bo‘lmagan hodisalar – ushbu hodisalar va ulardan kutilayotgan natijalar (foyda yoki
zararlar) moliyaviy hisobotga va unga ilova qilinadigan tushuntirish xatiga umuman
aloqador hisoblanmaydi. Shuning uchun ular hisobotda va unga ilova qilingan
tushuntirish xatida umuman aks ettirilmaydi. Moliyaviy hisobotda uni rasmiy e’lon qilgan sanadan keyin aniqlangan va o‘tgan
hisobot davriga taalluqli bo‘lgan, lekinda moliyaviy hisobotda aks ettirilmayin qolingan
hodisalar kutilmagan holatlar va hodisalar hisoblanmaydi. Bunga misol qilib, qaysi bir
schyot-faktura
summasini
daromadga
olinmaganligi,
harajatlarni
noto‘g‘ri
hisoblanganligi va bularning natijasida moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarida xatoliklarga
yo‘l qo‘yilganligini aytish mumkin. Soliq Kodeksiga muvofiq soliq tekshiruviga qadar
korxonaning o‘zi tomonidan o‘tgan hisobot yillar bo‘yicha topilgan xatolarni tuzatilishi
va soliq idorasiga qayta hisob-kitoblarni topshirilishi moliyaviy jazolarga (penya
hisoblashdan tashqari) tortilmaydi.O‘tgan yillarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni korxonalar
nafaqat o‘zlarining kuchlari bilan, balkim mustaqil auditorlik tashkilotlarini shartnoma
asosida jalb etish va auditorlik tekshiruvini o‘tqazish orqali ham amalga oshirishlari
mumkin.
O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari 1.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri a) Balans analitik hisob ma’lumotlari asosida tuziladi
b) Balans bosh kitob ma’lumotlari asosida tuziladi
v) Balans daromad va harajatlarni aniqlash uchun tuziladi
g) Balans moliyaviy hisobotning boshqa shakllari asosida tuziladi
2.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri a) Sof tushum balansda ko‘rsatiladi
b) Sof tushum pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatiladi
v) Sof tushum moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisotda ko‘rsatiladi
g) Sof tushum xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatiladi