Tashqi audit davlat va xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar manfaatlari nuqtai nazaridan mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan 
o‘tqaziladigan nazorat vositasi hisoblanadi. Tashqi audit davlat tomonidan me’yoriy 
hujjatlar asosida tartibga solinadi. Jumladan, bizning respublikamizda tashqi auditni 
boshqarish, unga metodologik rahbarlikni olib borish, auditni o‘tqazish tartib-qoidalarini 
aks ettiruvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, amaliyotga ushbu hujjatlarni joriy 
qilish, ularga amal qilinayotganligini nazorat qilish, ushbu tizim xodimlarini o‘qitish va 
sertifikatlash, malakasini oshirish, attestatsiya qilish Moliya Vazirligi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Auditorlik faoliyati maxsus auditorlik tashkilotining boshqa yuridik shaxslarga 
ko‘rsatayotgan xizmatlarining majmuasi, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning 
maxsus bo‘limlari yoki xodimlarining tasdiqlangan Nizomlarga ko‘ra yuritayotgan ish 
faoliyati hisoblanadi. Auditorlik tashkilotlarining bunday faoliyatlari shartnomalar 
asosida amalga oshirilganligi uchun ham u tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektning maxsus audit bo‘limi yoki ichki auditorlarining tasdiqlangan 
Nizomlarga ko‘ra yuritayotgan ish faoliyati tadbirkordik faoliyati hisoblanmaydi, balkim 
ularning kasbiy ishlari hisoblanadi.
Auditning mohiyati uning tarkibiy komponetlarining mazmunida yorqin namoyon 
bo‘ladi. Bunday komponentlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi (14-chizmaga qarang). 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin